Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi
Lansetsimon ikki so‘rg‘ichlisining tuzilishi va biologik xususiyatlari
Download 388.43 Kb.
|
parazit (2)
2.3. Lansetsimon ikki so‘rg‘ichlisining tuzilishi va biologik xususiyatlari
Nashtarsimon ikki so‘rg‘ichlisi (Dicrocoelium dendriticum) ham jigar qurti kabi chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlarda, ba’zan esa odamlarning jigar va o‘t yo‘llarida, o‘t qopida parazitlik qiladi. Bu so‘rg‘ichlining tanasi jarrohlik pichoqchasi (lanset)ga o‘xshaganligi uchun lansetsimon ikki so‘rg‘ichlisi deb ataladi. Tanasi cho‘ziq, uzunligi 5 - 15 mm keladi. So‘rg‘ichlari bir-biriga yaqin joylashgan. Tuzilishi jihatidan jigar qurtiga o‘xshasada, ayrim farqlari ham bor. Jumladan, ular tanasining cheti bo‘ylab joylashgan naysimon ko‘rinishdagi ichaklari shoxlanmay gavdasining oxirida ko‘r o‘simta bilan tugaydi. Yumaloq shakldagi 2 ta urug‘doni qorin so‘rg‘ichining orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdoni joylashgan. Lansetsimon ikki so‘rg‘ichlining rivojlanish siklida uchta xo‘jayin qatnashadi. Asosiy xo‘jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam, birinchi oraliq xo‘jayini quruqlikda yashovchi Xeropicta avlodiga mansub mollyuskalr va qo‘shimcha, ya’ni ikkinchi oraliq xo‘jayini Formica va Proformica avlodlariga mansub chumolilar hisoblanadi. Jinsiy voyaga yetgan trematodalar jigarning o‘t yo‘llari, o‘t qopiga tuxum quyadi. Tuxum o‘t suyuqligi bilan o‘n ikki barmoqli ichakka tushib, hayvon tezagiga aralashib tashqariga tushadi. Uning tuxumi ichida yetilgan miratsidiya bo‘lib, u tuxum qobig‘idan tashqariga chiqolmaydi va uni tuxum bilan birgalikda mollyuska yutadi. Uning ichagida tuxumdan yetilgan miratsidiy jigarga o‘tib, onalik sporotsistaga, keyinchalik qiz sporotsistaga, ulardan dumli serkariyalar paydo bo‘ladi. serkariylar yetilgandan keyin mollyuska o‘pkasiga o‘tadi va u yerdan nafas yo‘llariga keladi. Mollyuska organizmida trematoda lichinkalari 4,5-5,5 oyda rivojlanadi. Mollyuskaning nafas yo‘llarida serkariylar 100-300 nusxadan yig‘ilib to‘planib, shilliq tugunchalar hosil qiladi. Bu tugunchalar mollyuskalarning nafas yo‘llari orqali tashqariga chiqib, o‘simlik va boshqa narsalarga yopishib qoladi. Serkariyalar to‘plami bo‘lgan shilimshiq sharlarni Formica oilasiga oid chumolilar o‘z uyasiga tashib ketadi. serkariyalar chumolilar tomonidan iste’mol qilingach, ularning qornida sistogoniya taraqqiyot bosqichini o‘taydi va metaserkariyalarga aylanadi. Metaserkariyalar yuqumli holga kelgach, ular bilan zararlangan chumolilar kunning salqin, bulutli, yog‘ingarchilik paytlarida o‘tlarni tishlagan holda karaxt (behush) holga o‘tadi. Bunday yoki harakatdagi chumolilar parazitning asosiy xo‘jayinlari - qishloq xo‘jalik hayvonlari tomonidan ozuqalar bilan birga iste’mol qilingach, metaserkariyalar oshqozon va ichakda ochiladi, ulardan ajralib chiqqan lichinkalar jigar o‘t yo‘llariga tushib voyaga yetadi va dikrotselioz kasalligini chaqiradi. Lansetsimon ikki so‘rg‘ichlining rivojlanish siklida uchta xo‘jayin qatnashadi. Asosiy xo‘jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam, birinchi oraliq xo‘jayini quruqlikda yashovchi Xeropicta avlodiga mansub mollyuskalr va qo‘shimcha, ya’ni ikkinchi oraliq xo‘jayini Formica va Proformica avlodlariga mansub chumolilar hisoblanadi. Jinsiy voyaga yetgan trematodalar jigarning o‘t yo‘llari, o‘t qopiga tuxum quyadi. Tuxum o‘t suyuqligi bilan o‘n ikki barmoqli ichakka tushib, hayvon tezagiga aralashib tashqariga tushadi. Uning tuxumi ichida yetilgan miratsidiya bo‘lib, u tuxum qobig‘idan tashqariga chiqolmaydi va uni tuxum bilan birgalikda mollyuska yutadi. Uning ichagida tuxumdan yetilgan miratsidiy jigarga o‘tib, onalik sporotsistaga, keyinchalik qiz sporotsistaga, ulardan dumli serkariyalar paydo bo‘ladi. serkariylar yetilgandan keyin mollyuska o‘pkasiga o‘tadi va u yerdan nafas yo‘llariga keladi. Mollyuska organizmida trematoda lichinkalari 4,5-5,5 oyda rivojlanadi. Mollyuskaning nafas yo‘llarida serkariylar 100-300 nusxadan yig‘ilib to‘planib, shilliq tugunchalar hosil qiladi. Bu tugunchalar mollyuskalarning nafas yo‘llari orqali tashqariga chiqib, o‘simlik va boshqa narsalarga yopishib qoladi. Serkariy o‘ralgan shilliq tugunchalarni chumoli tashib yeydi. Chumolining qorin bo‘shlig‘ida va bosh qismida 25-30 kun mobaynida keyingi lichinkalik davri metaserkariy rivojlanadi. Hayvonlar metaserkariy bilan zararlangan chumolini yutib, dikrotseliozga chalinadi (5 - rasm). Download 388.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling