Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Boshqarish strukturasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal tuzilgan, jumladan bo‘g‘in va bosqichlar soni asossiz ko‘payib ketmagan


Download 481.46 Kb.
bet28/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Boshqarish strukturasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal tuzilgan, jumladan bo‘g‘in va bosqichlar soni asossiz ko‘payib ketmagan;

  • Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining imkon qadar operativ ishlashini ta’minlagan.


    Tolib Bobo AKT” MChJ ning qurilish uchastkalari turli ob’ektlarda qurilish montaj ishlarini olib boradi.
    Boshqaruvning quyi pog‘onasidagi "Qurilish uchastkasi №1"ning tashkiliy tuzilmasini qaraydigan bo‘lsak (3.1.4-rasm), bo‘lim osti xodimlari faqat o‘z rahbarlariga bo‘ysunadi. Uchastka bosh injeneri prorablarga topshirig‘i uchastka boshlig‘ining topshirig‘iga mos kelmasligi tufayli ko‘pincha ichki shaxsiy nizoga, tushunmovchilikka olib keladi.

    3.1.4-rasm. QU №1 dagi tashkiliy strukturasidagi nizolar.
    QU №1 strukturasi oddiy va barqaror masalalarni yechishga mo‘ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi. Bunday sharoitda rahbarlar ko‘proq tezkor ishlar bilan band bo‘lib, strategik kompleks muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar. Bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog‘lanish bo‘lmaydi va bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo‘lish xavfi doim bo‘lib turadi, chunki, QU №1 strukturasining har bir bo‘g‘inida uchastka rahbari o‘z lavozimi bo‘yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo‘ladi. Bu esa nizolarga olib keluvchi kuchli manbadir.

    3.2. “Tolib Bobo AKT” MChJ da nizolar tabiati va sabablari.


    “Tolib Bobo AKT” MChJ da xodimlar bilan ishlash faoliyat yurgizish jarayonida nizoli vaziyatga olib keluvchi bir qator holatlar uchraydi. MChJda nizoli vaziyatlarni oldini olishda tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar yo‘qotiladi hamda qarama-qarshiliklarning keskinlashish sabablari o‘z vaqtida bartaraf qilinadi. Bunda guruhdagi nizoli vaziyatni bartaraf etishda rahbar asosiy o‘rinni egallaydi.
    Guruh va jamoalar to‘g‘risida gap ketganda, ko‘pincha uning "ma’naviy muhiti", "psixologik muhiti" degan iboralar keng qo‘llaniladi. Chunki bu narsa o‘sha yerdagi ishning yaxshiligi, faoliyatning samarasi bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy psixologik muhit deganda, biz o‘sha guruhning a’zolarining fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar, va o‘zaro munosabatlardan iborat bo‘lgan emotsional-intelektual holat anglanadi. Bu o‘rindagi asosiy omil – bu a’zolarning o‘zaro munosabatlaridir. Ma’lumki, o‘zaro munosabatlar ish yuzasidan, faoliyat maqsadlari va mazmuni Bilan hamda bevosita bir-birini yoqtirish-yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emotsional hissiyotlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
    Tashkilotda kasbga doir faoliyatni bajarish jarayonida tabiiy birinchi tipli munosabatlar ustuvor bo‘lib, ikkinchisining xarakteri birinchisidan kelib chiqadi. Do‘stlar to‘plangan davradagi muhit esa aksincha, bevosita simpatiyalarga tayanadi.
    Tashkilotdagi barcha nizolar, muammolarni yechishning usullaridan biri – insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish va shunga ko‘ra, jamoadagi o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Tashkilotni o‘rganib chiqish davomida har bir jamoalarda maxsus sotsiometrik so‘rovlar o‘tkazilib, uning natijalari tashkiliy jarayonlarda inobatga olindi (3-4-5-ilovalarda keltirilgan).
    Uni asosan guruhdagi ma’naviy-psixologik muhitga ta’sir etuvchi emotsional munosabatlarni aniqlashda mutaxassis tomonidan ishlatish mumkin. Bunda har bir guruh a’zosi tanlov sharoitiga solinadi, ya’ni u yoki bu sharoitda, vaziyatda yoki faoliyatni bajarishda o‘ziga yoqqan (yoqmagan) sherigini guruhdoshlari orasidan tanlashi kerak. Masalan, malyardan «Kim bilan ishlashni xohlarding?», «Kim bilan qurilish uchastkasida ish vaqtidan tashqari yonma-yon turib ishlashni istardingiz?», «Boshliq tomonidan berilgan muhim topshiriqni ikki kishi bajarishi kerak bo‘lsa, sheriklikka kimni olgan bo‘lardingiz?», kabi savollar bilan murojaat qilinadi. So‘rov anonim bo‘lib, har bir ishtirokchi 3 — 5 tagacha tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Natijalar jadvalga solinib, qayta ishlanadi va hattoki, grafik tarzida chiziladi. 3-ilovada mehnat jamoasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sotsiometrik testdan biri havola etilgan.
    Metodika guruhdagi odamlar bir-birlarini yaxshi bilgan taqdirdagina o‘tkaziladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash har bir xodimning to‘plagan tanlovlarini sanash va tahlil qilishga asoslanadi. Ular asosida guruhdagi liderni va liderlik stilini aniqlash mumkin. “Tolib Bobo AKT” MChJ da nizolarning asosan quyidagi uch xilini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin (3.2.1-rasm):

    Download 481.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling