Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Umumtashkilotning kompleks maqsadlari


Download 481.46 Kb.
bet15/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Umumtashkilotning kompleks maqsadlari. Bu usulning mohiyati – barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish. Masalan, ishlab chiqarish bo‘limining uchala smenasi o‘rtasida nizoli vaziyat sodir bo‘lsa, uning oldini olish uchun darrov smenalarning maqsadlari asosida bo‘limning umumiy maqsadi aniqlab olinadi. Endi har bir smenaning rahbari bevosita smena manfaati nuqtai nazaridan emas, balki bo‘limning umumiy maqsadi nuqtai nazaridan qaror qabul qiladi.
Mukofotlashning tarkibiy qismi. Disfunksional oqibatlardan holi bo‘lish hamda kishilarning hatti-harakatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofotlash tizimi keng qo‘llaniladi. Umumtashkilot, umumkorxonaning kompleks maqsadlariga erishishda jonbozlik ko‘rsatgan, muammoning yechimiga kompleks yondashib, yon atrofdagilarga yordam berishga harakat qilganlar: tashakkurnoma, mukofot, xizmat lavozimini ko‘tarish kabilar bilan taqdirlanishlari lozim.
Bu o‘rinda faqat mukofotlash emas, balki g‘ayriqonuniy ish tutgan yoki umumkorxona manfaatlariga zid hatti-harakat qilgan xodim va bo‘limlarga tegishli jazolarni belgilash ham kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishda hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlamoq joizdir.
Nizoli vaziyatni oldini olish yoki uni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum.
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishini manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro munosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda qo‘llaniladi. Bunday voqelik ziddiyat yetilmagan yoki ziddiyatga boruvchilarning lavozim darajalari yaqin bo‘lgan hollarda kuzatiladi.
Agar nizo sub’ektiv sabablar tufayli bo‘lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’quldir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyatni yana bir bor fahmlab olishga, anglamoqqa, oqibatta esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo‘q degan xulosaga kelishiga imkon beradi.
Agar nizo ob’ektiv sabablar tufayli yuzaga kelagan bo‘lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag‘lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho‘ziladi, nizoli vaziyatni keltirib chiqaruvchi sabablar chuqurlashadi.

Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling