Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Download 481.46 Kb.
bet13/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Nizolarni boshqarish usullari.

Boshqaruv-insonlarni aniq belgilangan maqsad sari yo’naltirish demakdir. Nizolarning turlariga qarab, hal qilish yo‘llari izlanadi, qarorlar qabul qilinadi. Keyingi ko‘rsatilgan jarayonda tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi, militsiya, sudlar shug‘ullanishlari mumkin.
Nizolarni o‘z vaqtida operativ tarzda hal qilish yo‘llarini izlash kerak, chunki nizolarni samarali boshqarish usuli topilmasa, qo‘yidagi oqibatlar hosil bo‘lishi mumkin, ya’ni maqsadga erishishga to‘siq bo‘luvchi sharoitlar yuzaga keladi:

  1. Qoniqmaslik, yomon kayfiyat, xodimlarni ishdan bo‘shatishni ko‘payishi va unumdorlikning pasayishi;

  2. Kelgusidagi hamkorlik darajasining kamayishi;

  3. Tashkilotdagi boshqa guruhlar bilan raqobatni ishishi;

  4. Boshqa guruhlarni "Dushman" deb bilib, o‘zining maqsadlarini ijobiy deb tushunish;

  5. O‘zaro harakatlarni yig‘ishtirib, nizolashayotgan tomonlar bilan qo‘shilish;

  6. Nizolashayotgan tomonlar orasida adolatni kuchayishi;

  7. Real (haqiqiy) maqsadni hal qilish o‘rniga "g‘alaba" qilishga ko‘proq e’tibor berish.

Nizolarni boshqarish. Nizolarni boshqarishning bir qancha samarali usullari mavjud bo‘lb, hammasining asosiy maqsadi: nizolarni vujudga keltirgan sabablarga barham berish (kamaytirish) sohasida aniq maqsadli ta’sir ko‘rsatish yoki nizo qatnashchilari xulq atvorini o‘zgartirishga qaratilgan ta’sir ko‘rsatishdir. Nizolarni boshqarish usullarini bir qancha guruh to‘plamlariga bo‘lish mumkin (1.3.1-rasm):



Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari



Tarkibiy-tashkiliy usullar

Strategik usullar






  • Uzoqlashish;

  • Silliqlash;

  • Majburlash;

  • Kompromis;

  • Muammoni hal qilish.


1.3.1-rasm. Nizolarni boshqarish usullari
Rahbar nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat kishilar harakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasligi kerak. Albatta, bu ham qandaydir aniq holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta’sir etuvchi faktorlarning faqat bittasidir. Shu sababli rahbar eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil etishi, so‘ngra esa u yoki bu usulni qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak.
Tarkibiy-tashkiliy usullar yordamida nizoli vaziyatlarni boshqarishni ko‘rib chiqaylik:

Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling