Mundarija: Kirish I bob. O‘zbekistonda xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilishning samaradorligi


-§. Xalqaro baholash dasturining turlari


Download 62 Kb.
bet3/8
Sana12.01.2023
Hajmi62 Kb.
#1089889
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gulchiroy kurs ishi

1.2-§. Xalqaro baholash dasturining turlari


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tizimda xalqaro baholash dasturilarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda vazirlik o‘quvchilarning o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) bo‘yicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga joriy etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.
Mazkur tadqiqotlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishini yaxshilash hamda ta’lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam berishi ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qo‘llaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi o‘quvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi xalqaro baholash dasturlari mavjud bo‘lib ularga quyidagilar kiradi:
PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi
PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot
TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring
ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro tadqiqot kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 997-sonli qarorida quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tashkil etilishi qayd etilgan:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun
Trends in International Mathematics and Sciyence Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PIRLS) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling