Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Download 481.46 Kb.
bet10/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Antagonistik nizolar nizolarni hal qilishning shunday usulidirki, bunda barcha qarama – qarshi tomonlarning tuzilmasi buziladi, yoki bitta tomondan tashqari hamma tomonlarning nizoda qatnashishdan voz kechishi sodir bo‘ladi.
Ijtimoiy nizolar kishilar, ijtimoiy guruhlar, idoralarning o‘zaro munosabatlari tizimida ziddiyatlar rivojlanishining yuqori bosqichidan iboratdir. Ular ijtimoiy birliklar, jamoalar, shaxslar manfaatlari, va qarama-qarshi tendensiyalarning kuchayishini bildiradi. Bunday nizolar ularni vujudga keltirgan ob’ektiv sabablar o‘rtasidagi vaqt oralig‘ining mavjudligiga, nizolarning o‘ziga va ularning oqibatlariga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun: sobiq ittifoq xududida keyingi yillarda ko‘pgina nizolar vujudga keldiki, ularning paydo bo‘lishiga asosiy sabab 20-yillarda amalga oshirilgan milliy siyosatdagi kamchiliklarga borib taqaladi. Nizolar hozirgi vaqtda kelib chiqayotgan bo‘lsa ham, ular oradan bir necha yillardan o‘tgandan keyin hal qilinadi. Shu narsa shak-shubhasizki, o‘tgan davrda bu xildagi nizolarning avj olishi uchun yetarli darajada sabablar to‘planib qolgan edi, lekin ularning ilk asosi o‘sha dastlabki yillarda yaratilgan edi.
Kelishib hal qilinadigan nizolar, o‘zaro manfaatdorlikdan kelib chiqib, murosaga kelinadi. Nizo qatnashchilari maqsadlarining, o‘zaro harakat qilish muddatlari va shartlarining o‘zaro o‘zgarishi hisobiga ularni hal etishning bir necha variantini keltirib chiqaradi. Masalan, mahsulot tayyorlovchi zavodga xom ashyo yetkazib beruvchi tashkilot buyurtma berilgan buyumni belgilangan muddatga yetkazib bera olmaydi, chunki tashkilotning yuk tashish uchun mablag‘i tugab qolgan edi. Zavod xom ashyo yetkazib berish grafigini bajarishni talab qilishga haqlidir, lekin tashkilotning shart-sharoitlari o‘zgarib qoladi. O‘zaro manfaatdorlikdan kelib chiqib, murosaga kelish mumkin: xom ashyo yetkazib berish grafigini o‘zgartirish, qarz bilan yordam berish, muzokaralar olib borish kerak bo‘ladi.
Tashkiliy nizolarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular shaxsning faoliyatini tashkiliy jihatdan tartibga solish: lavozim yo‘riqnomalarini tadbiq etish, tashkilotni boshqarishga doir rasmiy tuzilmalarni joriy qilish va boshqarishning oqibatida yuzaga chiqadigan nizolar hisoblanadi.

Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling