Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Download 481.46 Kb.
bet8/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Ichki shaxsiy nizo shaxsning ichidagi to‘qnashuvi bo‘lib, har bir insonda uchrab turadigan kuch-quvvat jihatdan bir xil, lekin sabablari, ehtiyojlari, qiziqishlari, yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘lgan shaxs ichidagi to‘qnashuv. Bunday nizolar bir kishining o‘ziga bir-biriga zid toshiriqlar berilib, rahbarning pirovard talabi bir-biriga mos kelmay, bajaruvchi bunday holda nima qilishini bilmay xunob bo‘lgan hollarda vujudga keladi. Bular ikki yomon va yaxshi narsadan birini tanlab olish bo‘lib, buni yechish jarayonida ko‘p kuch va vaqt sarflaydi, hissiy tarang(tajang)lik keskin suratda ortadi, hatto kishining hatti-harakatlarini nazorat qilib bo‘lmaydigan holatga ham olib kelishi mumkin, bu masalaning mohiyatiga bog‘liq. Jumladan, ta’tilga chiqib dam olish yoki mebel sotib olish, ish lavozimini o‘zgartirish, ish joyini o‘zgartirish, magistraturaga o‘qishga kirish kerakmi, ishlab chiqarishga borish kerakmi, aspiranturada o‘qishni davom ettirish kerakmi yoki ishlab chiqarishga borish kerakmi.
Shaxslar o‘rtasidagi nizo ko‘p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo‘lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, raxbarlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan raxbar o‘rtasida esa ish sharoitining qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod ko‘yilganda ham shu turdagi nizolar kelib chiqish hollari bo‘ladi.
Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o‘zaro munosabati ikki tarkibiy doirada - rasmiy va norasmiy doirada amalga oshadi.
Shaxslararo nizolar hayotda keng tarqalgan nizolardir. Bunday nizolarga ishlab chiqarishda:
-xodim bilan xodim o‘rtasida;
-xodim bilan rahbar o‘rtasida;
-rahbar bilan rahbar o‘rtasida;
-xodim yoki rahbarning ishlab chiqarishdan tashqari sohadagi shaxs (iste’molchi, mutaxassis, auditor, revizor va boshq.) o‘rtasidagi nizolarni misol tariqasiga kiritishimiz mumkin.




1.2.2-rasm. Shaxslaaro nizo
Guruhlararo nizolarga:

  • bo‘limlar bilan bo‘limlar o‘rtasidagi;

  • ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi;

  • bo‘limlar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi;

Guruhlararo va shaxslararo nizolar hatto eng yaxshi tashkilotlarda ham guruhlar orasida kelib chiqishi mumkin. Norasmiy guruhlar fikrida rahbarlar ularga adolatsizlik bilan qaraydilar deb o‘ylaydilar. Shu sababli mustahkamroq jipslashib mehnat unumdorligini pasaytirish hisobiga ular bilan "hisoblashishga" harakat qiladilar. Ana bunday sharoitda chetdan kelgan, yangi xodimlar uchun qiyin bo‘ladi, qaysi guruh bilan birga bo‘lish kerak, muammo?!





1.2.3-rasm. Guruhlararo nizo
Shaxs bilan guruh o‘rtasidagi nizolar odatda ayrim shaxsning u yoki bu narsaga nisbatan bo‘lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki manfaatiga mos tushmasligi oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, u yoki bu dotsentning asosiy ish joyidan tashqari pul topish maqsadida boshqa ikki yoki uch joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umum kafedra manfaatiga zid keladi. Chunki kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab, asosiy ish joyidagi vazifasini bajaraolmay, o‘lda-jo‘lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi holat ular o‘rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.








1.2.4-rasm. Shaxs va guruh o‘rtasidagi nizo
Kengroq doirada olib qaraydigan bo‘lsak nizolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

    • ochiq va yopiq nizolar;

    • ob’ektiv va sub’ektiv nizolar;

    • vertikal va gorizontal nizolar;

    • antagonistik va kelishib hal qilinadigan nizolar;

    • ijtimoiy va tashkiliy nizolar;

    • hissiy yoki shaxsiy nizolar;

    • konstruktiv va destruktiv nizolar.


Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling