BMI ob’ekti bo‘lib, Samarqand viloyatidagi «Tolib Bobo AKT» MCHJ faoliyati tanlandi.
BMI predmeti bo‘lib, korxonalarni samarali boshqarishning strategiyasini yaratish, takomillashtirish va unda rahbar mehnat faoliyatini baholash jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari hisoblanadi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Nizolarni tadqiqot qilish va ularni bartaraf etishning psixologik usullarini takomillashtirish yuzasidan G.Zimmel, L.Gumplovich, D.Smolli, U.Samner, L. Kozer, F.M.Borodkin, N.M. Koryak va boshqa olimlar ilmiy va amaliy ishlarida muammolari keng yoritilgan. O’zbekistonlik olimlardan esa, M.Sharifxo’jayev, Yo.Abdullayev, S.Gulyamov, D.Rahimova, Q.Abdurahmanov, N.Qosimova va boshqalar tomonidan atroflicha o’rganilgan.
BMIning maqsadi va vazifalari. Bitiruv ishi maqsadi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, ushbu maqsadni bajarish uchun bitiruv ishida quyidagi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutilgan:
Korxonolarda boshqaruv samaradorligini nazariy jihatdan asoslab berish;
Korxonolarda boshqaruv samaradorligini boshqarishning amaliyotdagi ahvoli va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
Tadqiqot ob’ektida boshqaruv samaradorligini va xususiyatlarini o’rganish;
Boshqaruv samaradorligini yo‘llarini tahlil qilish va takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tish;
Tashkilotdagi boshqaruv samaradorligini boshqarishning strategiyalarini yaratish hamda takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
Bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Bitiruv ishining umumiy hajmi 78 bet bo‘lib, 20 ta jadval, 15 rasm, 6 ta diagramma va ilovalardan iborat.
Bitiruv ishi mavzusi bo’yicha 2 maqola va ma’ruza tezislari chop qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |