Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari
Download 481,46 Kb.
|
Baxriddinov Muhriddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburlash .
- Kompromis .
- Shaxslararo usullar .
Silliqlash. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo‘li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-birini xushmuomila bo‘lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish ayni vaqitning o‘zida birga suzayotgan qayiqni qaltis tebratmaslikka chiqarishadi.
Bunday usul ikkala tomondan bittasining lavozimi darajasi yoki mavqei yuqori bo‘lgan va u mozkur ziddiyat bo‘yicha o‘zini bahislashishga kirishishni lozim deb bilmagan hollarda qo‘llaniladi.bunda ziddiyatga kirishishdan voz kechgan tomon muxolifiga o‘z istagiga erishishiga imkon bersada, ular o‘rtasidagi "nizoli alanga " so‘nadi va kelajakda ham yaxshi munosabat saqlanib qolishiga erishiladi. Shu tariqa ishonch orqali vaziyat silliqlashadi. Majburlash. bu tomonlardan birini xohish-irodasini, so‘zini majburan qabul qilishdir. So‘zini utkazmoqchi bo‘lgan tomon qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo‘llaydigan tomon tajavuzkorlik bilan uz xohishini muxolifiga majburlab o‘tkazadi. Bu usulni ko‘proq rahbarlar qo‘l ostida ishlaydiganlarga nisbatan qo‘llashadi. Majburlash strategiyasi tashabbusini bo‘g‘adi, korxonada "sag‘lom muhit"ning barqororligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori malakali, nisbatan yosh mutaxassislarda nafrat uyg‘otadi. Kompromis. Nizoli holatdan muvafiqiyatli chiqishning eng muhim sharti-bu murosaga kela olishlikdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo‘lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi. Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar. Shaxslararo usullar. Nizoli vaziyat yaratilishida yoki nizoning o‘zini avj oldirish boshlanishida uning qatnashchilari o‘zlarining bundan keyingi xulq-atvor shakli va usulini tanlashlari zarur, toki bu hol ularning manfaatlariga eng kamroq darajada ta’sir qilsin. K.Tomas va R.Kilmenn nizoli vaziyatda xulq-atvorning qo‘yidagi beshta asosiy uslubini ajratib ko‘rsatganlar: Moslashish, yon beruvchanlik; Bosh tortish; Qarshi kurashish; Hamkorlik; Murosaga kelish. Tasniflash asosini ikkita mustaqil o‘lchov tashkil etadi: O‘z manfaatlarini amalga oshirish, o‘z maqsadlariga erishish darajasi; Kooperativlik darajasi, boshqa tomonning manfaatlarini hisobga olish. Buni grafik tarzda ko‘rsatganda biz Tomas-Kilmenn to’riga bo‘lamiz. U muayyan nizoni tahlil qilish va xulq-atvorning oqilona shaklini tanlash imkonini beradi (1.8-rasm). Download 481,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling