Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari
Baxriddinov Muhriddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolib Bobo AKT” MChJ ning 2019-2021-yillarda bajargan pudrat ishlari hajmi ko’rsatgichlari
- Ko’rsatkichlar 2019 y. 2020 y. 2021 y.
- 2019 – 2021-yillarda o‘z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari hajmining o‘zgarish dinamikasi
- O’tgan yilga nisbatan 2019-yilga nisbatan
- 2.2.1-diagramma. 2019-2021-yillarda “Tolib Bobo AKT” MChJ ning pudrat ishlari tahlili Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili
- 2019-2021 yillar uchun qurilish tashkiloti xodimlar sonining ozgarishi korsatkichlari
- 2.2.2-diagramma. 2019-2021 yillarda “Tolib bobo AKT” MChJ kadrlar sonining o‘zgarishi.
Ishlar nomi
|
2019 y. |
2020 y. |
2021 y. | |||||
Jami (ming.s): | ||||||||
1 |
Yangi qurilish |
1 039 081,60 |
- |
17 259 633,30 |
18 298 714,90 | |||
2 |
Joriy ta'mirlash |
96 150,00 |
878 233,70 |
152 777,60 |
1 127 161,30 | |||
3 |
Kapital ta'mirlash |
539 889,70 |
4 881 774,50 |
1 288 750,00 |
6 710 414,20 | |||
4 |
Rekonstruksiya |
6 171 752,00 |
10 458 872,60 |
13 991 642,20 |
30 622 266,80 | |||
5 |
Elektr ishlari |
- |
- |
1 584 950,20 |
1 584 950,20 | |||
Jami |
10 635 881,2 |
16 019 080,8 |
34 277 747,3 |
60 932 709,3 |
Pudrat ishlari bajarilishing tahlili
Pudrat ishlari bajarilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
tuzilgan pudrat shartnomalari bo‘yicha ishlarning umumiy hajmi (bosh pudrat);
tashkilotning o‘z kuchi bilan bajargan qurilish-montaj ishlarining hajmi;
jalb qilingan (subpudrat) tashkilotlarining kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmi.
Bajarilgan pudrat ishlari hajmini tahlil qilish uchun dastlabki ma’lumotlarni 2-jadvalda keltiramiz.
2.2.2-jadval
“Tolib Bobo AKT” MChJ ning 2019-2021-yillarda bajargan pudrat ishlari hajmi ko’rsatgichlari
Ming so’mda
Ko’rsatkichlar |
2019 y. |
2020 y. |
2021 y. |
Pudrat ishlari, jami |
10 635 881,2 |
16 019 080,8 |
34 277 747,3 |
Shu jumladan, o’z kuchi bilan |
10 635 881,2 |
16 019 080,8 |
34 277 747,3 |
Jalb qilingan tashkilot kuchi bilan |
- |
- |
- |
Tashkilotning o‘z kuchi bilan bajarilgan ishlarining hajmini to‘la tavsiflash uchun o’tgan yillar bo‘yicha o‘zgarish sur’atini har bir yil ko‘rsatkichlarini oldingi yillar bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlaymiz.
2.2.3-jadval
2019 – 2021-yillarda o‘z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari hajmining o‘zgarish dinamikasi
Yillar |
O’z kuvhi bilan bajarilgan QMI hajmi, ming so’mda |
O’zgarish sur’atlari (%) | |
O’tgan yilga nisbatan |
2019-yilga nisbatan | ||
2019 |
10 635 881,2 |
100% |
100% |
2020 |
16 019 080,8 |
150,6 |
150,6 |
2021 |
34 277 747,3 |
214,0 |
322,3 |
Qurilish-montaj ishlari hajmining o‘zgarish (o‘sish, pasayish) sur’ati deganda joriy yildagi amaldagi ish hajmining o‘tgan yil va bazis yilidagi ishlar hajmiga nisbati tushuniladi. Bu ko'rsatkichlar foiz sifatida hisoblanadi, taqqoslash bazasi 100% sifatida qabul qilinadi.
Tahlil qilinayotgan tashkilot tomonidan 2019-yilda mustaqil ravishda umumiy qiymati 10 635 881,2 ming so‘m, 2020-yilda 16 019 080,8 ming so‘m, 2021-yilda 34 277 747,3 ming so‘mlik pudrat ishlari bajarildi. Amalga oshirilgan ishlar hajmining o'zgarish sur'atlarini hisoblash shuni ko'rsatdiki, 2020 va 2021 yillarda bajarilgan ishlar hajmini oshirish tendentsiyasi mavjud. Demak, 2019-yilda 10635881,2 ming so‘mlik ishlar bajarilgan bo‘lsa, 2020-yilda 16 019 080,8 ming so‘mlik ishlar bajarildi, bu 5 383 199,6 ming so‘m yoki 50,6 foizga ko‘pdir. 2021-yilda o‘tgan yilga nisbatan 18 258 666,5 ming so‘mga yoki 114,0 foizga, 2019-yilga nisbatan 23 641 866,1 ming so‘mga yoki 222,3 foizga ko‘p ishlar bajarildi.
2.2.1-diagramma. 2019-2021-yillarda “Tolib Bobo AKT” MChJ ning pudrat ishlari tahlili
Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili
Ushbu bo'limni tahlil qilish jarayonida tashkilot xodimlarining soni, uning yillar davomida o'zgarishi belgilanadi. Xodimlar sonining mutlaq ko'rsatkichlari bilan bir qatorda nisbiy ko'rsatkich - 1 million so'mlik qurilish-montaj ishlariga to'g'ri keladigan xodimlar sonini hisoblash va tahlil qilish kerak.
Tahlil uchun dastlabki ma'lumotlar quyidagi jadval ko'rsatkichlari hisoblanadi:
2.2.4-jadval
2019-2021 yillar uchun qurilish tashkiloti
xodimlar sonining o'zgarishi ko'rsatkichlari
Ko’rsatkichlar |
2019 y. |
2020 y. |
2021 y. |
1.Xodimlar sonining o’rtacha soni, kishi |
105 |
108 |
111 |
2.Oldingi yilga nisbatan o’zgarish surati, % |
100,0 |
102,9 |
102,8 |
3.2019 yilga nisbatan, % |
100,0 |
102,9 |
105,7 |
4.1 mln. so’m QMIga to’g’ri keladigan xodimlar soni |
0,0099 |
0,0067 |
0,0032 |
5.O’tgan yilga nisbatan o’zgarish, % |
100,0 |
67,7 |
47,8 |
6.2019-yilga nisbatan, % |
100,0 |
67,7 |
32,3 |
2019 yilda tahlil qilinayotgan tashkilot xodimlarining o‘rtacha soni 105 kishini, 2020 yilda 108 nafarni, 2021 yilda 111 nafarni tashkil etdi.
2019-2021 yillarda xodimlar soni ortdi. 2020 yilda ishchilar soni 3 kishiga yoki 2,9 foizga oshdi, bu esa ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq. 2021 yilda ishchilar soni 3 kishiga yoki 2,8 foizga oshdi.
2.2.2-diagramma. 2019-2021 yillarda “Tolib bobo AKT” MChJ kadrlar sonining o‘zgarishi.
1 million so‘mlik qurilish-montaj ishlariga to‘g‘ri keladigan ishchilar soni xodimlarning o‘rtacha sonini mustaqil ravishda bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmiga million so‘mga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu ko'rsatkichning o'zgarish sur'atlarini hisoblash shuni ko'rsatdiki, 2019-2021 yillarda uning pasayish tendentsiyasi mavjud. Demak, agar 2019-yilda har 1 million so‘mga to‘g‘ri keladigan xodimlar soni 0,0099 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 0,0067 kishini, 2021-yilda 0,0032 nafarni tashkil etdi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 67,7 foizni, 2021 yilda esa 2019 yil darajasiga nisbatan 47,8 foizni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkichning pasayishi 2019 yildan 2021 yilgacha tashkilot xodimlarining mehnat unumdorligi oshishini ko'rsatadi.
Download 481.46 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling