Injiniring kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi “Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 395-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Samarqand viloyati Injiniring kompaniyasini tashkil etishdan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 6 maydagi “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3240-sonli Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish, shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni qatnashchilarining javobgarligini oshirish hamda Samarqand viloyat hokimining 2003 yil 30 sentyabrdagi 234-K-sonli qarorining ijrosini ta’minlash.
Samarqand viloyati Injiniring kompaniyasi Samarqand viloyat hokimining 2003 yil 30 noyabr kunidagi “Markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan qurilishlarni amalga oshiruvchi yagona buyurtmachi viloyat injiniring kompaniyasini tashkil etish to’g’risida”gi № 281a-K-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Ushbu qarorga asosan Injiniring kompaniyasi viloyat hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi vorisi hisoblanadi. Samarqand viloyati Injiniring kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli qaroriga 2-ilova, ya’ni Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to’g‘risidagi Nizom asosida o’z faoliyatini olib boradi. Ushbu nizomga ko’ra ob’ektlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda quriladigan, markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan ob’ektlar qurilishini tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
Samarqand viloyati Injiniring kompaniyasi yagona “Buyurtmachi” hisoblanib, ob’ekt qurilishiga tanlov savdolari natijalari bo’yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash uchun “Pudratchi” bilan shartnoma tuzadi. Loyihalovchi va pudratchini tanlov savdolari orqali tanlaydi.
|