Kurs ishining maqsadi: Rejalashtirishning asosiy bosqichlari va turlarini oʻrganish.
Kurs ishining vazifalari:
Kurs ishi obyekti: O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va muassasalari.
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rejalashtirishning maqsadi, vazifasi, bosqichlari va turlari.
Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik.
1) Kuzatish
2) Suhbat.
3) Savol javob.
4) Tajriba
Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo‘lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I.Bob. Pedagogik jarayonni rejalashtirish shakllari
1.1. Rejalashtirish - ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlari
Rejalashtirish — Rejalashtirishni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, Rejalashtirishga umumiy va qo’shimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Rejalashtirishning mohiyati kadrlarga ularning qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va kerak bo’lgan miqdorda ish o’rni takdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ish o’rinlari mehnat unumdorligi va qiziqish uyg’otishi nuqtai nazaridan mehnat kishisiga eng maqbul ravishda o’z qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratishi, mehnat unumdorligini oshirishi. munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |