Mundarija kirish i-bob. Quyi amudaryo okrugining tabiiy-geografik xususiyatlari


II-BOB. QUYI AMUDARYO TABIIY-GEOGRAFIK OKRUGINI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN TEXNOLOGIYALARNING ILMIY-DIDAKTIK ASOSLARI


Download 61.15 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi61.15 Kb.
#1551215
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QUYI AMUDARYO OKRUGI

II-BOB. QUYI AMUDARYO TABIIY-GEOGRAFIK OKRUGINI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN TEXNOLOGIYALARNING ILMIY-DIDAKTIK ASOSLARI.

2.1. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy- didaktik asoslari.


Pedagogik texnologiya - barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog‘likligini tahlil qilish, tanlash, loyixalash va nazorat kilish yuli bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko‘tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiya -shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta‘lim soxasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chankoklik, Vatanga mexr-muxabbat, insonparvarlik tuygulari tizimli ravishda shakllanadi. Ma‘lumotlilik asosida yotuvchi bosh g‘oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, avtoretar va sohta tafakkurlash usulidan voz kechgan sabr bardoshli, qanoatli, o‘zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni ko‘zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi.
Albutta shu o‘rinda, bu masalaning yechimi kaysi darajada ta‘limni texnologiyalashtirish bilan bog‘lik?, degan savol tuhiladi.
Texnologiya tushunchasi texnikaviy tarakkiyot bilan boglik xolda fanga 1960yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan-texnos (technt)- san‘at, hunar va logos (logos) - fan, ta‘limot so‘zlaridan tashkil topib hunar fani ma‘nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonini to‘liq tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob‘ektlariga bosqichma-bosqich ta‘sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Ya‘ni: pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi (tarbiyachi) ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta‘sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldin belgilangan
shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir [13].
Hozirgi kundagi pedagogik nashirlarda (texnologiya) atamasini xilma xil talkin etilishi xolatini kuzatishimiz mumkin: o‘qitish texnologiyasi, o‘quv jarayoni texnologiyasi, ma‘lumot texnologiyasi, tarbiy texnologiyasi va x.k. O‘qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo‘lsada aynan o‘xshash ma‘noni anglatadi, chunki u ma‘lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o‘quv materiallarini o‘zlashtirish yo‘lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko‘proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
Pedagogik texnologiya esa ma‘lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va ―o‘qituvchi-pedagogika jarayon o‘qituvchi (o‘quvchi)‖. Funktsional tizim qonuniyatlarga tegishli bilimlar asosida kuriladi.
SHu o‘rinda metodika va texnologiya tushunchalarini ajratib olishimiz
kerak.
Metodika-o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
majmuasidan iborat desak, pedagogik texnologiya- o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yakunlovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolaja yig‘indisidir. Ma‘lum vaqt davomida PT- o‘quv jarayonini texnik vositalari yordamida amalga oshirish deb qarab kelingan edi. 70-yillardan boshlab esa pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati ancha keng talqin etila boshlanadi. Yaponiya olimi T.Sakovmoto tomonidan ―o‘qitish texnologiyasi-bu o‘qitishning maqbulligini ta‘minlovchi yul yuriqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar sohasi‖ deb izohlanadi. Rus olimi N.F.Talizina texnologiyasi ―Belgilangan o‘quv maqsadga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat‖ deb tushuntiriladi. I.Ya.Lernerning fikricha pedagogik texnologiya - o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi. Ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya belgilangan boshlang‘ich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida tashkil etilgan. Bu bir jihatdan to‘g‘ri bo‘lsa, chuqurroq tahlil etilsa, bir yoqlamalik aniqlanadi yoki bunday yondashuvda o‘quvchi shaxs e‘tibordan chetda
qolmoqda. Bu holatni yoki kamchilikni akademik V.P.Bespalko aniqladi va pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvofaqiyatini kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsni shakllantirish jarayonining loyihasidir deb ta‘riflaydi. Bu ta‘rif asosida quyidagi ilmiy tamoyillarni ko‘rsatish mumkin:
Pedagogik texnologiya o‘quvchilarda ma‘lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyixalanadi;
Loyixalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o‘qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi. Yakuniy natija, albatta, kafolatlan [15].
Pedagogik texnologiya mohiyatini aniqlashga qaratilgan ta‘riflarning xilma- xilligi rivojlangan mamlakatlarda bu masalani u yoki bu darajada xal etilganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan pedagogik texnologiyani amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
Pedagogik texnologiya to‘g‘risidagi tushunchalarni rivojlanish tarixi nuktai nazardan karalgan, pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotini bir biriga bog‘lik bo‘lmagan holda talqin etilganligini ko‘ramiz.Natijada o‘qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o‘quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg‘or metodikalar texnologiya darajasiga ko‘tarila olmay asta sekinlik bilan o‘z mavqeini yo‘qotib pedagogik nazariyasidan uzoqlashib borgan. Masalan, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan ―Dasturli ta‘lim‖ yoki 70- 80-yillardagi ―shatalovchilik harakati‖ kabilar.
Pedagogik texnologiya mohiyat jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalar qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlariga va vositalariga ega, ma‘lum ―material‖ bilan ish ko‘radi. Biros, pedagogik texnologiya inson ongi bilan bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayon ifoda etish bilan ishlab chiqarish, geografik, xatto axborotli tarbiya komponentlarini mujassamlantirgandir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzuliksiz boyib boradi va an‘anaviy uquv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta‘sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiy ( ayniqsa XX asr ikkinchi yarimidan boshlab) voqeylik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy ―burilish‖ uning muhim boskichdir. Sodda qilib aytilsa, ta‘limda axborot texnologiyasi – bu o‘quvchi- kompyuter o‘rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida ta‘lim jarayonida qo‘llanila boshladi. Kelajakda iktisodiy muammolar hal etilib o‘quv yurtlarida dasturli ―mashina‖ bilan yetarli darajada ta‘minlanadi. SHunidagina axborotli texnologiya asosida o‘quvchi larning bilish faoliyati tashkil etish va boshqarish imkoniyatlari tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi yoki uning funtsiyalarini to‘liq bajaradi [8].
Pedagogik texnologiya yordamida ta‘lim jarayonidagi xato, kamchiliklarni, mavjudligini oldini olish, maqsadni qo‘ya olish, ta‘lim jarayoni pedagogik texnologiya sifatida qarash, yangilikka, ijodga intilish.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya-ta‘lim-tarbiya jarayonini majmuyini amalga oshirish texnikasidir.

2.2.Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugini o’qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarning turlari


Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asrda yashar ekanmiz, ortda qolgan yillar qadrini va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishga o‘rinishi tabiydir. Jumladan, umumiy o‘rta ta‘lim maktablari, xususan geografiya fani bundan mustasno emas.
Geografiya – insoniyat yashovchi sayyora, ya‘ni, Yer haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun ma‘lumot berishga qaratilgan yagona o‘quv fani bo‘lib, umumta‘lim maktablarida geografiya ta‘limining roli shu fanning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan belgilanadi.
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanni o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar o‘zi yashab turgan Vatani O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini chuqur o‘rganadilar hamda tabiiy unsurlarning bir-biriga uzviy bog‘liq va aloqadorlik qonuniyatlarini tushunib yetadilar. SHu bilan birga o‘quvchilarni tabiatga, uning boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash uchun nazariy va amaliy zamin yaratadi.
Maktab Davlat ta‘lim standarti o‘quv rejasiga muvofiq, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi o‘quv kursiga jami 68 soat ajratilgan bo‘lib, haftalik yuklama 2 soatni tashkil etadi. Aynan, O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursi uchun 34 soat ajratilgan. U III va IV - choraklarda o‘qitiladi. Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi uchun esa 2 soat ajratilgan [3].
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining ta‘limiy maqsadlari quyidagicha:

  • Vatanimiz O‘zbekiston va uning Yevrosiyoda tutgan o‘rni haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  • O‘zbekitsonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

      • iqlim, tuproq, suvlar, tabiat komplekslari haqidagi tushunchalari-ni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish;

      • ayrim tabiat komponentlari, tabiiy-hududiy komplekslar, tabiiy geografik o‘lkalar tavsifini tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirish;

- Vatanimiz tabiatini muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining tarbiyaviy maqsadlari quyidagicha:

  • o‘quvchilarni o‘zimiz yashayotgan o‘lkaga, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;

  • Respublikamiz milliy boyliklarini asrab-avaylash, ular g‘amhurlik qilish va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish haqida bilim va tushunchalar hosil qilish;

  • Vatanimiz tabiatini tadqiq etish tarixi o‘rganilayotganda bu yerdan yetishib chiqqan dunyoga mashhur olimlarni, shakllangan buyuk davlatlar va davlat arboblari haqidagi ma‘lumotlarni o‘rganish jarayonida xalqimizdan va millatimizdan fahrlanish tuyg‘usini shakllantirish;

  • O‘zbekistonda ekologik muammolarni keskinlashuvi munosabati bilan mazkur kursning ekologik tarbiya sohasidagi ahamiyatini o‘stirish.

O‘quvchilarning qiziquvchanligik qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadlar esa:
- Vatan geografiyasini bilishga qiziqishni rivojlantirish;

  • o‘quvchilarni mamlakat tabiatiga, milliy boyliklariga hamda ekologik sharoitiga nisbatan kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish;

  • mamlakatimiz tabiiy sharoiti , ekologik holati bo‘yicha mazkur kurs doirasida geografik muammolarni aniqlashga va yechimini topishga o‘rganish;

  • o‘kuvchilarda tabiatida ro‘y beradigan hodisa va jarayonlarga har tomonlama, mulohazali qarashni rivojlantirish;

  • O‘zbekiston tabiiy geografiyasi asosida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga , muayyan xulosa va yechimlarni aniqlashga o‘rgatish;

  • o‘rganilayotgan kursga oid qo‘shimcha adabiyot va kartalar bilan ishlash usullarini o‘rgatish [17].

Yuqoridagi ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish uchun geografiya o‘qituvchisi darslarni o‘quvchilar faolligini oshirigan holda shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchilar o‘z Vatanining geografik xususiyatlari tuo‘risida nafaqat ilmiy bilimga ega bo‘lsinlar, shuningdek, milliy g‘urur, iftixor tuyg‘alari rivojlanib, mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga yuz tutishiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shsinlar. Buning uchun albatta, darslar oddiy usulda emas, balki, zamon talablaridan kelib chiqqan holda pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda tashkil etishimiz maqsadga muvofiq.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta‘lim tushunchasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha ta‘riflaydi: «Ta‘lim O‘zbekiston xalqi ma‘naviyatiga yaratuvchilik faolligini bahsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodnin barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kor, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi» [1]. Ta‘kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta‘limning yangi modelini yaratishni taqozo qiladi. Modelni amaliyotga tadbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «o‘quv-tarbiyaviy jarayonini yangi pedagogik texnologiyalari balan ta‘minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Bugungi kunda ta‘lim texnologiyalarini, xususan Quyi Amudaryo tabiiy geografik rayonini o‘qitishda asosan noan’anaviyta‘lim texnologiyasi hisoblangan, bugungi kunda ta‘lim jarayoniga chiqur kirib borayotgan pedagogik texnologiyalardan, ya‘ni didaktik o‘yinlar texnologiyasi va interfaol metodlardan foydalangan halda tashkil etishimiz mumkin.

Download 61.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling