Qurbonova gulhayo musiqa tarixi fanidan tayyorlangan


Download 0.96 Mb.
bet1/10
Sana11.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1260923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Istiqlol yillarida xalq musiqa ijodi


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
MUSIQA TA’LIM YO’NALISHI
401-GURUH TALABASI
QURBONOVA GULHAYO
MUSIQA TARIXI
FANIDAN TAYYORLANGAN
KURS ISHI

Mavzu: “Istiqolol yillarida xalq musiqa ijodi”

Bajardi: Qurbonova Gulhayo


Ilmiy rahbar: Nasriddinova Nozima
Termiz – 2022
MUNDARIJA:

Kirish



3



  1. Bob.

O’ZBEK XALQI MUMTOZ MUSIQASI VA UNING XUSUSIYATLARI

6





1.1.

MAQOMLAR XUSUSIDA

12




1.2.

BUGUNGI KUNDAGI MAQOMLARGA BERILAYOTGAN E’TIBOR

16




  1. Bob.



O’ZBEK XALQI AN’ANAVIY FOLKLOR MUSIQASI

19





2.1.

XALQ IJODIYOTIDA - DOSTONCHILIK IJODI

24





2.2.

YURTIMIZDAGI MAHALLIY JANRLAR TASNIFOTI

27




Xulosa



32




Foydalanilgan adabiyotlar



34


Ilova

35


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Musiqa madaniyati hayotimizda keng o’rin tutgan. Inson shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi esa nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qurollaridan biridir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan zavq olish uchun esa inson yuksak madaniyatli sof qalb egasi, go’zallikni his eta oladigan bo’lishi kerak. Olimlardan biri odam shaxs bo’lishi uchun u ruhiy tomondan rivojlanishi, o’zini bir butun inson deb his qilmog’i kerak degan edi.
Aynan insonning ruhiy tomoniga yetib boruvchi yo’l musiqadadir. Musiqa bilan xalqimiz azaldan oshno bo’lib, ijodning turli qatlamlarini qamrab olgan edi. Uning har bir ishi va quvonchli kuni musiqasiz o’tmasdi. Ushbu jarayonlar ya’ni kishilarning mehnat faoliyati, yashash turmush tarzidan kelib chiqqan holda musiqa bir qancha”janr” larga ajralib ketdi. Shular qatorida xalq og’zaki ijodi yarala boshlab, to bugungi kunga qadar yetib keldi.
Hozirda aynan xalq og’zaki ijodining faoliyati sustlashib qolgan, chunki musiqa san’atini kasb qilib, professional musiqa asarlarini yaratish – bastakorlik ijodi ham aynan xalq og’zaki ijodiyoti bilan chambarchas rivoj topdi. XX asrda esa yevropa musiqa madaniyatininh va nita yozuvining kirib kelishi, xatto bastakorlik ijodiyotini ham siqib chiqara boshladi.
Istiqlol yillarida o’zbek musiqa madaniyatidagi qadriyatlar va an’analarni saqlab qolish maqsadida unga alohida e’tibor qaratgan holda, folklore namunalarini, ommaviy janrlar targ’iboti masalasiga juda jiddiy qaralmoqda. Bu xatto davlat dasturi miqyosiga chiqib, 2018-yil 11-13-iyul kunlari Marg’ilon shahrida “Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor festivali1, 2019-yil 5-10-aprelda har ikki yilda bir marta Termiz shahrida o’tkaziladigan birinchi “Xalqaro baxshichilik” festivallari2 bo’lib o’tdi. Qolaversa umumta’lim maktablarida ham folklor namunalari maktab darsligigacha kirtilgan.
Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, tobora globallashib borayotgan ommaviy madaniyatning avj olishi natijasida yoshlar ongi va shuurida o’z millati musiqasiga joy qolmayotgani anchayin achinarli holat, ushbu milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish uning targ’iboti bungi kunimizning eng dolzarb masalasi hamdir.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling