Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi
Jigar qurtlarining tuzilishi va biologik xususiyatlari
Download 388.43 Kb.
|
parazit (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Fasciola hepaticaning ovqat hazm qilish va ayirish organlari
2.2. Jigar qurtlarining tuzilishi va biologik xususiyatlari
Jigar qurtlari Fasciolidae oilasiga kiradi. Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Dunyoda Fasciolidae oilasiga 8 ta tur kiradi. Respublikamizda chorva mollarida fassiolaning asosan 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va gigant jigar qurti (Fasciola gigantica) keng tarqalgan. Fassiolalar biogelmint bo‘lib, ular asosiy va oraliq xo‘jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Asosiy xo‘jayin vazifasini o‘txo‘r sutemizuvchilar, oraliq xo‘jayin vazifasini esa Lymnaeidae oilasiga mansub chuchuk suv mollyuskalari bajaradi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining fassiolalar bilan zararlanishi og‘iz orqali, asosan, har xil suv o‘tlari va boshqa o‘t-xashaklardagi, qisman suvdagi parazitlarning adoleskariyalarini iste’mol qilish orqali ro‘y beradi. Asosiy xo‘jayin oshqozoni va ichagida sistadan ajralgan fassiola lichinkalari ichak qon tomirlari, hatto qorin bo‘shlig‘i orqali jigarga yorib kiradi va 2-3 oy mobaynida ular jigar to‘qimalarini buzib, unda yaralar hosil qiladi, o‘sadi so‘ngra esa jigar o‘t yo‘llariga o‘ta boshlaydi. Ana shu paytda yosh fassiolalar kasallikning o‘tkir va juda og‘ir kechadigan shaklini chaqiradi. Hayvonlar o‘tkir oqimli fassiolyozdan sog‘-omon qolsa o‘t yo‘llariga tushgan fassiolalar tezda voyaga yetib jinsiy yo‘l bilan ko‘paya boshlaydi, kasallik esa surunkali shaklga o‘tadi. Fassiolalar asosiy xo‘jayin organizmida 8-9 yil hayot kechiradi. F.hepatica bargsimon shaklda bo‘lib, voyaga yetganlarining tanasi 30-40 mm uzunlikka, eni esa 12-13 mm ga teng. Bunday fassiolalarning rangi kulrang va biroz qo‘ng‘ir bo‘lsa, jigar to‘qimalarida parazitlik qiluvchi yosh trematodalar oq, sutsimon ko‘rinishga ega va ularning tanasining uzunligi odatda 18-19 mm dan oshmaydi (2-3 rasmlar). 2-rasm. Fasciola hepaticaning ovqat hazm qilish va ayirish organlari: ovqat hazm qilish organlari: 1-og‘iz so‘rg‘ichi va og‘iz; 2-xalqum; 3-qorin so‘rg‘ichi; 4-tarmoqlangan ichak; b) ayirish organlari: 1-protonefridiyalar; 2-markaziy ayirish kanali; 3-ekskretor teshik. F.gigantica ning tanasi bo‘yiga cho‘zilgan, eni esa qisqa bo‘ladi. Ularning jigar o‘t yo‘llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetganlarining tana uzunligi 30 mm dan 70 mm gacha bo‘lib, eni esa 6-11 mm. Jigar to‘qimalarida parazitlik qiluvchi mazkur turga oid yosh trematodalarning uzunligi 1-2 mm dan 30 mm gacha bo‘lib, eni 0,2-5,0 mm ni tashqil qiladi. Ushbu trematoda F.hepatica ga nisbatan yuqori patogenli hisoblanadi. Fassiolalarning tuxumlari oval shaklida, sariq-tilla rangda bo‘lib, bitta qutbida qopqoqchasi mavjud. F. hepatica tuxumlarining o‘lchami 0,12-0,15x0,07-0,08 mm ga teng. F.gigantica tuxumlari esa biroz yirikroq bo‘ladi. F.hepatica ning oraliq xo‘jayini Lymnaea truncatula mollyuskasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu tur mollyuska botqoq joylarda, turli sug‘orish shaxobchalarida tarqalgan. O‘zbekistonda F.gigantica ning oraliq xo‘jayini doirasi ancha keng bo‘lib, uning rivojlanishi L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta va L. impura mollyuskalari ishtirokida o‘tadi. Ushbu turlarga oid mollyuskalar ko‘pincha yer osti suvidan paydo bo‘lgan doimiy va vaqtinchalik suv havzalari (ko‘llar, suv qochirish kanallari, buloq suvlari) da tarqalgan. Ularni shuningdek barcha sug‘orish shoxobchalarida ham yetarli darajada uchratish mumkin. Download 388.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling