Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi


-rasm. Lansetsimon ikki so‘rg‘ichli (Dicrocoelium lanceatum) ning tuzilishi va taraqqiyoti


Download 388.43 Kb.
bet12/13
Sana19.06.2023
Hajmi388.43 Kb.
#1623348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
parazit (2)

5-rasm. Lansetsimon ikki so‘rg‘ichli (Dicrocoelium lanceatum) ning tuzilishi va taraqqiyoti: 1-voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo‘jayinlari; 3-tuxumi; 4-birinchi oraliq xo‘jayini va 5-9-lichinkalik taraqqiyoti; 5-miratsidiy; 6-7-sporatsistalar; 8-serkariya; 9-serkariya tugunchalari; 10-ikkinchi oraliq xo‘jayin; 11-metaserkariy.

Dikrotseliyalarning barcha taraqqiyot bosqichlari 5-6 oyni tashkil qiladi. Defintiv xo‘jayin organizmida dikrotseliyalar 1.5-2 oyda jinsiy voyaga yetadi va bir necha yil hayot kechiradi (7 yilgacha).


Dicrocoelium dendriticum trematoda turi O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida (Xorazm viloyati va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan tashqari) qayd etilgan. Invaziya ekstensivligi qo‘ylarda 33,9-100,0%, echkilarda 21,5- 67,6%, qoramollarda - 16,1-87,6%, otlarda - 1,5-15,0%, eshaklarda - 42,0-55,0% ni, invaziya intensivligi esa 1-16137 nusxani tashkil etadi.
Dikrotseliyning tuxumlari tashqi muhit ta’sirlariga ancha chidamli. Tezak ichida bo‘lgan tuxum hayotchanligini 1 yilgacha saqlab qolishi mumkin. 23°S dan -50°S gacha bo‘lgan sovuqqa bir necha soatdan bir kungacha chidashi mumkin. +50°S dan yuqori harorat ularni tezda nobud qiladi.
Hayvon jigarida parazitlik qiluvchi dikrotseliy miqdori hayvonning yoshiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Hayvon qanchalik uzoq yashasa, u shuncha ko‘proq reinvaziyaga uchraydi, uning jigarida esa parazit miqdori osha boradi. Kasallik ham shuncha og‘ir o‘tadi. Dikrotselliozda kasallik belgilari uncha xarakterli emas. Hayvon kuchli zararlanganda (10-15 ming nusxa) oriqlash, ko‘krak sohasida shishlar paydo bo‘lishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi va maxsuldorlik pasayishi, ayrim hollarda hatto o‘lim bo‘lishi kuzatiladi. Yosh hayvonlar jigarida 150-5000 nusxa parazit bo‘lganida, kasallik subklinik kechadi.
Kasallikning boshlanish davrida patologoanatomik o‘zgarishlar faqatgina o‘t yo‘llarida sodir bo‘ladi. O‘t yo‘llarida yallig‘lanish va kengayib ketishi kuzatiladi. Hayvon kuchli zararlanganda jigar sirrozga uchraydi, o‘t yo‘llari kengayib, ko‘kimtir rangda ko‘rinib turadi. Jigar bezlari yiriklashadi, o‘t xalta o‘t suyuqligi bilan to‘lgan bo‘ladi.
Dikrotseliy tuxumini topish uchun 4-5 g tezak ketma-ket yuvish usuli bilan tekshiriladi. Dikrotseliy tuxumlarini euritrem va xasstileziy tuxumlaridan, zamburug‘lar sporalaridan va ayrim o‘simliklar urug‘laridan farq qilish kerak.
Chorv mollarni dikrotselioz bilan kasallanganligini aniqlash uchun hayvonlarni jigar qurtlari bilan zararlanganligini aniqlash uchun jigar va o‘t pufagini tekshirishdagi usul qo‘laniladi. O‘lgan yoki majburiy so‘yilgan hayvonlar gelmintologik yorib ko‘rilganda, dikrotselioz bilan kasallangan bo‘lsa, bunday hayvonlarda o‘t xaltasining kattalashganligini, o‘t yo‘llarining kengaygan va qalinlashganligini ko‘rish mumkin. Jigar sarg‘ish qo‘ng‘ir rangda, yuzasida biriktiruvchi to‘qimali hosila paydo bo‘ladi.
Dikrotselyoz bo‘yicha nosog‘lom bo‘lgan hududlarda erta bahordan maxsus kuzatish ishlari olib boriladi. Tong yorishishi bilan quruqlik mollyuskalari biotoplarida qishki "uyqu" dan chiqqan dikrotseliy metaserkariylari bilan zararlangan chumolilarni yashil o‘tlar tanasida karaxt holda yotganini ko‘rish mumkin. Bu holda ushbu hududda hayvonlarni saqlash taqiqlanadi. Parranda ushlash yo‘li bilan undagi mollyuskalar va kasallangan chumolilar miqdorini kamaytirish mumkin. Aks holda mollyuskalar faollik paytida yomg‘irdan so‘ng bunday maydonlarning har bir gektariga 200 kg dan xlorli kaliy o‘g‘iti yoki 40-60 kg metaldegid granulasi qo‘llash tavsiya etiladi. Preparatlar qo‘llashdan oldin hudud butalardan, toshlardan tozalanadi.
Dikrotseliozni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallangan chorva mollarni geksaxlor - paraksilol, geksixol, fevendazol, getolin va boshqa dorilar bilan degelmintizatsiya qilinadi. Yosh mollarni dikrotseliy tarqalgan yaylovlarda boqmaslik, vaqti — vaqti bilan yaylovlarni almashtirib turish va oraliq xo‘jayinlariga qarshi kurash chora – tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Dikrotseliylar fassiolalarga nisbatan antgelmintiklarga ancha chidamli, shu sababli hayvonlar bir oy ichida qayta gijjasizlantiriladi.
Dikrotseliozning kuchli, tor doiradagi o‘chog‘larini kuz oylarida shudgor qilib tashlash va donli ekinlar ekish maksadga muvofiqdir.
Hayvonlar orasida o‘lim kuzatilsa, ularni bog‘lab boqishga o‘tish yoki yaylovlarni almashtirish zarur. Bu vaqtda kasallangan hayvonlarni davolash maqsadida majburiy gijjasizlantirish o‘tkaziladi. Kasallik belgilari qayta namoyon bo‘lsa, gijjasizlantirish takroriy o‘tkaziladi.
Dikrotselioz bo‘yicha nosog‘lom bo‘lgan xo‘jaliklarda hayvonlar rejali asosda yiliga ikki marta - noyabr va dekabr - yanvar oylarida gijjasizlantiriladi.
Qo‘y qo‘ralari va molxonalarda maxsus go‘ng saqlaydigan joy-lar tashkil kilish va ularni dala maydonlariga faqat biotermik usulda qayta ishlangandan so‘ng chiqarish zarur.


Xulosa

  1. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlarini o‘rgangan olimlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlarini o‘qib, tahlil qilganimizda, ularda 200 dan ortiq tur gelmintlar parazitlik qilishi aniqlandi. Shulardan 101 ta turi qo‘ylarda, 72 ta turi echkilarda, 70 ta turi qoramollarda, 66 ta turi otlarda, 51 ta turi eshaklarda, 47 ta turi tuyalarda va 30 ta turi cho‘chqalarda parazitlik qilishi ma’lum bo‘ldi.

  2. O‘zbekistonda chorva mollarda parazitlik qiluvchi 200 ta tur gelmintlardan 27 ta turi ularning jigarida parazitlik qiladi.

  3. Chorva mollar jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlardan 19 ta turi qo‘ylarda, 20 ta turi echkilarda, 7 ta turi cho‘chqalarda, 6 tadan turlari qoramollar va tuyalarda hamda 5 tadan turlari ot va eshaklarda uchraydi.

  4. O‘zbekistonda chorva mollar jigarida parazitlik qiluvchi 19 ta tur gelmintlarning oraliq xo‘jayinlari sifatida 57 ta turga kiruvchi quruqlikda yashovchi va chuchuk suv mollyuskallari ekanligi aniqlandi.

5. Parazitlar bilan ularning oraliq, qo‘shimcha va asosiy xo‘jayinlari o‘rtasidagi biotsenotik aloqalarni o‘rganish uchun O‘zbekistonning turli mintaqalarida chuchuk suv va quruqlik mollyuskalari, yomg‘ir chuvalchanglari, hasharotlar hamda yirtqich sutemizuvchilarning chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning lichinkalari va jinsiy voyaga yetgan turlari bilan zararlanishi tahlil qilinganda, ularning quyidagi 5 ta tipga mansub sirkulyatsiyalari mavjudligi aniqlandi:
- Chorva mollari- tashqi muhit – suv mollyuskalari – tashqi muhit – chorva mollari. Bunday sirkulyatsiya bilan chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi so‘rg‘ichlilar sinfidan Fasciolidae oilasi vakillari rivojlanadi.
- Chorva mollari – tashqi muhit – quruqlik mollyuskalari – tashqi muhit – chumolilar – chorva mollari. Bunday sirkulatsiya bilan chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi so‘rg‘ichlilar sinfidan Dicrocoelium dendriticum trematoda turi rivojlanadi.
- Mayda shoxl mollar – tashqi muhit (nematoda lichinkalari) – quruqlik mollyuskalari – mayda shoxli mollar. Bunday sirkulyatsiya bilan qo‘y va echkilar hamda ularning yovvoy turlari o‘pkasida parazitlik qiluvchi nematodalardan Protostrongylidae oilasi vakillari rivjlanadi.
- Cho‘chqa - tashqi muhit – yomg‘ir chuvalchanglari – cho‘chqa. Bunday sirkulyatsiya bilan cho‘chqa va to‘ng‘izlar o‘pkasida parazitlik qiluvchi nematodalardan - Metastrongylus urug‘iga kiruvchi turlari rivojlanadi.
- Yirtqich sutemizuvchilar – tashqi muhit – chorva mollari – yirtqich sutemizuvchilar. Bunday sirkulyatsiya bilan chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar sinfidan Echinococcus granulosus (larvae) turi rivojlanadi.
O‘zbekistonda chorva mollar jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning sirkulatsiyasi tahlil qilinganda ko‘pchilik gelmint turlari asosan, suv mollyuskalari orqali rivojlanadigan trematodalar va quruqlik mollyuskalari orqali rivojlanadigan nematodalar ekanligi aniqlandi.

  1. O‘zbekistonda chuchuk suv va quruqlik mollyuskalari, yomg‘ir chuvalchanglari, hasharotlar va yirtqich sutemizuvchilar orqali rivojlanadigan chorva mollari gelmintlari asosan Taeniidae, Fasciolidae, Dicrocoeliidae, Protostrongylidae va Metastrongylidae oilalariga kiradi.

  2. O‘zbekistonda quruqlik va chuchuk suv mollyuskalari, yomg‘ir chuvalchanglari, hasharotlar va yirtqich sutemizuvchilar orqali rivojlanadigan hamda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlar asosan exinokokkoz, fassiolyoz, dikrotselioz, protostrongilyoz myullerioz, sistokaulyoz, spikulokaulyoz, metastrongilyoz va boshqa gelmintoz kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Ular chorva mollarning barcha mahsuldorligini keskin kamaytiradi va hatto kasallangan chorva mollari nabud ham bo‘ladi.

  3. Ushbu Kurs ishida mollyuskalar, yomg‘ir chuvalchanglari, hasharotlar va yirtqich sutemizuvchilar orqali rivojlanadigan va chorva mollariga katta zarar keltiradigan asosiy gelmintozlar qo‘zg‘atuvchilariga qarshi kurashish va ularning oldini olish choralari bo‘yicha Respublikamizda uzoq yillar davomida tadqiqot ishlarini olib borgan yirik olimlar tomonidan chop etilgan va chorvachilik xo‘jaliklariga tadbiq qilingan tavsiyalar chuqur tahlil qilinib, amalda qo‘llash usullar haqida ham kerakli va foydali ma’lumotlar keltirilgan. Albatta malakaviy bitiruv ishda keltirilgan amaliy tavsiyalarga rioya qilinganda muhsuldor hayvonlar va shu jumladan odamlar ko‘pgina gelmintoz kasalliklardan saqlanishi mumkin.

  4. O‘quvchi – talabalarga zoologiya va parazitologiya fanlaridan “Odam va chorva mollarida parazitlik qiluvchi gelmintlar va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar” mavzusida dars o‘tganda ushbu Kurs ishi materiallaridan qo‘shimcha ma’lumot sifatida foydalanilsa maqsadga muofiq bo‘ladi. Chunki o‘quvchi – talabalar avvalo parazit chuvalchanglar va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘ladilar, qolaversa eng muhimi chorva mollariga va odamlarga parazit chuvalchanglarni yuqtirmaslik, ulardan saqlanish uchun kundalik hayotda tozalikka va sanitariya – gigiena qoidalarga qat’iy rioya qilib yashash kerakligini tushunib yetadilar.




Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling