Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Savollar O‘rtacha qo‘yilgan ball


Download 481.46 Kb.
bet30/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Savollar

O‘rtacha qo‘yilgan ball

1

Rasmiy va norasmiy sharoitlarda kishi shaxsining kamsitilish hollari uchraydimi?

0,5

2

Ishga bo‘lgan munosabatdagi keskin o‘zgarishlar (funksional majburiyatlarga nisbatan) bo‘lib turadimi?

1,3

3

O‘z boshliqlari tomonidan berilgan ko‘rsatma va farmoyishlarni bajarishda bosh tortish hollari uchraydimi?

0,9

4

Har ikki tomonning bir-birini yoki bir tomonlama ruhiy yoki jismoniy kamsitilishi bo‘lib turadimi?

0,6

5

Personalni boshqarish bo‘yicha ishlar o‘ta rasmiylashtirib yuborilganmi?

1,2

6

Mavjud muhit to‘g‘risida, xodimlar hamda mansabdor shaxslar o‘rtasida salbiy fikrlar bo‘lib turadimi?

1,6




O‘rtacha berilgan baho summasi

1,02




3.2.4-Rasm. Nizoli vaziyatning yuzaga kelish ehtimolini aniqlashga doir so‘rovnoma javoblari.
Savolnoma uch ballik tizimda olib borilgan bo‘lib, bunda savollarga berilgan 0 ball – yo‘q, 1 ball – ba’zan, 2 ball – bo‘lib turadi va 3 ball – doimo bo‘lib turadi. Jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar xodimlar tomonidan belgilangan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi keltirilgan. Jadvalda keltirilgan o‘rtacha berilgan baho summasi 1,02 ball. Demak, nizolarning kelib chiqish ehtimoli (uch ballik tizimda) 1,02 ballga teng. 3 ballik tizimga nisbatan 1,02 ball ancha past ko’rsatgich bo’lsada nizolarni oldini olishga ehtiyoj mavjud.
Dastavval, bunda rahbar nizolarni oldini olishda nizoli vaziyatdagi oldingi bosqichdagi tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatni yo‘qotish hamda qarama-qarshiliklarning keskinlashish sabablarini o‘z vaqtida bartaraf qilishi kerak.
Yuzaga kelayotgan nizoli vaziyatni aniqlash har qanday rahbarning ham qo‘lidan kelmaydi. Nizoli vaziyatning ayyorligi shundaki, u har qanday bexosdan yuzaga kelgan hodisa oqibatida, "oyoq ostida yashirilgan mina" kabi portlab ketishi va ochiq nizoga aylanib, to‘qnashuvga olib kelishi mumkin. Ammo rahbarga nizoli vaziyat xavfini o‘z vaqtida payqab olish muhim masalalardan biridir.
Birinchidan, nizo bilan birgalikda uning destruktiv oqibatlardan xalos bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan qaraganda nizoni oldini olish, keyinchalik uni hal qilishdan ancha oson kechadi. Ma’lum bir kasallikni oldini olish uni tuzatishdan oson kechganiday.
Qachonki shaxs psixologiyasni biladigan uddaburon rahbar boshqarsagina u samarali va hamjihatlik bilan ishlaydi.
MChJ da nizolarni oldini olish nizoli vaziyatlarning yuzaga kelish sabablari va sharoitlari manbaini yechishda alohida o‘rin egallaydi. Tashkilotni boshqarib turuvchi rahbar dastavval nizoni nizoni oldini olish maqsadida ishdan zo‘riqish va qarama-qarshilik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan joylarga oldindan to‘siq qo‘yadi. U vaziyatga qarab nizoni olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni o‘rganib chiqqan holda bartaraf qiladi. Jumladan nizoga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni rahbarning tutgan o‘rnini quyida keltirilgan jadvalda keltirilgan (3.2.2-Jadval).
3.2.2-Jadval.

Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling