Mundarija kirish I bob. Qurilish ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv samaradorligini oshirishning nazariy asoslari


Download 481.46 Kb.
bet22/36
Sana03.05.2023
Hajmi481.46 Kb.
#1423590
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
Baxriddinov Muhriddin

Mehnat unumdorligi tahlili
Mehnat ko‘rsatkichlarini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri mehnat unumdorligi hisoblanadi. Mehnat unumdorligi mehnatni tashkil qilish darajasiga, qurilish mashina va mexanizmlarining ishlatilishiga va boshqalarga baho beradi.
Qurilishda mehnat unumdorligini ma’lum bir vaqt davomida 1 ta xodimga tug‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan topiladi:
Mun= Vqmi / X yoki Mun= D / X
Vqmi - qurilish-montaj ishlarining smeta bahosi, so‘m
X - xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni, kishi
D - asosiy faoliyatdan olingan daromad hajmi
Mehnat unumdorligi va dinamikasining o‘zgarishini quyidagi jadval ma’lumotlariga asoslanib tahlil qilamiz.
2.2.5-jadval
2019-2021 yillar uchun “Tolib bobo AKT” MChJda 1 nafar ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish

Ko’rsatkichlar

2019 y.

2020 y.

2021 y.

1.QMI smeta bahosi, o’z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari, ming s.

10 635 881,2

16 019 080,8

34 277 747,3

2.Xodimlarning o’rtacha soni

105

108

111

3. 1 ta xodimga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish, ming s.

101 294,1

148 324,8

308 808,5

4. O’zgarish sur’ati %.
- oldingi yilga nisbatan

100,0

47 030,7/146,4

160 483,7/208,2

- 2019 yilga nisbatan

100,0

47 030,7/146,4

207 514,4/304,9

Jadvalda olib borilgan hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, “Tolib bobo AKT” MChJda 2019-yilda 1 nafar ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish 101 294,1 ming so‘mni, 2020-yilda 148 324,8 ming so‘mni, 2021-yilda esa 308 808,5 ming so‘mni tashkil etdi. 2019-2021 yillar davomida 1 nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi kuzatilmoqda. Demak, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 101 294,1 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda 47030,7 ming so‘mga yoki 46,4 foizga oshgan. 2021-yilda bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish 2019-yilga nisbatan 204,9 foizga, o‘tgan yilga nisbatan 108,2 foizga o‘sdi.

Download 481.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling