Mundarija kirish i-bob. Quyi amudaryo okrugining tabiiy-geografik xususiyatlari


O’yinli pedagogik texnologiyalar yoki didaktik o’yinlar texnologiyasi


Download 61.15 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi61.15 Kb.
#1551215
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QUYI AMUDARYO OKRUGI

O’yinli pedagogik texnologiyalar yoki didaktik o’yinlar texnologiyasi.


O‘yin o‘qitish metodi, bosh avlod ning tajribasini kichiklarga uzatish sifatida qadimdan beri foydalanib kelgan. O‘yinlar halq pedagogikasida - maktabgacha yoshdagi va maktabdan tashqari muassasalarda keng qo‘llaniladi. Yaqin vaqtlargacha o‘quv jarayonida o‘yinlardan foydalanish ancha paytgacha cheklangan edi [11].
O‘yinli texnologiyani o‘yin muhiti aniqlab beradi. O‘quv jarayonida ishbilarmonlik o‘yinlarining turli modifikatsiyalaridan foydalaniladi:

    • Immitatsion o‘yinlar - mashg‘ulotlarda birorta tashkilot, korxona yoki bo‘limlarning faoliyatlari immitatsiya qilinadi.

    • Opertsion o‘yinlar - u aniq maxsus amallarni bajarishni mashq qilishga yordam beradi. Bu turdagi o‘yinlar haqiqiy holatni immitatsiya qiligan sharoitlarda olib boriladi.

    • Rollarni bajarish o‘yini - bunday o‘yinlarda o‘zini tutish taktikasi, birorta shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarish o‘quvlari shakllanadi.

XULOSA


Ushbu ―Quyi Amudaryo tabiati va uni o‘qitish metodikasi‖ mavzusidagi Kurs malakaviy ishini yozish jarayonida geografiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning hozirgi holatini o‘rganib, shu narsaga amin bo‘ldikki, geografiya ta‘limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyati juda katta. Mazkur imkoniyatlarni anglash, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy va texnologik yondashish o‘quv mashg‘ulotlarini qiziqarli bo‘lishini ta‘minlash bilan birga o‘quvchilar tomonidan har bir mavzu bo‘yicha bilimlarni puxta egallashlari uchun zamin yaratadi. Kurs malakaviy ishida geografiyani o‘qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarning xususiyatlarini ―Quyi Amudaryo tabiati va uni o‘qitish metodikasi‖ bo‘limi misolida yoritib berishga harakat qildik.
Tajriba sinov ishlari olib borilgan 214-umumiy o‘rta ta‘lim maktabidagi geografiya dars jarayonlarini kuzatish natijasida ta‘lim-tarbiya jara1nining doimo bir xil ravishda takrorlanishi o‘quvchilarda fanga bo‘lgan e‘tiborsizlikni, zerikish, mavzuni yaxshi o‘zlashtirmaslik kabi holatlarni keltirib chiqarishiga amin bo‘ldik. SHuning uchun bunday salbiy holatlarni oldini olishning samarali yo‘li sifatida ta‘limning turli samarali usullari, xususan, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil va maqsadga muvofiq tadbiq etish hamda undan oqilona foydalanish orqali o‘quvchilar faolligi, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, geografiya ta‘limi samaradorligini oshirishga erishishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Kurs malakaviy ishida interfaol metodlarning ―Klaster‖, ―Venn diagrammasi‖, ―Tez va to‘ri to‘ldir‖, ―Musbat, manfiy, qiziqarli‖ va didaktik o‘yinlar texnologiyasining ―Kichik guruhlarda ijodiy izlanish‖ kabi metodlardan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi. Quyi Amudaryo okrugi tabati mavzulariga yuqoridagi texnologiyalar asosidagi dars ishlanmalari tuzildi va tajriba-sinvdan o‘tkazildi va quyidagi afzalliklar aniqlandi:
- O‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallari yuqori darajada o‘zlashtirilishiga, o‘z ustida mustaqil ishlashga, mustaqil fakr yuritishga imkon yaratadi;

      • O‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi;

      • O‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltiradi:

Umumiy xulosa qilganda barkamol shaxsni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish xolatining sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lishiga olib keladi.

Download 61.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling