Mundarija: Kirish I. Bob. Yetkazib bеrish zanjiri tushunchasi
Korxonalar iqtisodiy faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarida yetkazib berishning roli
Download 0.76 Mb.
|
YETKAZIB BЕRISH ZANJIRI TUSHUNCHASI.
1.2. Korxonalar iqtisodiy faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarida yetkazib berishning roli
1985-yilda logistik menejment kengashi yetkazib berishning ta’rifini quyidagicha aniqlagan: «Yetkazib berish xomashyo, materiallar, zaxiralar tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar, xizmatlar va birga bo‘luvchi axborotlar oqimini iste’molchilar talablarini to‘liqroq qaroatlantirish maqsadlari uchun ushbu oqimlarni vujudga kelgan joydan uni iste’mol qilish joyigacha (shu jumladan import, eksport, ichki va tashqi harakatlanish)ni rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir». Bu ta’rifda uch jihatdan muhimdir. Birinchidan, Yetkazib berish faoliyati integratsiyalangan xarakterga ega bo‘lib, moddiy resurs va tayyor mahsulotlar oqimini vujudga kelgan joyidan iste’mol joyigacha cho‘zilib yotadi. Ikkinchidan, birga bo‘luvchi axborotlarni boshqarishning muhimligi ta’kidlangan. Uchinchidan, servisli (nomoddiy) oqimlar logistik manfaatlar sohasida birinchi marta tushib qolganlar. Bu servisli xizmatlar sanoatida logistik yondashishlarni rivojlantirish asosiy ahamiyatga ega, chunki o‘tgan o‘n yilliklarda faqat moddiy oqimlargina yetkazib berishda o‘rganish va muvofiqlashtirishning obyekti bo‘lganlar[21. 30-b]. Xorijda keng tarqalayotgan sifatli umumiy boshqarish konsepsiyasi (total quality management, TQM) logistik o‘zgarishlarning eng muhim harakatlanuvchi kuchlaridan biri bo‘lib qolgan. Jahonning juda ko‘p ilg‘or kompaniyalari tomonidan qurol qilib olingan. Ushbu konsepsiya menejmentning nazariyasi va amaliyotida to‘ntarish yasadi. Ta’riflarning biriga ko‘ra, sifatli umumiy boshqarish konsepsiyasi sifatni oshirish masalasini e’tibor markaziga qo‘yuvchi va bu masalani yechishda ishlab chiqarish (xizmatlar) harakatlanishining barcha bosqichlarida firma (tashkilot)ning barcha a’zolari ishtirokiga asoslangan, iste’molchilarning zaruratlarini qanoatlantirish hisobiga ham firmaning har bir a’zosi va umuman jamiyatning o‘zaro foydasi tufayli uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishga imkon beruvchi boshqaruv yondashuvidir. Sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasi boshqaruvning o‘ziga xos falsafasi bo‘ladi, u iste’molchining zaruratlari va biznesning maqsadlari ajralmas ekanligini tan oladi. Bunday yondashish logistik tizimlarning barcha elementlariga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Ko‘p sonli tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasini qo‘llayotgan kompaniyalar biznesda eng yaxshi natijalarga erishadilar. Yetkazib berish uchun uning muhimligi shuning bilan belgilaniladiki, g‘arbiy mamlakatlarning raqobatli bozorlaridagi strategik rejalashtirish nuqtai nazaridan firmaning integratsiyalangan yetkazib berishi vazifalari sifatni umumiy boshqarishning mafkurasi bilan mos keladi. 1980 yillar biznesda ittifoqlar va alyanslarning jo‘shqin o‘sishi bilan qayd qilinganlar, keyingilar ishonchsizlik, shubhalilik va keskinlik. Raqobatning avvalgi amaliyoti o‘rnini almashtirganlar. Integratsiyalangan yetkazib berish konsepsiyasi tufayli biznes bo‘yicha sheriklar tayyor mahsulotlar zaxiralarini rejalashtirish va boshqarish, tashish, yuklarni qayta ishlash, sotishlarni tashkil qilishda unumli muvofiqlashtirishning yo‘llarini izlay boshlaganlar. Korparatsiyalashning asosiy shakllaridan ko‘pchiligi logistik xarajatlarni ko‘proq qisqartirish va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishning sifatini yaxshilash maqsadida har xil logistik vazifalarning tutashgan joyida tashkiliy va ko‘p vazifali rejalashtirish, boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishida rivojlanganlar. Ko‘pgina logistik ittifoqlar transportda ixtisoslashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatish sohasi, ulgurji savdo va distribyutsiyalash tizimidagi an’anaviy raqiblar tomonidan tashkil qilingan. Xorijdagi yetkazib berishning evolyutsiyasi shuni ko‘rsatadiki, u ko‘pchilik tashkilotlar va firmalar uchun raqobat kurashidagi eng muhim qurol bo‘lib qolmoqda va integratsiyalangan yetkazib berish konsepsiyasidan foydalanganlar, qoidaga ko‘ra, bozordagi o‘z mavqelarini aniqlab olganlar[21.30-b]. Yetkazib berish rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ko‘rib chiqishga ikkinchi yondashuv. Ko‘pgina xorijiy va mamlakatimiz olimlari yetkazib berishning rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqishga boshqacha yondashuvga amal qiladilar, moddiy mahsulotlar tovar harakatlari tizimlari rivojlanishining uch bosqichga ajratadilar: Yetkazib berishgacha davr (50 yillargacha), bunda moddiy taqsimlanishni boshqarish fragmentli xarakterga ega bo‘lgan, firmalarning har xil bo‘linmalari harakatlarini muvofiqlashtirish esa yetarlicha bo‘lmagan; Klassik yetkazib berish davri (60-yillarning boshi - 70-yillarning oxiri) firmalarda tashishlarning muvofiqroq shakllarini tashkil qilish o‘rniga logistik tizimlarning yaratilishi; firmalar tomonidan tovar harakatlanishi jarayonini majmuaviy yondashish, tovar harakatlanishi vazifalarini bitimga kelishlar bilan integratsiyalash asosida boshqarilishi bilan ta’riflanadi; Eng yangi yetkazib berish yoki ikkinchi avlod yetkazib berish davri (80-yillarning boshi), uning uchun yetkazib berish konsepsiyasida bitimga kelishlarni ta’sir qilish sohalarining kengayishi, butun korxona asosidagi yetkazib berish tizimlarining rivojlanishiga umumiy maqsad butun firma ishining ko‘proq samaradorligiga erishishdan kelib chiqqan holda majmuaviy yondashishning ustuvorligi xosdir. 80-yillarning o‘rtalarida majmuaviy yondashish «umumiy javobgarlik» konsepsiyasi ko‘rinishida yangi rivojlanish olgan; bu yondashishning o‘ziga xosligi logistik tizimni iqtisodiy soha va ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatlarning hisobida tashqariga chiqishidan iborat bo‘lgan, foydalar va xarajatlarning ko‘proq nisbati esa muvofiqlik mezoni bo‘lgan[15. 18-b]. Logistik yondashish moddiy oqimlarning tartibga solinishiga olib keladi. Bu oqimlar u yoki bu mahsulotlar ishlab chiqarishda; bu ishlab chiqarishni kerakli materiallar, butlovchi qismlar va xomashyo bilan ta’minlashda; tayyor mahsulotlarni omborga joylashtirish, uni taqsimlash va iste’molchiga yetkazishda vujudga keladi. Ammo bunday tartibga solishlarni faqat odam, energetik, axborot, moliyaviy resurslar oqimlarining kattaligi, yo‘nalishi, vujudga kelishi, tugallanishi, davriyligi, izchilligi, hamda boshqa parametrlarni boshqarish orqali amalga oshirish mumkin. Bu oqimlar ham ularning jismoniy tabiati iqtisodiy faoliyat natijasida yakuniy iste’molchilarning belgilangan ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi mahsulotga aylanuvchi dastlabki materiallarning tabiatidan farq qilsada, moddiy bo‘ladi. Shuning uchun yetkazib berish tushunchasini kengroq ma’noda iqtisodiy faoliyat jarayonida vujudga keluvchi oqimlarning barcha o‘zaro bog‘liq turlarini yagona umumiy sifatida boshqarishning zamonaviy metodologiyasi va uslubiyoti sifatida talqin qilish mumkin. Umumiy holda logistik boshqaruv quyidagi vazifaviy sohalarga yoyiladi: zaxiralar; yuk oqimlarining harakati; omborga joylashtirish va omborda ishlov berish; materiallar, xomashyo, butlovchilar va tayyor mahsulotlarni tashish; mahsulotlarni taqsimlash. Mavjud amaliyotda yetkazib berishga ikki xildagi yondashish qabul qilingan. Bitta holda yetkazib berish moddiy, axborot, moliyaviy boshqa oqimlarning harakatini boshqarishning mexanizm va tuzilishini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi, ya’ni rejalashtirish vazifalarining bajarilishi bilan cheklanadi. Boshqa holda yetkazib berish rejalashtirish bilan cheklanmaydi va haqiqiy boshqaruv tadbirlarini ko‘zda tutadi, ya’ni boshqaruv bo‘yicha kundalik joriy faoliyatni amalga oshiradi. Logistika xoh ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish bosqichi va xoh amalga oshirish bosqichi bo‘lsin, marketing tadqiqotlari jarayoniga, moddiy resurslarning harakatlanishi, mahsulotlarning iste’molchilar o‘rtasiga taqsimlanishi, shaxsan ishlab chiqarish jarayoni hamda ma’muriy boshqaruv faoliyatiga ta’sir qiladi[15. 28-b]. Bir tomondan, yetkazib berish marketing tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari va amaliy hulqini boshqaradi. Boshqa tomondan, bu tadqiqotlarning xarakteri va o‘tkazish usullari logistik boshqaruvning tuzilishi va vazifalarini belgilaydi. Hududiy marketing tadqiqotlari iqtisodiy faoliyatning xarajatli ko‘rsatkichiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqarish faoliyatining navli va hajmli ixtisoslashuvi ular tomonidan belgilaniladi. Marketing tadqiqotlari sotishlarning hajmi va taqsimlashning tuzilmasini tanlashni belgilaydi. Mahsulotlar navlarining kengayishi bazaviy modelni zamonaviylashtirish hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Bir qator hollarda bunday zamonaviylashtirish faqat u yoki bu qo‘shimcha elementlar (aksesuarlar)ni qo‘llash yo‘li bilan sodir bo‘lishi mumkin. Bunda umumiy texnologik davri algebraik uzayishi shart emas, balki ko‘pincha qisqaradi. Marketing tadqiqotlari iste’molchiga ko‘rsatilayotgan buyurtmalar va xizmatlarning shakllanishiga talabni belgilaydi. Bunday tahlilda yetkazib berishning istalgan shoshilinchligi va shartnoma muddatlari bajarilishining ishonchliligi hamda talabni darhol qanoatlantirishga qobiliyat kabi talablar belgilanadi. Tashish vaqtini kamaytirish zarurati va buyurtmani bevosita iste’molchiga kerakli joyda, kerakli vaqtda va talab qilingan miqdorda topshirish imkoniyati shuning bilan izohlanadi. Bunday talablar tashqi transportning tuzilishi, uning u yoki bu turidan foydalanish, transport yo‘nalishlarini joylashtirishga jiddiy ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulotlarning hajmlari va navlari, ularning saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish usullarini tanlash masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish moliyaviy kreditlar olish sharoitlari, ularni to‘lash usullari va muddatlari bilan yaqindan aloqadadir. Marketing tadqiqotlarining natijalari menejment va moliyaviy oqimlarni taqsimlash sohasidagi ayrim xulosalar va qarorlarga olib keladi[15. 32-b]. Logistik tizim marketing tadqiqotlarini butun iqtisodiy faoliyatni ushbu tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish yo‘nalishida tashkil qilish bilan kengaytiradi va to‘ldiradi ushbu faoliyatni tashkil qilish moliyaviy oqimlarni tartibga solish va tegishli boshqaruv ko‘rsatmalarini berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yetkazib berish tamoyillariga ko‘ra atrof bozor muhiti va iqtisodiy faoliyatning borishi haqidagi joriy axborotlarning marketing tadqiqotlari asosida qabul qilinadigan barcha boshqaruv qarorlari moddiy oqimlarga ta’sir qilishda aks ettiriladi. Pirovardida yetkazib berish boshqaruv shunday tadbirda ta’sirni amalga oshirishi va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishi kerakki, kamroq xarajatlarda salohiyatli iste’molchilarni yaxshiroq qanoatlantirsin va ularning doirasini kengaytirsin. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling