Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari
“Tolib Bobo AKT” MChJ da qurilish ishlab chiqarish nizolarini bartaraf qilish strategiyalari
Download 481.46 Kb.
|
Baxriddinov Muhriddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolib Bobo AKT” MChJ da yuzaga kelgan nizolarning turlari va sabablari bo‘yicha boshqarilish holati
3.3. “Tolib Bobo AKT” MChJ da qurilish ishlab chiqarish nizolarini bartaraf qilish strategiyalari
. Xo‘sh, tashkilotda qanday nizolar mavjud, ularning sababi nimada va qanday boshqarilmoqda? Bu savolga javobni esa quyida keltirilgan jadvalda tahlil qilib chiqaylik (3.3.1-jadval). 3.3.1-jadval. “Tolib Bobo AKT” MChJ da yuzaga kelgan nizolarning turlari va sabablari bo‘yicha boshqarilish holati
MChJ ning “Ta’sis shartnomasi”, 9-bandi ham aynan nizolarni boshqarish haqida gap ketadi, ya’ni: “Jamiyatning ishtirokchilari o’rtasidagi har qanday nizo yoki kelishmovchiliklar muzokaralar yo’li bilan hal qilinadi. Jamiyat ustavi yoki ushbu shartnomadan yoki ularga bog’liq kelib chiqqan barcha nizo, kelishmovchilik yoki da’volar ishtirokchilar bartaraf etilishiga iloji bo’lmagan holda, ular O’zbekiston Respublikasining tegishli sudlarga hal qilinishi uchun topshiriladi”. MChJ da nizolarni bartaraf etishda, psixologik tanglikni yo‘qotish muammosi asosiy o‘rinni egallaydi. Bunda ayniqsa uchastka jamoalarida psixologik nizolar ko‘plab uchraydi. Hamma vaziyatlarda ham o‘zaro nizolarning keskinlashuvi nizo keltirib chiqaruvchilarning bostirib yoki himoyalanishdagi o‘rinlariga bog‘liq bo‘lgan yaxshi yoki yomon stressli reaksiyalarda hamda nizoning davom etish xarakterida namoyon bo‘ladi. Nizolarning psixologik aspektlariga faqat yomon vaziyat sifatida qaramaslik kerak: nizolarda adolatli boshqaruv pozitsiyasi tizimiga yaxshi ta’sir qilishi mumkin va shu qatorda kuchli psixomatorika uning fiziologik funksiyalarini yaxshilaydi. Ammo insonning salomatligini buzadigan va holsizlantiradigan, uning jamiyatdagi holatni o‘zgartiradigan noxush stressli reaksiyalar ham mavjud bo‘lishi mumkin, ular inson o‘zini tuta olganida va o‘zini emotsional reaksiyalarni boshqarganda organizmga kuchli og‘riq ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy tibbiyotning ba’zi bir kasalliklari sotsiogen va psixogen xarakteriga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu degani, insonning o‘zaro munosabatlarini boshlash va jamoa o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash orqali kasalliklarning oldini olishda ishlab chiqarish nizolarni bartaraf etishning ahamiyati katta. Bu esa tashkilot rahbari oldida turgan asosiy vazifalaridan biri ekanligini yana bir bor isbotlab bermoqda. “Tolib Bobo AKT” MChJ nizolarni boshqarishga ijobiy yondashadi, ammo shu bilan bir qatorda boshqarishning ayrim sohalariga jiddiy ahamiyat qaratmagan, jumladan quyidagilarga e’tiborini ko‘proq qaratmog’i maqsadga muvofiq deb o’yladik: Kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo‘lgan xavf–xatarlar ehtimolini kamaytirish, texnika xavfsizligini hamda uning nazoratini kuchaytirish; Tashkilotning qurilish rejasini sifatli qilib tuzish va amalga oshirish; Ishlab chiqarish infratuzilmasi (turli ob’ektlar, aloqa, elektr, neft, gaz, suv ta’minoti tizimi, omborxona va h.k.) ning ustidan nazoratni kuchaytirish; Axborot uzatish kanallarini qisqartirish va sifatini oshirish; Texnik jihozlar, asbob-uskunalarni yangilash, eskilarini qayta tiklash va ularni uncha muhim bo‘lmagan sohalarga tashlash; Xodimning ehtiyojini qondirish maqsadida uning, oilasining iste’mol savatini qondira oladigan oylik maosh bilan ta’minlash; Ishdan so‘ng rahbarning ish vaqtini 0,5-1 soat xodimlar bilan suhbat olib borishga ajratish (buni ham xodimning ish soatiga qo‘shib qo‘ygan holda) va bolshqalar. Download 481.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling