Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili
Mavzu yuzasidan dars ishlanmasi va amalga oshirilgan tajriba- sinov natijalari
Download 128.83 Kb.
|
2. Dissertatsiya Apparat qismi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
3.2. Mavzu yuzasidan dars ishlanmasi va amalga oshirilgan tajriba- sinov natijalariDars berish jarayonida o’qituvchi, ma’ruzachining nutqiy madaniyati, so’zlarning ketma- ketligi va uslubiy to’g’ri tuzilishi dars sifatiga katta ta’sir etadi. Dars sifatini yaxshilash uchun ma’ruzachi badiiy adabiyotni ko’p mutolaa qilgan, so’z boyligiga ega bo’lishi kerak. Ta'limning sifati va samarasi uning qanday tashkil etilishiga bog'liq. Shuning uchun ham darsni to'g'ri tashkil etish va unda turli metodlardan foydalanish juda ham katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda darsni quyidagi ko'rinishlarda tashkil etishimiz mumkin: 1. An'anaviy dars-muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. 2. Noan'anaviy dars-asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`ladi, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modeli deyishimiz mumkin Shu o'rinda savol tug'iladi: Qaysi dars turi uning samarali bo'lishiga xizmat qiladi? Darsni qanday tashkil etsak darsdan ko'zlangan maqsadga erisha olamiz? Har bir pedagog-o'qituvchida yuqoridagi savollar bo'lishi tabiiy. Mazkur savollarga javob topish maqsadida men pedagogik amaliyotimni o'tayotgan Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 7-umumta'lim maktabidagi o'zimga biriktirligan 7- "a" va 7-"b" sinfida o'ziga xos tajriba-sinovini o'tkazdim.Ya'ni, mazkur sinflarga har haftada bir kun amaliy-tajriba darsini tashkil etdim. Birinchi sinfda dars an'anaviy tarzda, ikkinchi sinfda noan’anaviy tarzda tashkil etildi. Ikkala sinfda darsning samaradorligi natijalari turlicha bo'ldi. Men har safar darsni tugatayotganimda o’quvchi bilimini turli usullar bilan tekshirar edim. Noan'anaviy darsda o’quvchi an'anaviy darsga qaraganda faolroq ishtirok etdilar va o'tilgan mavzularni eslab qolish darajalari ortdi. Har dars yakunida o’quvchini baholadim. An’anaviy darsning afzalliklari ham bo’ldi, bular men tomonimdan darsni boshqarilishi, nazoratning kuchaytirilganligi, xulosa bera olish, vaqtning yetishi kabilardir. An'anaviy dars Noan'anaviy dars 73% 90% Demak , noan'anaviy dars an'anaviy darsga qaraganda samaraliroq ekan. Nima sababdan dars natijalari turlicha bo'ldi? Mazkur savolning javobini quyidagi ma'lumotlardan bilib olishimiz mumkin: Insondagi bilimlarning hosil bo'lishida undagi 5 ta sezgi a'zolari vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati turlicha va u quyidagicha: Ko'rish a'zosi orqali - 80-85 % Eshitish a'zosi orqali - 9-13 % Hid bilish a'zosi orqali - 2,5-3,5 % Teri sezgisi orqali - 1,5-3 % Ta'm bilish a'zosi orqali - 1-2 % Jami - 100 % gacha.
Turli sezgi organlari ishtirokida o'zlashtirilgan va qayta ishlangan axborotning oradan 2 hafta o'tgach, quyidagi miqdorlari eslab qolinadi: O'qilganlar - 10% Eshitilganlar - 20 % Ko'rilganlar - 30 % Ko'rilgan va eshitilganlar - 50 % Gapirilganlar - 80 % Gapirilgan va amalda bajarilganlar - 90 %.
O`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga o`qitish metodlarining ta`sir darajasi: 1. Ma`ruza - eshitganimizning 5%. 2. O`qish - o`qiganimizning 10%. 3. Videousul, namoyish - ko`rganimizning 20%. 4. Tajribani namoyish qilish - ko`rgan va eshitganimizning 30%. 5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%. 6. Mashqlar - o`qigan, yozgan, gapirganimizning 50%. 7. Ishbop o`yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil o`qiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%. 8.Yo`naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o`qitish - mustaqil o`rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, boshqalarni o`qitgan narsalarimizning 90%. Yuqoridagi ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, dars jarayonida an`anaviy metodlar qo`llanilganda, o`quvchilarning axborotni eslab qolish ko`rsatkichining eng yuqori darajasi 30%ni tashkil etar ekan. Noan`anaviy metodlar qo`llanilganda esa, o`quvchilarning axborotlarni o`zlashtirish darajasi yanada ortib boradi. XULOSADoimo kitob va kitobxonlik haqida so‘z ketar ekan, kitob o‘qishni ham o‘rgatish, bolalarni badiiy adabiyot bilan oshno qilishda qandaydir usullardan foydalanish kerakmi yoki yo‘q? degan savollar kun tartibiga chiqaveradi. Ko‘pchilikka, kitob o‘qishni o‘rgatmasa ham bo‘ladi, u kishining o‘ziga bog‘liq. Agar kimningdir kitobga mehri baland ekan bu tarbiya va muhit natijasida shakllangan odatdir. Zero, kitob o‘qish yaxshi, lekin eng muhim narsa qanday kitobni o‘qishdir. Bu haqda adib Asqad Muxtorning shunday fikrlari bor: “O‘qishlar har xil bo‘ladi. Birov ermak uchun o‘qiydi, birov hordiq chiqarish uchun, birov o‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, ya‘ni “burch yuzasidan34”. Birov bo‘lak mashg‘ulot bo‘lmaganidan, vaqt, o‘tkazish uchun, birov nimanidir bilib olish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o‘qiydi”. Hamma gap qanday kitobni, nima uchun o‘qishda degan fikrlarni bildirganlar. Zero, kitob bilim manbai. U insonni har qanday qabih ishdan, qabih niyatdan asrashi mumkin. Shuning uchun ham kitob insonga eng yaxshi do‘st, dardkash va sirdosh hisoblanadi. Kitob o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Kitobning suhbatidan inson faqatgina foyda topadi. Bunday fayzli foydani boshqa hech nimadan, hech kimdan topib bo‘lmaydi. Kitob o‘qigan inson o‘tmishdan boxabar bo‘ladi va kelajakka teran nigoh bilan qaraydi. O‘tkazilgan tadqiqot ishi quyidagi pedagogik xulosalarga kelishimizga asos bo‘ldi: -jamiyatda yoshlarning kitob o’qishi, hayot rivojini belgilab beradi. Chunki, aynan ular yuz berayotgan o’zgarishlarning indikatorlari hisoblanadi va jamiyat rivojlanishining salohiyatini belgilab beradi; -yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan vazifa sifatida doimo davlatimiz siyosatining markazida bo’lib kelmoqda; -yoshlarning kitob mutolaasiga qiziqishlari yoshlarda daxldorlik tuyg’usini paydo qilishga, kamol topishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishga, ularda yuksak vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishga, ularni turli tahdidlardan himoya qilishga xizmat qiladi. Download 128.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling