Mundarija: Kirish I bob. O‘zbekistonda xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilishning samaradorligi


Download 62 Kb.
bet7/8
Sana12.01.2023
Hajmi62 Kb.
#1089889
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gulchiroy kurs ishi

3. Matnga ijodiy yondashish

  • Masalan, tanlangan matndagi ma’lumotlarni chizma, diagrammalarda tasvirlash, raqamli ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha topshiriqlar berish va h.k

4. Matnni o‘zlashtirilish darajasini aniqlash

  • Bunda maxsus test yoki mantiqiy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning matnni tushunganlik darajalari aniqlanadi.

5. Yakun

  • Yakunlovchi suhbat orqali taasurotlar almashiniladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning matnni o‘qish sifati va tushunish darajasi faqatgina o‘quvchiga qo‘yiladigan baho emas, butun o‘quv jarayoni ishtirokchilariga qo‘yiladigan baho, ulkan ma’suliyatdir. Shunday ekan, davlatimiz tomonidan berilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan oqilona foydalanish har bir ta’lim tizimi ishtirokchilaridan ijtimoiy faollikni, kreativlikni, tizimlilikni talab qiladi.
2.2-§ O‘zbekistonda PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil etishning istiqbollari
Yurtimizda ta’lim-tarbiya masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni “O‘zbekiston ta’lim sifati bugungi davr talablariga to‘laqonli mos bo‘lishi” ga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida : “Moddiy va ma'naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta'limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tgandilar davlatimiz rahbari.Bu masalaga yana ham jiddiy qarashimiz, xalq ta’lim tizimi poydevori hisoblangan maktab ta’lim sifatini dunyoning yetakchi davlatlari ta’limi ko‘rsatgichlari ro‘yxatiga kiritish uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Dunyo davlatlari ta'lim tizimlari o‘zaro uyg‘un holda rivojlanishi uchun turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarini baholashning umumiy dasturlari yaratilgan. Shunday dasturlardan biri bu PIRLS.
PIRLS - (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta oʻtkazishga moʻljallangan boʻlib, uning oxirgi 2016 yilgi tadqiqotlari natijalariga koʻra, Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.
Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Sodda tilda aytganda, PIRLS - o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash. PIRLS va boshqa ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
1.Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi;
2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;
3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
5. O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta'lim sifati xalqaro baholash standartlariga moslashadi;
6. Milliy ta'lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
PIRLS tadqiqotida o‘quvchilar dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida ishlatadigan o‘qishning ikki turi baholanadi:
1) o‘quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o‘qish ;
2) ma'lumotni o‘zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o‘qish.
Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion (ilmiy ommabop ) matnlarni o‘qiyotganda o‘qish qobiliyatining to‘rtta guruhi baholanadi:
aniq ko‘rsatilgan ma'lumotlarni topish;
xulosalarni shakllantirish;
ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;
mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Natijalarni baholash tartibi PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo‘llaniladi:
- javobni tanlash usulidagi to‘g‘ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to‘g‘ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berishg kerak bo‘lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qo‘llaniladi. PIRLS 2011 PIRLS 2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 o‘quvchi qatnashdi. Rossiyadan, PIRLS-2011 tadqiqotida mamlakatning 42 mintaqasidagi 202 ta ta'lim muassasalarining 4461 boshlang‘ich maktab bitiruvchilari qatnashdilar.
An'anaga ko‘ra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida so‘zlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning ta'lim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin o‘quvchilar qatnashgan. 2011 yil ma'lumotlariga ko‘ra Gonkong, Rossiya, Finlyandiya va Singapurda o‘quvchilar o‘qishni yaxshi o‘zlashtiradilar.
Ushbu davlatlarning to‘rtinchi sinf o‘quvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatdilar. Ushbu mamlakatlarning o‘rtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi to‘rt mamlakatning natijalaridan ancha past.
Rus o‘quvchilarining o‘rtacha balli 568. PIRLS tadqiqotlarining 4 martalik natijalari:
PIRLS 2001: 1)Shvetsiya - 561 ball 2)Niderlandiya - 554 ball 3)Angliya - 553 ball
PIRLS 2006: 1)Rossiya - 565 2)Gonkong - 564 3)Kanada - 560
PIRLS 2011: 1)Gonkong - 571 2)Rossiya - 568 3)Finlandiya - 568
PIRLS 2016: 1)Rossiya - 581 2)Singapur - 576 3) Gonkong - 569
2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan PIRLS baholash tizimi o‘qishning asosini qamrab oluvchi keng qamrovli maqsadlarga asoslangan - adabiy tajriba, ma'lumot olish va undan foydalanish, Internetda ma'lumot qidirish. PIRLS o‘qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLSdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: Global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish; Yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish; Ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o‘quv islohotini amalga oshirish; PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o‘qitish va o‘qishni takomillashtirish; Adolatlilikni kuzatish yoki qo‘shimcha sinflarda o‘quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish; O‘qishni va o‘qitishni o‘rganish.
2021 yilda o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o‘quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi.
Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016 yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021 yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Har besh yilda o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini xalqaro darajada baholaydi.
Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro markazi, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi.
O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o‘quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan ob'ektiv testlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma'lumotlar to‘planadi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.

O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi.
PIRLS boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o‘qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O‘z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
1. diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma'lumotlarni topish;
2. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
3. kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish;
4. g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish.
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko‘ra, o‘rtacha 500 dan 800 tagacha, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasi past bo‘lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o‘quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bo‘lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o‘quvchiga unchalik tanish bo‘lmaydi.

  • PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

  • Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O‘quvchilar matnni yaxlit o‘zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog‘liq holda tushunadi. Muallifning g‘oyasini izohlashda o‘z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.

  • Yuqori daraja (550 ball) – O‘quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o‘z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.



  • O‘rta daraja (475 ball) – O‘quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o‘z xulosalarini chiqaradi.

  • Quyi daraja (400 ball) – O‘quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo‘lgan xabarni ajratib oladi.

Tadqiqotda O‘zbekistonning boshlang‘ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o‘qiydi? O‘zbekiston o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi qay darajada? O‘qish 4-sinf o‘quvchilari uchun sevimli mashg‘ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qo‘shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o‘qishni o‘rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O‘zbekiston o‘qishni o‘rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o‘ziga xosligi bormi, agar shunday bo‘lsa u nimada namoyon bo‘ladi? Boshlang‘ich sinflarimizning o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o‘rganiladi.
Shuningdek, tadqiqotda ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarni o‘rganish va tahlil qilish maqsadida anketa so‘rovnomalari ham o‘tkaziladi. Jumladan, o‘quvchilar so‘rovnomasi orqali ishtirokchi haqida ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, maktabga, o‘qituvchiga, o‘quv faniga munosabat, o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabat, o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zini baholash, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar to‘g‘risida ma'lumotlar to‘planadi.
O‘qituvchilar so‘rovnomasi o‘qituvchilar haqidagi ma'lumotlar, maktabning jihozlanishi, xavfsizlik, maktab muhiti, o‘qitish usuli, malaka oshirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Ota-onalar so‘rovnomasida ota-onalar haqidagi ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilinishidan avvalgi ko‘nikma va malakalari, ota-onalarning maktabga va o‘qishga munosabati o‘rganiladi.

Maktab ma'muriyati so‘rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi, jihozlanishi, ta'limiy resurslar, maktabda o‘quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti o‘rganilib, tahlil etiladi.
Tadqiqotning 2016 yil natijalariga ko‘ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bo‘lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik o‘quvchilar matnni o‘qish va tushunish bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ushbu mezon bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi.
Mazkur davlatlarda o‘qish savodxonligi bo‘yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog‘liq: uydagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga bo‘lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar o‘qish-yozishni o‘rganganligi hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichining yuqoriligi.
PIRLS tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o‘quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.


XULOSA
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib unda hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qitish va ta'lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;

  • ta'lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;

  • ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;

  • ta'lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

  • ta'lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

  • umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta'minlash;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;

  • xalqaro baholash dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash masalalari ko‘rilgan.

Yurtimizda ta’lim-tarbiya masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni “O‘zbekiston ta’lim sifati bugungi davr talablariga to‘laqonli mos bo‘lishi” ga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida : “Moddiy va ma'naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta'limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tgandilar davlatimiz rahbari.Bu masalaga yana ham jiddiy qarashimiz, xalq ta’lim tizimi poydevori hisoblangan maktab ta’lim sifatini dunyoning yetakchi davlatlari ta’limi ko‘rsatgichlari ro‘yxatiga kiritish uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning matnni o‘qish sifati va tushunish darajasi faqatgina o‘quvchiga qo‘yiladigan baho emas, butun o‘quv jarayoni ishtirokchilariga qo‘yiladigan baho, ulkan ma’suliyatdir. Shunday ekan, davlatimiz tomonidan berilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan oqilona foydalanish har bir ta’lim tizimi ishtirokchilaridan ijtimoiy faollikni, kreativlikni, tizimlilikni talab qiladi.


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling