Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Nizolarning kelib chiqish sabablari


Download 481.46 Kb.
bet7/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Nizolarning kelib chiqish sabablari. Nizoning o‘zi turli-tuman bo‘lganidek, ularni keltirib chiqruvchi sabablar ham har xil bo‘ladi. Ob’ektiv sabablarni va ularning individlar tomonidan idrok etilishini farqlash kerak.
Ob’ektiv sabablar yetarli darajada shartli bo‘lib, ularni birmuncha yirikroq guruhlar tarzida tasavvur qilish mumkin:

  • taqsimlanishi lozim bo‘lgan resurslarning cheklanganligi;

  • xulq-atvorning maqsadi, qadriyatlari, usullari, malaka, ma’lumot darajasidagi farqlar;

  • topshiriqlarning o‘zaro bog‘liqligi, mas’uliyatning noto‘g‘ri taqsimlanishi;

  • ma’lumot darajasi;

  • aloqaning yaxshi emasligi va h.k.

Bundan tashqari:

  • mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklar;

  • mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilmaganligi;

  • qulay mehnat sharoitlarini yaratib bermaslik;

  • mehnat to‘g‘risidagi qonun-qoidalarning buzilishi;

  • rahbarlikning qoniqarsiz saviyasi;

  • o‘zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasi va boshqalar.

Jamoa a’zolari orasida nizolarning aksariyat qismi quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:
Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik. Hattoki eng ulkan korxonalarda ham resurslar ma’lum darajada cheklangan bo‘ladi. Rahbariyat materiallar, mehnat va moliyaviy resurslarni o‘z tasarrufidagi bo‘limlarga umum korxona maqsadini amalga oshirish nuqtai nazaridan taqsimlashi kerak.
Vazifalarning o‘zaro bog‘liqligi. Mehnat taqsimoti barcha bo‘g‘inlarni bir-biri bilan bog‘lab qo‘yadi. Bunday sharoitda bir kishi yoki bir guruh kishilarning bajaradigan ishi boshqa bir kishi yoki bir guruh kishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Masalan, ishlab chiqarish bo‘limi xodimlardagi mehnat unumdorligining past darajada ekanligini ulardagi uskunalarning sifatsiz ta’minlanganligi bilan bog‘lab, ta’mirlash bo‘limiga aybn to‘nkaydi. Ta’mirlash bo‘limi esa o‘z navbatida bo‘lim uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni o‘z vaqtida ishga qabul qilmagan kadrlar bo‘limiga shunday e’tirozni bildiradi va h.k.
Maqsadlardagi har xillik. Ixtisoslashtirish qanchalik chuqurlashsa, shunchalik bo‘limlar ko‘proq o‘z e’tiborlarini korxonaning umumiy maqsadini bajarishga emas, balki o‘z bo‘limi maqsadini amalga oshirishga qaratadi.
Erkinlik, mustaqillik va o‘z qadrini bilishdagi har xillik. Bu – eng ko‘p hollarda uchraydigan sabablardan biri. Masalan, bo‘ysunuvchi o‘z fikrini aytishga har dom haqliman deb aytsa, rahbar bunga javoban: "Yo‘q, siz fikringizni faqat biz so‘ragan paytda aytishingiz mumkin", desa, nizo uchun vaziyat tug‘ulmaydi deb o‘ylash mumkin. Aslida esa tug‘iladi, albatta. Yoki, tadqiqot bo‘limidagi yuqori malakali xodim nima uchun o‘z qadrini bilmasligi kerak. U ham maslahat berishga qodirku.
Manmanlik, qaysarlik. Shunday xodimlar borki, faqat o‘zining fikrini ma’qullaydi, murosaga hech ham bormaydi. Bunday odamlar g‘alvaning ini. Ular bilan nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerak.
Kommunikatsiya, o‘zaro aloqaning qoniqarsizligi. Axborotning xodimlarga yetib bormasligi yoki uning juda sust bo‘lishi nizo kelib chiqishi uchun ham sabab, ham oqibat bo‘lishi mumkin. Agar rahbariyat xodimlariga o‘z vaqtida yangi joriy qilinayotgan ish haqi tizimi to‘g‘risida axborotni yetkazsa, demakki xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishdagi manfaatdorligi eskiligicha qoladi.
Nizolarning asosan quyidagi to‘rt xili ko‘p uchraydi (1.1-rasm):
1.2.1-rasm. Nizo turlari.

Nizo turlari



Ichki shaxsiy nizo

Guruhlararo nizo

Shaxs va guruh o’rtasida

Shaxslararo nizo



Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling