Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari
Download 481.46 Kb.
|
Baxriddinov Muhriddin
Nizo ob’ekti. Sotsiologlar fikricha, aslida nizolarda gap ikki narsa: resurs va uning ustidan nazorat qilish xususida boradi. Ushbu nuqtai nazar, hokimiyatni egallash resurslar ustidan nazorat o‘rnatish mulkka egalikni qo‘lga kiritish esa, cheksiz resurslarga egalikni qo‘lga kiritish demakdir. Resurslarni moddiy va ma’naviy resurslarga bo‘lish mumkin. Ma’naviy resurslar jamiki mavjud rssurslarni yaratuvchi omildir. Bu fikr albatta, boshqa fanlarning ko‘plab mutaxassislari tomonidan muqarrar shaklda ifoda etilmaydi. Biroq barcha mutaxassislarning umumiy fikrlarini tahlil etganda "nizo ob’ekti" degan tushunchaga nisbatan va bu tushuncha orqali nizoning ikkala ishtirokchilari ham egallashga harakat qiladigan ana o‘sha konkret moddiy yoki ma’naviy boylik nazarda tutilganligining guvohi bo‘lamiz. Nizo ob’ekti sifatida shaxs, guruhlar yoki davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi moddiy dunyo va ijtimoiy borliqdagi mavjud narsalar u yoki bu ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Moddiy dunyo va ijtimoiy borliq elementlarining ma’lum bir nizo ob’ekti bo‘lishi uchun, ushbu element ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilayotgan turli ijtimoiy sub’ekglar manfaatlari uning atrofida bir-biriga tutashgan holda bo‘lishi kerak. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin: chiroyli o‘yinchok ustida talashib qolgan bolakaylar o‘rtasidagi munosabatlar, u yoki bu hududni o‘z nazoratiga olish istagida yurgan davlatlar o‘rtasidagi xalqaro nizolar va h.k.
Munosabatlarning muayyan tizimidagi nizo obekti - doimo tanqis resurslar bo‘lgan. Masalan: Bosh direktor lavozimiga da’vogarlik qilayotgan ikki o‘rinbosar; Do’kondagi so‘nggi non uchun navbatda turganlarning janjali. Afsuski, insonlar hayotida uchrab turadigan bunday ko‘plab muammolarni barcha tomonlarning istagagandek hal etib bo‘lmaydi. Kundalik hayotimizda sodir bo‘lib o‘tadigan bir qator nizolar ob’ektini ajratib olganimizda, umumiy xarakterga ega muammolar doirasini belgilab olish mumkin. Masalan, biror narsani olish uchun navbatda turish, bekatlarda yo‘l transportini kutish va boshqalar mahsulotlar yetishmovchiligi yoki transport resurslarining cheklanganligi bilan bog‘liq emasmi?! Biroq, nizo aniq ob’ektga ega bo‘lmasligi ham mumkin. "Obyektli" nizodan tashqari konflikt kategoriyalari o‘z ustidan nazorat qilishga yo‘l bermaydigan "obyektsiz" konflikt turiga ham ajratiladi. Masalan, oddiy ko‘p qavatli uydagi ikki qo‘shnilardan biri yozuv ustida ishlayotgan paytda, ikkinchi qo‘shni biror san’at asbobini chalayapti. Birinchi qo‘shni mo‘siqa tovushi unga halaqit berayotgani uchun devorni taqillatadi... Natijada nizo boshlanadi. Ko‘rinib turibdiki, nizolarga ikki tomonning o‘zaro kelishib vaziyatni yumshatishga intilishi emas, balki bir tomon faoliyati ikkinchisining ishiga halaqit berib, uning faoliyatini susaytirib yuborishiga sabab bo‘lmoqda. Odamlar nizo to‘g‘risida o‘ylaganda ko‘pincha uni tahdid, jaholat, urush va hokazolar bilan bog‘laydi. Natijada shunday fikr mavjud bo‘ladiki, nizo - noma’qul vaziyat, uni iloji boricha chetlab o‘tish hamda shunday vaziyat vujudga kelganda uni darhol bartaraf etish lozim bo‘ladi. Bunday munosabatni ilmiy boshqaruv maktabi, ma’muriy maktabga tegishli, hamda Veber bo‘yicha byurakratiya tamoyiliga tegishli mualliflar kitoblarida kuzatish mumkin. Tashkilot samaradorligini ushbu yondashuvlari vazifa va qoidalarni aniqlash, mansabdor shaxslar o‘zaro munosabatlari va oqilona tashkiliy tuzilmani ishlab chiqishiga tayanadi. Ushbu mexanizmlar asosan nizoni kelib chiqishiga ko‘maklashadigan shart - sharoitlarni bartaraf etadi va vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun foydalaniladi, deb hisoblanadi. Shunday qilib, nizolarning qo‘yidagi belgilarini ifodalab berish mumkin: qatnashchilar tomonidan nizoli sifatida idrok etiladigan vaziyatning mavjudligi; nizo ob’ektining bo‘linmasidagi, ya’ni nizo predmeti, nizoli o‘zaro harakat qatnashchilari orasida adolatli bo‘linishi mumkin emasligi; qatnashchilarning o‘z maqsadlariga erishish uchun nizoli o‘zaro harakatni davom ettirish istagining mavjudligi va boshqalar. Nizolar tashkilot faoliyati samaradorligi oshishiga olib keluvchi vazifaviy yoki guruhli hamkorlik va ular faoliyat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi disvazifaviy bo‘lishlari mumkin. Aniqrog‘i, nizolar ham ijobiy va ham salbiy vazifalarni bajarishi mumkin (1.1.1-jadval). Nizolarning u yoki bu vazifalarini ustunlik qilishi asosan ularni boshqarishga bog‘liqdir. 1.1.1-jadval Download 481.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling