Mundarija: Kirish I bob. Xondamirning hayoti va ijodi


II bob. Xondamirning “Habib us siyar” asari Temuriylar tarixiga oida muhim manbaa


Download 100.5 Kb.
bet3/5
Sana07.03.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1245086
1   2   3   4   5
Bog'liq
Habib us siyar

II bob. Xondamirning “Habib us siyar” asari Temuriylar tarixiga oida muhim manbaa
2.1 Asarning yozilish tarixi
“Xabib us siyar” Xondamirning eng yirik va qimmatli asari bo’lib, 1515 -1523 yillar ichida yozilgan. Lekin muallif Xindistonda bo’lgan yillarida (1528-1535 ) uni yana ikki marta tahrirdan chiqargan . shuning uchun ham bu asarni shu yillar orasida tugal tamomlangan deb xisoblash mumkin.
Xondamir bu asarini yuqorida nomi zikr etib o’tilgan vazir xoja Habibullo Sovajiyga atagan, chunki u Xondamirga o’z vaqtida ko’p marhamat va iltifotlar ko’rsatgan edi.
Asarda qadim zamonlardan to XVI asrning 30 yillariga qadar musulmon mamlakatlarida xususan Eron, Afg’oniston, Iroq, va O’rta Osiyoda sodir bo’lgan voqealar talqin etiladi.
Xabib us- siyar muqaddima, xotima va uch bobdan ibroat. Har bob o’z navbatida to’rt qismga bo’linadi.
Birinchi bobda johiliyat, yani islomiyatdan ilgari o’tgan “payg’ambarlar” va arab hamda ajam mamlakatlarining Arab halifaligi tashkil topgunga qadar bo’lgan umumiy ijtimoiy – siyosiy ahvoli, Muhammad payg’ambar, shuningdek xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali zamonida yuz bergan voqealar bayon qilinadi.
Ikkinchi bobida shia mazhabidagi imomlar , ummaviya va abbosiya sulolasidan bo’lgan xalifalar davrida Arab xalifaligi hamda uning bosqinchilik urushlari, arablar davrida xukmronlik qilgan boshqa sulolalar : tohiriylar, safforiylar, va somoniylar haqida hikoya qiladi.
Uchinchi bob Chingizhon va uning avlod ajdodlari, Chingizhon bilan zamondosh bo’lgan boshqa sulolalar hamda temuriylarga bag’ishlangan, bundan tashqari mazkur bobda Movaraunnahr so’ngra Xurosonning Muhammad Shayboniyhon yetakchiligida ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan bosib osilinishi va Ismoniy Safaviy davrida Eron, Afg’oniston va Iroqning siyosiy ahvoli hikoya qilinadi.
Asarning uchunchi bobi , xususan uning 3-chi va 4 – qismlari original bo’lib, unda temuriy Sulton Husayn mirzo va Ismoil Safaviy zamonida Eron va Afg’onistonning, shuningdek, XV asr oxiri va XVI asr boshlarida O’rta Osiyoning umumiy ijtimoiy – siyosiy ahvoli keng va atroflicha yoritilgan. Shuning uchun ham bu qismlarni o’sha davrni keng yorituvchi yagona va to’liq manba desa bo’ladi.
Shayboniyhon va ko’chmanchi o’zbeklarning istilosi arafasida Xurosonning ham siyosiy ahvoli og’irlashgan edi. Mamlakatda feodal tarqoqlik shu qadar kuchaygan ediki, hatto ishbilarmon va tadbirkor Sulton Husayn ham uni bartaraf qilish, va tobora inqirozga yuz tutayotgan Temuriylar imperiasini halokatdan saqlab qolishga ojizlik qildi. Mamlakatda huddi Temur va Shoxrux vafotidan keyin yuz bergan vaziyat hukm surar edi.
Xondamir o’z asarida yuqorida zikr etib o’tilgan voqealarga batafsil to’htalib o’tgan va bu haqda qimmatli ma’lumotlar keltirgan.
“Habib us-siyar”ning safaviylar, bu sulolaning asoschisi Ismoil Safaviyga bag’ishlangan qismi (3 bobning 4 qismi) ham katta ahamiyatga ega bo’lib, safaviylar tarihini yorituvchi asosiy manba hisoblanadi.
“Makorim ul – ahloq” ( olijanob sifatlar haqida kitob ) Alisher Navoiyga bag’ishlangan bu asar 1501 yili yozib tamomlangan . “Makorim ul – ahloq” 10 bob (maqsad), muqaddima va xotimadan iborat .
Asar muqaddimasida Alisher Navoiyning tug’ilishi hamda uning bolalik va yoshlik yillariga oid ayrim muhim ma’lumotlar keltirilgan.
“Makorim ul – ahloq”ning 5 – bobida Alisher Navoiyningyirik davlat arbobi bo’lganligi, olimlar , hususan ko’zga ko’ringan shayhlarga qilgan katta himmati, shuningdek, darvishlar, mehnatkash xalqqa ko’rsatgan marhamatlari ular uchun qurdirgan xonaqohlari, mamlakat obodonligi yulida barpo qilgan boshqa qurilishlari (robotlari, langarlar, ko’prik, hammomlar, hovuzlar va boshqalar) xususida hikoya qiladi. Bu bobda u shayhlarga atab yozgan “ Nasoim ul – muhabbat” va mashhur “ Lison ut-tayr” asarlari haqida ham ma’lumotlar bor .
Navoiy el yurtni obodonlashtirishda katta xizmat ko’rsatdi, bu ishga o’z jamg’armasidan katta mablag’ sarfladi. “Makorim ul ahloq” ning 6 bobida uning 1499 yili Xirot atrofida ulkan Jomiy masjid qurdirgani, G’iyosiddin ibn Muhammad ibn Som davrida Hirotda qurila boshlangan, keyinchalik vayron bulib ketgan Jomiy masjidni qayta tiklaganligi, Hirot va boshqa shahar hamda qishloqlardagi 12 masjidni ta’mirlatganliklari haqida so’z boradi . Undan tashqari Navoiy umrining so’nggi yillari (1499-1500) bilan bog’liq bo’lgan ayrim siyosiy ma’lumotlar ham shu boblarda uchraydi. Bu ma’lumotlar mamlakatdagi ijtimoiy siyosiy ahvol , feodal va toju - taxt uchun kurashning benihoyat avjga chiqqanidan hamda Temuriylar imperiasining inqirozga yuz tutib borayotgan binosi ulug’ Navoiy ko’rgan chora tadbirlari va uning zo’r obrusi tufayli gina vaqtincha tutib turilganligidan darak beradi.
Asar xotimasida Navoiyning bolalik yillari, Samarqandda tahsil olib yurgan paytlari bilan bog’liq bulgan ba’zi hikoyatlar, Movarounnahrning ko’chmanchi o’zbeklar istilosi arafasidagi ijtimoiy- siyosiy ahvoliga tegishli ayrim faktlar bayon qilinadi.
Asarda yana bir qancha davlat lavozimlari haqida ma’lumot mavjud. Parvonachi – markaziy hukumat va uning devonlari tarafidan chiqarilgan farmon va maktublarni mahalliy hukmdorlarga yetkazib turuvchi mansabdor.
Munshiylar – podsho va honlarnning shahsiy kotiblari voqeanavislari.1 tabaqali munshiylar kundalik voqealar tarihini yozib turish , 1 tabaqalar maktublar yozish , 3 tabaqa farmon va yorliqlar bilan hozirlash bilan mashg’ul bulganlar .
Mustavfiy – moliya devonining boshlig’i.
Ixtisob – diniy urf – odatlar va shariyat qoidalarining musilmonlar tarafidan bajarilishini nazorat qilib turivchi mansabdor.
Hofizlar - aslida o’rta asrlarda quron majidni qiroat bilan uquvchi kishilar shu nom bilan ataganlar.
Mubashshir – podsho va honlarnning viloyatlarga muntazam yuborib turadigan muhtor vakili.
Kamonchilar, tirtarosh va tirandozlar – ko’proq harbiylarga mansub bulgan bu kasblar shoh Ismoil Safaviyning 1522 yili chiqarilgan farmoniga qayd qilingan.
Kalontar – lug’aviy ma’nosi eng katta , eng ulug’ va umuman boshliq demakdir.
Xullas Xondamirning “Habib us siyar” asari Eron va O’rta Oaiyoning XVI asrdagi siyosiy iqtisodiy va ma’naviy hayotiga oid qimmatli ma’lumotlarga egadir.

Xulosa


Amir Temur va temuriylar davrini tadqiq etishda biz tarix fani tayanib kelgan va bundan buyon ham tayanadigan eng muhim yozma manbalar «G‘iyosiddin Alining Hindistonga yurish kundaligi», Nizomiddin SHomiy, SHarofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»lari, Hofizi Abro‘, as-Salmoniy, Mu’iniddin Natanziy, Abdurazzoq Samarqandiy, Ibn Arabshoh, arman tarixchisi Foma Metsopesi, Mirxond, Davlatshoh Samarqandiy, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rui Gonsales de Klavixo, I.SHiltberger, Havofiylar asarlari, kundaliklari va sayohatnomalari hamda «Temur tuzuklari» va uning «Tarjimai holi» kabi asl va noyob asarlari asosida yoritishimiz kerak buladi.


Mazkur mavzudagi ilmiy adabiyot yil sayin ko‘payib jahon tarix adabiyotining muhim bir tarmog‘ini hosil qildi.
Amir Temur va Temuriylar to‘g‘risida e’lon qilingan ilmiy ishlarni o‘z xususiyati va tarixiy mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • arab, fors, turkiy tillardagi, Kavkazorti xalqlari tillaridagi, Evropa tillaridagi yozma manbalar;

  • Amir Temurning bir qator Evropa davlatlari hukmdorlariga (Angliya, Ispaniya, Fransiya) yo‘llagan maktublari va ularga kelgan javobnomalari;

  • chop etilgan numizmatik manbalar;

  • nashr qilingan epigrafik manbalar;

  • umumlashma tarzdagi ilmiy tadqiqotlar;

  • ayrim yirik muammolarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar;

  • alohida masalalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar;

  • ilmiy - ommabop nashrlar.

Amir Temur tarixnavisligi bosib o‘tgan yo‘lga fikran nazar tashlab, shuni qayd qilish mumkinki, jahon tarix adabiyotida zamonlar o‘tishi bilan Amir Temur shaxsini bir yoqlama, tor va bir xil tarzda talqin etishdan iborat dastlabki ko‘nikmalardan uni chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga asta-sekin o‘tish tadriji sodir bo‘lmoqda. Zero, Amir Temur yuksak iqtidorli, tabiatan donishmand, buyuk davlat arbobi, bashoratli va irodali siyosatchi, Markaziy Osiyoda markazlashgan kuchli davlatning tashkilotchisi, hukmdori va bunyodkori sifatlarini o‘z qiyofasida mujassamlashtirgan shaxs sifatida jahon tarixidan munosib o‘rin olgan.
Shunga asosan, Xondamir yashagan davr tarixi tarixshunosligi mavzusini manbalar va mavzuga aloqador ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganish, muammoni bugungi kun talablari darajasida milliy g‘oya ruhida tahlil qildik.



Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling