Ishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir xodim va bo‘limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:
erishishi lozim bo‘lgan natija ko‘lami;
kim axborotni topshiradi va kim uni qabu qiladi;
mas’uliyat, javobgarlik va vakolat tizimi;
aniq siyosat, tartib qoidalar va h.k.
Rahbar bu masalalarni o‘zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki turli vaziyatda har bir xodim va bo‘lim qay tarzda ish tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog‘i lozim.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq zanjiri deb yuritiladi.
Boshqarishda vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni munosabatlarga ko‘ra darajama-daraja bevosita itoat qilish, bo‘ysunish tartibini o‘rnatish kishilarning o‘zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga soladi, muvofiqlashtiradi.
Agar ikki yoki undan ko‘proq bo‘ysunuvchilar o‘rtasida u yoki bu masala yuzasidan qarama-qarshilik, kelishmovchilik chiqib qoladigan bo‘lsa, bunday nizoni ularning tegishli boshliqlariga ayttirib hal qilish mumkin. bu yerda yakka hokimlik prinsipi juda ham qo‘l keladi. Nizoli vaziyatlarni boshqarishda:
boshqarish ierarxiyasini;
funksiyalararo aloqani ta’minlovchi xizmat bo‘limlarini;
funksiyalararo guruhlarni;
maqsadli guruhlar va bo‘limlararo majlislarni integratsiyalash ham juda katta rol o‘ynaydi.
Masalan, o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘langan sotish va ishlab chiqarish bo‘limi o‘rtasida nizoli vaziyat yetilganligi payqab qolinsa, shu zamonoq uni oldini olish yoki bartaraf etish uchun buyurtma va sotishni muvofiqlashtiruvchi oraliq xizmat organi tuziladi. Aynan shu organ sotish bo‘limi bilan ishlab chiqarish bo‘limiga qo‘yilgan talab, aytaylik, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq bandligi, baho, mahsulotlarni yetkazib berish, grafigi va hokazo aloqalarni aniqlaydi va shu tarzda qaysi bo‘lim haq, qaysi biri nohaqligi o‘rnatilib, nizo chiqishining oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |