Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili
Download 128.83 Kb.
|
2. Dissertatsiya Apparat qismi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALOVCHI XALQ OG‘ZAKI IJODI DURDONALARINI TARG’IB QILISH TEXNOLOGIYALARI
- III bob. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA XALQ OG‘ZAKI IJODI DURDONALARINING MAZMUNI VA TAHLILI
- UMUMIY XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ILOVALAR GLOSSARIY Ilmiyrahbar: T.f.d., prof. I.Xoliqov
MUNDARIJA Kirish I bob. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALOVCHI XALQ OG‘ZAKI IJODI DURDONALARINING TAHLILI 1.1-§. Dostonlar vatanparvarlik namunasi sifatida 1.2-§. Xalq qo’shiqlari, laparlar va maqollarda aks etgan vatanparvarlikning yoshlar ongiga ta’siri Birinchi bob bo`yicha xulosa II bob. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALOVCHI XALQ OG‘ZAKI IJODI DURDONALARINI TARG’IB QILISH TEXNOLOGIYALARI 2.1.§. Vatanparvarlik tushunchasini xalq og’zaki ijodi orqali maktab yoshidagi o’smirlar ongiga singdirish texnologiyalari 2.2.§. Xalq og’zaki ijodi orqali yoshlarni tarixga qiziqtir va vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish metodlari Ikkinchi bob bo`yicha xulosa III bob. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA XALQ OG‘ZAKI IJODI DURDONALARINING MAZMUNI VA TAHLILI 3.1-§. Xalq og‘zaki ijodi durdonalari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda sitajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o`tkazish metodikasi 3.2-§. Xalq og‘zaki ijodi durdonalari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tajriba-sinov ishlari tahlili natijalari Uchinchi bob bo`yicha xulosa UMUMIY XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ILOVALAR GLOSSARIY Ilmiyrahbar: T.f.d., prof. I.Xoliqov Magistratura talabasi: F.Fayzullayev Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugun biz tez sur’atlar bilan о‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan о‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Ma’lumki, bunyodkor g‘oyalarga zid bо‘lgan, yovо‘zlik va jaholatga xizmat qiladigan, insonni va jamiyatni tubanlikka boshlaydigan, odamlarni g‘arazli niyat va qabix maqsadlarga undaydigan, xalqalar va davlatlarni tanazzul va halokatga mahkum etdagigan g‘oyalar majmui “Vayronkor g‘oyalar” tushunchasida ifodalanib bugungi kunda mamalakatlarning milliy va ma’naviy xavfsizligiga sa’lbiy ta’sirini о‘tkazmoqda. Ular insonparvarlik tamoyiliga zid bо‘lgan, jamiyatni tarafkashlarga ajratib, bо‘lib tashlaydigan, bir millatni boshqasidan ustun qо‘yish kabi, aqidaparastlik va jangari irqchilik (rasizm), buyuk davlatchilik shovinizmi va ashaddiy (agresiv) millatchilik, fashizm va bolshevizm mafkuralari kabi vayronkor g‘oyalar tizimini olg‘a surmoqda. Shunday biz О‘zbekiston prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek jamiyatimizda hukm surayotgan о‘zaro dо‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi milat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tiborimiz markazida bо‘ladi. Ularning о‘rtasiga nifoq soladiganekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga О‘zbekistonda mutlaqo yо‘l qо‘yilmaydi1. Har qanday hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bо‘lgani kabi, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat о‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda kо‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar о‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, kо‘plab yangi ish о‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida о‘zaro yordam kо‘rsatish imkoniyatlarining ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. Hayot haqiqati shuni kо‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yо‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda kо‘zdan kechiradigan bо‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar о‘rtasida azaldan kurash mavjud bо‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini kо‘ramiz. Shunday ekan mavzuning dolzarbligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: Download 128.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling