Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili


Xalq og’zaki ijodi orqali yoshlarni tarixga qiziqtir va vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish metodlari


Download 128.83 Kb.
bet7/17
Sana20.06.2023
Hajmi128.83 Kb.
#1627990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2. Dissertatsiya Apparat qismi

2.2. Xalq og’zaki ijodi orqali yoshlarni tarixga qiziqtir va vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish metodlari


Jahon va o’zbek adabiyoti inson shakllanishida doimo o’z o’rniga ega bo’lgan. Sababi ushbu adabiyotlarda ta’lim- tarbiyaga oid qarashlar mavjud. Qadimgi davrdan to hozirgi kungacha son- sanoqsiz asarlar yaratilgan. Ularning barchasida yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash aks ettirilgandir. Ana shunday qarashlar jahon adibi Karlo Kallodi asarlarida ham uchraydi. Karlo Kallodi qalamiga mansub bo’lgan Pinokioning boshidan kechirganlari ertagi 1881- yilda yaratilgan bo’lib, Qodir Mirmuhammedov uni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ertak qissa yeg’loqi g’oladan qilingan yog’och bolaning odamga aylanguncha qilgan sarguzashtlari haqida. Bu bola har safar yolg’on gapirganda burni o’sib ketaveradi.


Ertak- qissa qahramonlari:
- Usta olcha
- Pinokioning otasi Djuzeppetto
- Sehrgan pari, avval Pinokioning opasi, so’ng onasiga aylangan
- Gapiruvchi qora chigirtka
- Ayyor tulki va yaramas Mushuk va boshqalar
Ertak- qissa dunyoning 87 tiliga tarjima qilinga. Asar asosida Buratino, Yog’och bola kabi multfilmlar yaratilgan. Ertak- qissa sujeti Usta Olchaning gapiruvchi g’o’lani topib olib, o’zi yasolmay Jezeppettoga olib borgani va undan Yog’och bolani yasashgan22i haqida. Yog’och bolani baxtli bo’lsin deb Jezeppetto Pinokio deb nomlaydi. Pinokio tabiatan o’yinqaroq, to’polonchi bo’lib, xattoki otasi Juzeppettoni qamoqqa tushishiga ham sabab bo’ladi. Chunki ko’chaga chiqib ketib, qaysarlik qiladi. Buni ko’rgan militsiya hodimi uni qamaydi. Pinokio otasi yo’qligida oyog’ini yoqib yuboradi, qora chigirtkani o’ldirib qo’yadi. Biroq otasi mehribonligi tufayli uni kechiradi. Pinokio maktabga boradi. Otasi unga qog’ozdan kiyimlar qilib beradi, eski kurtkasiga alifbe sotib olib beradi. Biroq Pinokkio maktabga emas, sirkka ketib qoladi. Chunki maktab hech qayerga qochib ketmas edi uning nazarida. Sirkda 5 solkavoy tilla oladi, sababi do’stini o’limdan qutqarib qoladi. Pulni esa Mushuk va Tulki olib qo’ymoqchi bo’ladi. Ular bilan turli voqealarni boshidan o’tqazadi. Bu orada Sehrgar Pari bilan opa- uka tutinadi. Biroq na sehrgar parini, na otasini ishonchini oqlaydi. Pinokioni burni Parini oldida qancha yolg’on gapirsa shuncha o’sib ketaveradi. Pari uni kechirib, burnini arralab tashlaydi. Biroq baribir ularni bunday harakatlarini qadrlamagan Pinokioning Otasi suvda oqib ketadi23. Pari esa vafot etadi. Pinokio yolg’iz qoladi. Kunlardan bir kun Parini ko’rib qoladi. U insonga aylangandi. Shunda Pinokio men ham odamga aylanishim kerak deydi. Pari unga agar yaxshi bo’lsang va maktabga borsang odamga aylanasan deydi. Pinokio yaxshi bola bo’ladi, maktab bolalari bilan urishib qolib qamoqqa ham tushadi.Otasini akuladan qutqaradi va 1 yildan so’ng odamga aylanadi.
Ertak – qissa bizga insonga o’xshab tug’ilsangda, inson bo’lish uchun shijoat va g’ayrat kerakligi, boshqalar singari mehnat qilish, yolg’on gapirmaslik, doimo insonlarga mehribonlik qilish kerakligini o’rgatadi. Axir bejizga olim bo’lma odam bo’l deb aytishmaydiku.
Yana bir jahon adabiyoti namunasi bo’lgan “Tom tog’aning kulbasi” asari bo’lib, unda jahon xalqlarining hozirgi kunda ham qiynayotgan irqchilik muammosi yoritib berilgan. Sodda qora tanli Tom obrazi orqali adiba Bichert-Stou o’sha davr muammosini yoritib bermoqchi bo’lgan.
Jahon adabiyotining durdona qissalaridan biri, qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning qalamiga mansub bo’lgan “Erta qaytgan turnalar” qissasi 1975- yilda yozilgan bo’lib, qissani Asil Rashidov o’zbek tiliga tarjima qilgan. Qissa 2- jahon urushi davrida kichik bir ovulning bolasi Sultonmurodning ochlik va yo’qchilik paytida bir go’zal qizni sevib qolgani, biroq vahshiy bo’rilar bilan olishuvi haqidadir.
Qissa qahramonlari:
- Otasi urushga ketganidan so’ng vafotini eshitgan va tushkunlikka tushib qolgan bola Sultonmurod
- Sultonmurodning sinfdoshi va sevgilisi Mirzagul
- Diydor ramzi turnalar
- Sultonmurodga yordam bergan Onatoy va Erkinbek
- Sultonmurodning kasal onasi va singillari
Qissa syujeti Sultonmurodning otasi urushga ketib, xat xabarsiz yo’qolib qolgani va oila yumushlari uning boshiga tushganidan boshlanadi. U maktabda bolalar bilan birga bug’doy ekadi, frot ortida xizmat qiladi. Sinfdosh qizi Mirzagulni sevib qoladi. Unga turli xil xatlar, sevgi izhorlari qiladi. Biroq Mirzagul bunga javob bermaydi. Bir kun u suvga kelgan Mirzagulni yolg’iz ko’rib qoladi va u bilan gaplashib oladi. Shunda Mirzagul Sultonmurodga ularning ismi yozilgan dastro’molcha beradi. Sultonmurod og’ir urush davrida ham quvonchni his qila oladigan beg’ubor bola. U otasining vafotini eshitib, tog’ga ketib qoladi. U yerda erta qaytgan turnalarni ko’rib, ularning patidan sevgilisiga sovg’a qilishni istaydi. Ovuldagilar Sultonmurod va uning do’stlariga otxonani topshirishadi. Kunlardan birida otxonaga o’g’ri tushib, Sultonmurod va do’stlarini bog’lab ketib otlarni olib ketishadi. Sultonmurod arqonni yechib o’g’rilar ortidan quvadi. Biroq Sultonmurodning otini yaralagan o’g’rilar uni yolg’iz tashlab ketishadi. Natijada och qolgan bo’rilar to’dasi qon hidini sezib, uni o’rab olishadi. QIssa shu yerda yakunlanadi.
Qissa orqali biz, Sultonmuroddek oqko’ngil bo’lishni o’rganamiz. 2- jahon urushi oddiygina ovulni ham boshidan oyoq yo’qchilikka duchor etgani, odamlar bunga bardosh berayotgani haqida bilib olamiz. Buni esa bizning ota- bobolarimiz kabi qirg’iz xalqi ham dovyurak, bardoshli, ekaninini ko’rsatadi.
O’zbek adabiyoti ham didaktik- pandnoma ko’rinishidagi badiiy asarlarga boy bo’lib, jumladan xalq tomonidan yaratilgan va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan o’zbek xalqining ertaklari juda ham qiziq va rang barangdir. Ularning yozuvchisi bo’lmay, xalq tomonidan yaratiladi. O’zbek xalq ertaklari jumlasiga “Uch og’a-ini botirlar”, “Susanbil”, “Ur to’qmoq”, “Zumrad va Qimmat”, “No’xot polvon”, “Laylak bilan tulki” “ Bo’ri bilan tulki”, “Muqbil toshotar” kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. Bulardan “Uch og’a-ini botirlar” ertagi qadim zamonda o’rtaxol bir kishining uch o’g’il farzandini sarguzashtga yuborgani haqida bo’lib, uch o’g’lining kattasi sherni yenggani, kichigi ajdar bilan olishgani, kenjasi esa podsho xazinasiga tushgan o’g’rilarni tutganini kuzatamiz. Podsho karvonsaroyda botirlar haqida eshitib, ularni sinab ko’radi, botirlarning oqil ekanini bilib, o’z qizlarini ularga uzatadi. Biroq fitnachi vazir Kenja botirni podshoni o’ldirishda ayblab, zindonband qiladi. Haqiqat egilsada bukilmaydi. Kenja botir o’zining aybsiz ekanini isbotlaydi. 3 kishi bo’lib ketgan “Uch og’a-ini botir” 6 kishi bo’lib o’z uyiga qaytadi. Ertakdan kitobxon, otaning “baxtsiz bo’lib qolmanglar deb farzandlarim sizlarni o’qitdim” degan so’zi orqali, ilmning baxt-saodatga eltishini tushunsak, to’g’ri bo’ling bexavotir yurasiz, maqtanchoq bo’lmang uyalib qolmaysiz, dangasalik qilmang baxtsiz bo’lmaysiz degan nasihati orqali insoniy fazilatlarimizni kuchaytirib olamiz.
Yana “Susanbil” ertagi ham bo’lib, bu ertak hayvonlarning: suvning tinig’i, o’tning bo’lig’i bo’lgan joy Susanbilga qilgan sarguzashtlari haqidadir. Eshak, xo’roz, buqa, kalamushlar va arilarning jabr- sitamdan qiynalib, ochlik tinkalarini quritganidan so’ng, eshakvoyning onasi aytib bergan Susanbilga jo’nashadi. Susanbilni qidirip topishganidan so’ng u yerda baxtli hayot kechirishayotganda bo’rilar galasi ularga hujum qiladi, biroq bo’rilarning ongsizligi natijasida qahramonlarimiz yulg’ichlarni tum-taraqay qochirib yuborishadi. Eshakvoy va buqa o’zining ho’jayini o’tkazgan jabr sitamlarini unutsa, xo’rozvoy, kalamushlar va arilar ochlikni butun umrga unutib, baxt saodatda yashayverishadi
“Ur to’qmoq” ertagida esa, birovlarning molini o’zlashtirmoqchi bo’lgan boyning pand yeb qolishi haqida bo’lib, laylakdan turli xil yordamlarni ololmagan bechora chol ertak so’ngida kampiri bilan to’kinlikda yashay boshlaydi.
“Tohir va Zuhra” ertagi esa haqiqiy sof muhabbatni kuylaydi. Bu muhabbatni ertakdagi vatanparvarlik bilan qorishib ketganini ko’rishimiz mumkin. Tohir bilan Zuhrani hattoki dengizdagi baliq ham ajrata olmaydi. Axir Zuhrani baliq yutib ketsa-da, qahramonimiz vafot etmaydi. Biz ertakdan vatanparvarlik, yorga sadoqatni o’rganamiz.
Hunar hunardan unar ertagida esa, inson umri davomida hunar egallashi, agar egallay olmasa boshiga qiyin kun kelib qolsa uni yengib o’tishi murakkab bo’lishini ko’ramiz.
Ertaklar bizni teran fikrlash, hayotda erkin yo’l tanlay olishga, bilimga intilishga o’rgatadi. Xalq o’z boshidan o’tqazgan voqea va hodisalarni, baxtli va baxtsiz kunlarini ertakka ko’chirib, bu kunlarni o’z xalqi ko’rmasligi uchun, ulardan saboq chiqarish uchun ertaklarni yaratadi.
Mardlik va vatanparvarlikni kuylovchi Rustamxon xalq dostoni Fozil Yo’ldosh o’g’li tomonidan aytilgan bo’lib, uni Xodi Zaripov 1937- yilda yozib olgan. Dostonning bosh g’oyasi qahramonlik bilan vatanni himoya qilish, yoriga vafodir. Hozirgi kunda ham dostonda uchrovchi dolzarb muammolar, jumladan sotqinlik, muammoni xal qilishda qing’ir yo’llarni izlash kabilardir.
Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur bo‘lib ulg‘aydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qo‘rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko‘rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdirmoqchi bo‘lganida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qo‘lidan qutqarib: “Adashganning oldi yo‘l”, – deya yo‘lga tushadi va Hukumu tog‘ida qo‘nim topib, ovchilik bilan kun ko‘ra boshlaydi. Bu orqali biz onaga bo’lgan muhabbatni ko’rishimiz mumkin
Rustam ov kunlarining birida o‘tovga bog‘lab qo‘yilgan xushsurat qizni ko‘rib qoladi va uning ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni o‘z ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: “Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burilmaydi” degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman, qayishmay ajdahorning yo‘lini aytgin”, – deydi. Ajdar bilan mardonavor kurashib, uni yengadi va qizni o‘limdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos bo‘lgan Bujul yurti Rustamni shohlikka ko‘taradi va Oftoboyim bilan to‘yini qilib uylantirib qo‘yadi. Erkin va oddiy hayot yo‘lini tanlagan Rustam uch kundan so‘ng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu tariqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qo‘rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.
Dostonda bir qancha ayol obrazlari ham gavdalantirilgan. Ayniqsa, Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos go‘zallik, oqilalik, sadoqat va mehribonlik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli tasvirlangan. Xususan, Oftoboy – tengsiz go‘zal qiz. Uni birinchi ko‘rgan Rustam unga shunday murojaat qiladi:
Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,
Seni ko‘rgan odam bo‘lar beqaror.
Oy-u kundan ziyod sening husning bor
Ne qildi seni boylab giriftor?24
Oftoboyda mana shu go‘zallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud. Uning bu fazilatlari Sultonxon o‘z qilmishlariga tavba qilib, o‘g‘li va xotinidan kechirim so‘rash uchun darvesh qiyofasida kelgan paytda ham ko‘rinadi. Oftoboy dostonda oqila kelin, suyukli yor sifatida gavdalanadi.
Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Huroyimdir. Huroyim Sultonxonga o‘g‘il farzand ato etadi, biroq evaziga qanchadan qancha jabr-u sitamlar ko‘radi. Kundoshlari yurtidan quvganida ham, ajal ko‘lanka solganida ham, o‘zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, u o‘zligidan kechmaydi. Undagi go‘zal xulq, oqilalik barcha sitamlardan qutulishida yordam berdi. Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxonni qilich bilan chopmoqchi bo‘lganida, Huroyimning o‘ziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi ko‘zga tashlanadi:
– Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi,
– Tavba qilib o‘zi axtarib keldi, 26
Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi?
Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma,
“Rustam otasini chopibdi” degan
Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.
Dostonda Sultonxon o‘ylamay qaror qabul qiladigan, o‘zgalarning gapiga ishonuvchan laqma, podsho bo‘lsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi. Bu esa bizga hukmdor asli mard bo’lishi kerakligini o’rgatadi. Doston voqealari davomida Sultonxon juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Momogul maston fitnasiga aldanib, oilasidan, xotini va farzandidan ajraydi, ularsiz yashashga mahkum bo‘ladi. Doston so‘ngida Sultonxon o‘z xatolarini tushunib yetadi hamda xotini va o‘g‘lidan kechirim so‘raydi. Oilasini qaytadan tiklaydi, yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatishga kirishadi. Yomonlarni jazolaydi.
Dostondagi boshqa bir qator obrazlar ham voqealarning ishonarli chiqishida xizmat qiladi.
Gulxaniyning she’riy ijodi, garchand, hajman katta bo‘lmasada, 19-asr o‘zbek milliy adabiyoti rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. «Zarbulmasal» nafaqat o‘zbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. Gulxaniy unda 400ga yaqin xalq maqollari, rivoyatlardan samarali foydalangan25. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bog‘lanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyo‘g‘lining quda-anda bo‘lishi sarguzashtlari majoziy, o‘tkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning o‘zaro murakkab munosabatlari asosida o‘z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan.
Zarbulmasal ikki asosiy qahramonni o’zida aks ettiradi: bular quad- anda bo’lmoqchi bolgan Yapaloqqush va Bo’yo’g’lidir.
“Zarbulmasal”ning ikkinchi nomi «Yapaloqqush» hikoyasidir
“Zarbulmasal” xalq ertaklari shaklida yozilgan mukammal mazmunli oʻtkir hajviy asardir. Asarda hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlari tanqidiy kulgu ostiga olinadi. Chunki yozuvchi mehnatkash xalqning ogʻir, mashaqqatli hayotini oʻz koʻzi bilan koʻradi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga boʻlishini payqadi. Bu esa Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida aks etdi.
Gulxaniy oʻz zamonida sodir boʻlgan talon-tarojlik, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan ochiq yoza olmagani sababli asariga Koʻrqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Shoʻranul, Malik shohim va Kordon kabi obrazlarni kiritadi. Bu obrazlarning xatti- harakatiga misol qilib yozuvchi masallar keltiradi.
Yapaloqqush va Boyoʻgʻli yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochkoʻz va qonxoʻr boʻri, aldamchi va shayton tulkilarga oʻxshaydi. Bularning oʻy-fikrlari, yurish-turishlari, shumlik, shahar va qishloqlarning vayron boʻlishi ular uchun bayramdir.
Gulxaniy Zarbulmasalidagi “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulugʻladi, qoʻlingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi boʻlma, koʻr-koʻrona birovga taqlid qilib falokatga yoʻliqma, degan fikrni maymun qismati orqali koʻrsatadi26.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy-foydali mehnat bilan shugʻullanishni har narsadan yuqori qoʻyadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini katta muhabbat bilan tasvirlar ekan, hattoki maymun ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olgʻa suradi.
Mehnatkash xalqning ogʻir hayoti, huquqsizligi va nochorligi, bir soʻz bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan boʻtaloq”da oʻziga xos badiiy taʼsirli qilib beriladi.
Gulxaniyning tasvirlashicha, tuya hayotda ezilgan, tutqun, erk-ixtiyorsiz, ogʻir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy timsolidir. Boʻtaloq esa ona sutiga ham toʻyolmay, ogʻir mashaqqatli hayot kechirgan, ochyalangʻochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.
Gulxaniyning “Toshbaqa va Chayon” masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan: Toshbaqa – aqlli, farosatli, safarlarda koʻp yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon doʻst timsoli27. U oʻz hamrohi Chayonning suvdan oʻta olmasligini bilgach, unga yordam qoʻlini choʻzadi. Lekin Toshbaqa Chayonning xiyonatini – “sen bilmaysanmi Chayonning muddaosi xoh doʻstning koʻksiga, xoh dushmanning orqasiga boʻlsin nish urishdir” degan javobini eshitgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga oʻxshagan odamlar bilan doʻst va hamroh boʻlmaslikka, kishi oʻzini va taqdirini oʻshanday kishilarga topshirib qoʻymaslikka chaqiradi.
Chayon butun umri boʻyi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon-zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy qiyofasidir.
Gulxaniy shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotining maydonga kelishida barakali hissa qoʻshgan qalamkashdir.
Xulosa qilib aytganda, jahon adabiyoti ham, o’zbek adabiyoti ham qadimdan to hozirgi kunga qadar azaliy muammolar bo’lib kelayotgan, ochko’zlik, loqaydlik, kibr va nafsning quli bo’lish, vatangadolik, xiyonat kabi masalalarni yoritib keladi. Ba’zan xazil va ba’zan fojea orqali insonlarni tarbiyalash quroliga aylana oladi. Demak, adabiyot insonlarni to’g’ri yo’lga sola oluvchi qurol desak mubolag’a bo’lmaydi.



Download 128.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling