Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari
Download 481.46 Kb.
|
Baxriddinov Muhriddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. Qurilish tashkilotlarida (“Tolib Bobo AKT” MChJ misolida) nizolarni boshqarish va bartaraf qilish chora-tadbirlari
Qisqa xulosalar: “Tolib bobo AKT” MChJning 2019-2021 yillardagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari tahlili natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:
-tahlil qilinayotgan tashkilot tomonidan 2019-yilda jami 10 635 881,2 ming so‘mlik, 2020-yilda 16 019 080,8 ming so‘mlik, 2021-yilda 34 277 747,3 ming so‘mlik pudrat ishlari bajarildi. Ishlarning butun hajmi tashkilotning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshirildi. - tashkilot xodimlarining o‘rtacha soni 2019 yilda 105 kishini, 2020 yilda 108 nafarni, 2021 yilda 111 nafarni tashkil etdi; - 1 nafar xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish 2019 yilda 101 294,1 ming so‘mni, 2020 yilda 148 324,8 ming so‘mni, 2021 yilda esa 308 808,5 ming so‘mni tashkil etdi; - qurilish-montaj ishlarining 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari darajasi 2019 yil uchun 85,4 tiyin, 2020 yil uchun 85,1 tiyin, 2021 yil uchun 85,7 tiyinni tashkil etdi; -tahlil qilinayotgan tashkilotning balans foydasi 2019-yilda 1 552 838,7 ming so‘mni, 2020-yilda 2 226 652,3 ming so‘mni, 2021-yilda 4 901 717,9 ming so‘mni tashkil etdi; - korxonaning rentabellik darajasi 2019 yilda 48,7 foizni, 2020 yilda 46,3 foizni, 2021 yilda 47,7 foizni tashkil etdi. Qurilish tashkilotlarining bozor iqtisodiyoti sharoitida normal ishlashi uchun rentabellik darajasi 5% dan kam bo'lmasligi kerak. “Tolib bobo AKT” MChJning 2019-2021 yillardagi rentabellik darajasi minimal ruxsat etilgan darajadan oshib ketdi. Demak, “Tolib bobo AKT” MChJ bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladi, degan xulosaga kelish mumkin. III BOB. Qurilish tashkilotlarida (“Tolib Bobo AKT” MChJ misolida) nizolarni boshqarish va bartaraf qilish chora-tadbirlari 3.1. “Tolib Bobo AKT” MChJ ning tashkiliy tuzilmasi va ichki muhiti Quyida biz “Tolib Bobo AKT” MChJ ning ichki muhiti va boshqaruv tizimini, qurilishda faoliyatini hamda unda yuzaga keladigan nizolarni, sabablarini, nizoni boshqarish usullarini tahlil qilamiz. O’z faoliyati davomida bir qancha asosiy buyurtmachilarga ega va ular quyidagilar: Samarqand viloyat hokimligi “Injiniring kompaniyasi”; “Qishloq qurilish invest” IK MChJ Samarqand filiali; Favqulodda Vaziyatlar vazirligi Kapital qurilish va ta’mirlash boshqarmasi; O’zSuvTa’minot AJ Samarqand filiali va boshqalar. MChJ ning asosiy maqsadlari va faoliyat turi: Jamiyatning asosiy maqsadi–tadbirkorlik faoliyatidan foydalanib daromad olishdan iboratdir; Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa quyidagi faoliyat turlari bilan shug’ullanadi: Sanoat va biznesga oid hamda ijtimoiy, ma’naviy, maishiy va boshqa o’rinlarda foydalanadigan bino va inshootlarni loyihalashtirish, ularni qurish, joriy va kapital ta’mirlash, montaj qilish va foydalanishga topshirish; Aholi buyurtmasi bo’yicha uy-joylarni loyihalashtirish, qurish, joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish; Qurilish xom-ashyosini ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, sotib olish va sotish; Qurilish, qurilish-montaj, qurish-ta’mirlash, sozlash hamda ishga tushirish bo’yicha ishlarni amalga oshirish; Loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, ishlab chiqish va boshqa faoliyatlar. “Tolib Bobo AKT” MChJ ning maqsadi, funksiyalari va vazifalari boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan hisoblanadi. “ Tolib Bobo AKT” MChJ ning yuqori pog‘onali ma’muriyat tashkiliy strukturasini quyidagicha tuzilganligini ko‘rsatish mumkin (2.1-rasm): Undagi boshqaruv xodimlarining ma’lumotlarini 2-ilovada ma’muriyatning shtatli jadvalida batafsil ko‘rsatilgan. “Tolib Bobo AKT” MChJ da ishlovchi umumiy xodimlar soni esa 2022 yil ma’lumotiga ko‘ra 111 nafar kishi qayd qilingan, shulardan ma’muriyatda 18 nafar xodim. Har biri soatbay tarif stavkalari bo‘yicha oylik maosh bilan ta’minlangan. Ko‘rinib turibdiki, “Tolib Bobo AKT” MChJ ning strukturasi rahbar va struktura bo‘g‘inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan funksiyalar biriktirib qo‘yiladi. Tashkilotda boshqarish apparatining funksional ixtisoslashganligi uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funksiyalarini bajarishi lozim bo‘lagn universal rahbarlar o‘rniga o‘z sohasini puxta biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan, o‘ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo‘ladi. Albatta, funksional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: O‘z sohasini chuqur va puxta biladigan; Jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo‘lgan; O‘z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan; Chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarini amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oliadigan kishilar bo‘lishi kerak. Funksional bo‘linmalar bevosita barcha quyi struktura bo‘linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funksional boshqarish u yoki bu funksiya vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bo‘yicha quyi bosqich organlari va bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja-smeta bo‘limi uchastkalarning reja byurolariga rahbarlik qiladi. “Tolib Bobo AKT” MChJ tashkiliy tuzilishi bir qancha ijobiy tomonlari va nizolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan tomonlari mavjud ( rasmlar):
3.1.2 – rasm. “Tolib Bobo AKT” MChJ tashkiliy tuzilmasining ijobiy tomonlari.
3.1.3 – rasm. MChJ tashkiliy tuzilmasida nizolarga sabab bo‘luvchi jihatlari. Tashkilot strukturasining umumiy holatini oladigan bo‘lsak, bunda ko‘rinib turibdiki, boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilgan. Shu nuqtai nazardan bu struktura quyidagi talablarga javob beradi deyish mumkin:Download 481.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling