Qurilish-montaj ishlari tannarxining tahlili
Ishning tannarxini tahlil qilishda quyidagilarni tekshirish kerak:
- qurilish-montaj ishlarini ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori, ularning o'zgarish dinamikasi;
- qurilish-montaj ishlarining 1 so'mi uchun xarajatlar darajasi.
Ushbu bo'limda tahlil qilinayotgan davrda qurilish-montaj ishlarini ishlab chiqarish xarajatlarining joriy darajasi, haqiqiy xarajatlarning bajarilgan ishlarning shartnoma bahosidan (smeta qiymati) mutlaq va nisbiy og'ish dinamikasi, shuningdek o'zgarishlar ko'rib chiqiladi:
2.2.6-jadval
2019-2021 yillar uchun “Tolib bobo AKT” MChJda qurilish-montaj ishlari tannarxining o‘zgarish dinamikasi
Ko’rsatkichlar
|
2019 y.
|
2020 y.
|
2021 y.
|
1.Pudrat ishlarining smeta bahosi, ming so’mda
|
10 635 881,2
|
16 019 080,8
|
34 277 747,3
|
2.Bajarilgan pudrat ishlar tannarxi, ming so’mda
|
9 083 042,5
|
13 792 428,5
|
29 376 029,4
|
3. Ish tannarxining o’zgarishi, ming so'mda (+,-)
|
+1 552 838,7
|
+2 226 652,3
|
+4 901 717,9
|
Smeta bahosiga nisbatan %
|
14,6
|
13,9
|
14,3
|
4. Tannarx o’zgarish sur’ati, +-/%
- oldingi yilga nisbatan
|
100,0
|
4 709 386,0/151,8
|
15 583 600,9/213,0
|
- 2019-yilga nisbatan
|
100,0
|
4 709 386,0/151,8
|
20 292 986,9/323,4
|
Tahlil qilinayotgan tashkilotda bajarilgan pudrat ishlarining qiymati 2019 yilda 9 083 042,5 ming so‘mni, 2020 yilda 13 792 428,5 ming so‘mni, 2021 yilda 29 376 029,4 ming so‘mni tashkil etdi. Bajarilgan pudrat ishlari qiymatining shartnoma bahosidan chetlanishi hisobiga tejamkorlik 2019 yilda 1 552 838,7 ming so‘m yoki 14,6 foizni, 2020 yilda 2 226 652,3 ming so‘m yoki 13,9 foizni, 2021 yilda 4 917 ming so‘m yoki 13,9 foizni tashkil etdi.
Ish tannarxi darajasining nisbiy o'zgarishini tavsiflash uchun bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmining 1 so'mi (tiyin) uchun ishlab chiqarish xarajatlari darajasi hisoblab chiqiladi va tahlil qilinadi:
UQMI = St / Орudr
Bunda: Opudr - bajarilgan pudrat ishlarining qiymati;
St - qurilish-montaj ishlarining qiymati yig'indisi.
2.2.7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |