Mundarija kirish i-bob. Quyi amudaryo okrugining tabiiy-geografik xususiyatlari
Download 61.15 Kb.
|
QUYI AMUDARYO OKRUGI
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta‘lim jarayoni markazida o‘quvchi shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta‘lim- tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltirishdir.
Noan’anaviyta‘lim texnologiyasi an‘anaviy ta‘lim texnologiyasidan farq qilib, o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e‘tibor beriladi, bilish faoliyat lari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Noan’anaviyta‘lim texnologiyasi, ya‘ni pedagogik texnologiyalarni o‘z navbatida quyidagi uch guruhga bo‘lishimiz mumkin: Hamkorlikda o’rganishModellashtirish Tadqiqot (Loyiha) Hamkorlikda o’rganish U o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta‘lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin. Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini sinf xonasida yaratish va ularda o‘quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta‘lim olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta‘minlash orqali ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbilarmonlar o‘yinlari va rolli o‘yinlari kabi metodlarni kiritish mumkin (1-chizma). Tadqiqot - o‘quvchilar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida o‘quvchilarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg‘otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish o‘quvchilarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta‘minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi. Download 61.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling