Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Download 481.46 Kb.
bet12/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

N izo jarayoni va oqibatlari
Nizoning kelib chiqishi va to‘qnashishning sodir bo‘lishini bir butun jarayon sifatida qaraydigan bo‘lsak, u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga olishini ko‘rish mumkin (1.6-rasm).
Nizo sabablari (2-bosqich) va uning kengayish ehtimoli (3-bosqich) ni o‘z vaqtida sezish (4-bosqich) nizoning yuzaga chiqmaslikka olib keladi. Agar jarayonga e’tiborsizlik bilan qaraladigan bo‘lsa, u holda nizoning kelib chiqishi tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich) zaruriyati tug‘iladi. Nizolarni turlariga qarab, hal qilish yo‘llari izlanadi, qarorlar qabul qilinadi. Bu ko‘rsatilgan jarayonda tashkilot rahbariyati, xodimlarni boshqarish xizmati, psixolog va ijtimoiy bo‘lim, kasaba uyushmasa qo‘mitasi, militsiya, sudlar shug‘ullanishlari mumkin.
Boshqarishning samaradorligiga qarab nizoning oqibatlari funksional va disfunksional ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin (7-bosqich).
Funksional oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo‘ladi. Qarama-qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondashilganidan mamnun qoladilar. Bunday oqibat o‘z navbatida nizo yechimi bo‘yicha qabul qilinadigan qaror qabul qilinadigan qaror to‘siqlarini, ya’ni qarama-qarshi tomonlarning bir-biriga bo‘lgan adovatni, xusumatni, dushmanlikni, adolatsizlik kabi g‘arazli to‘siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo‘qotishga imkon beradi.
Funksional oqibat ochiqdan-ochiq ko‘rinishdagi noroziliklarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ular turli nuqtai nazarlar mohiyatini ochishda, qo‘shimcha axborotlarni olishda, muqobil yechimlarni topishda tomonlar uchun imkon beradi. Agar nizolarni boshqarishning samarali yo‘llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga halaqit beruvchi qo‘yidagi ko‘rinishdagi disfunksional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni:

  • qoniqmaganlik, mamnun bo‘lmaslik, norozilik;

  • yomon ruhiy holat;

  • qo‘nimsizlikning oshishi;

  • mehnat unumdorligining pasayishi;

  • kelajakda hamkorlikning susayishi;

  • o‘zining guruhiga ko‘proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;

  • qarshi tomonni faqat "dushman" deb gumonsirash, o‘zining maqsadini ijobiy, qarshi tomonning maqsadini esa salbiy deb aytish;

  • hamkorlikka chek qo‘yish va qarama-qarshi tomonlar bilan nizoga borish;

  • o‘zaro munasabat va hamorlikni susaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;

  • masalani o‘zgartirish, ya’ni diqqat-e’tiborni ko‘proq aniq muammoni yechishga emas, balki nizo jarayonida "g‘olib" chiqishga qaratish.

Bu oqibatlar faqat salbiy holatlarni keltirib chiqaradi va nizo yetilmagan bo‘lsa yetiltirishga, to‘xtab turgan bo‘lsa qo‘zg‘ashga, jiddiy bo‘lmasa jiddiylashtirishga, to‘qnashish ehtimoli bo‘lsa uni amalga oshirishga xizmat qiladi. Qisqasi, adovat tegirmoniga suv qo‘yadi.


    1. Download 481.46 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling