2.2. “Tolib Bobo AKT” MChJning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili Samarqand viloyati hokimligi “Injiniring kompaniyasi” buyurtmachiligi va nazorati ostida bugungi kunda bir qator qurilish, qurilishni ta’mirlash va qurilish ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shular qatorida Samarqand shaharda joylashgan “Tolib Bobo AKT” MChJ ham qurilish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Quyida biz ushbu korxonaning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini tahlil qilamiz.
Ishlab chiqarish dasturining tahlili
Qurilish tashkilotlari ishlab chiqarish faoliyati ko‘rsatkichlari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tahlil qilinadi:
- qurilish binolari va quvvatlarini ekpluatatsiyaga topshirish;
- pudrat ishlari hajmining bajarilishi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini va binolarni ishga tushirish qurilish-montaj tashkilotlarining ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini baholovchi sifat ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini va binolarni ishga tushirishni tahlil qilishning asosiy manbai hisobotning 1-KS formasi, ishga topshirish akti va boshqa hisobot manbalari hisoblanadi.
Tahlil qilinayotgan Samarqand shahridagi “Tolib Bobo AKT” MChJning ishlab chiqarish quvvatlari va binolarni ishga tushirishni tahlil qilish uchun dastlabki ma’lumotlar 1-analitik jadvalda keltirilgan (batafsil 1-ilovaga qarang).
2.2.1-jadval
Ishlab chiqarish quvvatlarini va binolarni ishga tushirishning tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |