Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili


Xalq qo’shiqlari, laparlar va maqollarda aks etgan vatanparvarlikning yoshlar ongiga ta’siri


Download 128.83 Kb.
bet5/17
Sana20.06.2023
Hajmi128.83 Kb.
#1627990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2. Dissertatsiya Apparat qismi

1.2. Xalq qo’shiqlari, laparlar va maqollarda aks etgan vatanparvarlikning yoshlar ongiga ta’siri


Kitob haqida har qancha gapirish, uning sifatlarini soatlab maqtash mumkin. Sababi, eng yaqin do‘st, sirdosh, eng zarur hamroh bo‘lgan kitob, insoniyat tarixida kashf etilgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o‘tsada, o‘z o‘rnini hech nimaga bo‘shatib bermagan mo‘jizadir. Buyuk olimlar kitob, kitobxonlik haqida fikr bildirar ekanlar, adabiyotlar bilan oshno qalbga hech qachon yomonlik in qurmasligini ta‘kidlashadi. Ayniqsa, bolaligidanoq kitobga mehr qo‘ygan insonlarning jamiyatda o‘z o‘rni, odamlar orasida obro‘-e‘tibori o‘zgacha bo‘ladi. Milliy o‘zlikni anglash, yoshlarimizda yuksak ma‘naviyatni shakllantirish, ularni ezgu fazilatlar sohibi etib tarbiyalashda kitobning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.


Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev alohida e’tirof etayotganidek, Islom Karimov yosh avlodni ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashning nafaqat moddiy-texnik tomoni, balki nazariy-metodologik, huquqiy va tashkiliy asoslarini ishlab chiqishning tashabbuskori, barkamol avlod tarbiyasini umummilliy vazifa darajasiga ko‘targan buyuk shaxs edi. Uning barcha asarlarida ma’naviyat va madaniyat muammolari bo‘yicha ilmiy asoslab berilgan qoida va xulosalar tamomila yangiligi, milliy va umuminsoniy ruhi mazmunan hamohangligi, Sharq falsafasi, islom ta’limotidagi ilg‘or g‘oyalarga asoslangani hamda mamlakatimiz istiqbolini nazarda tutgani bilan alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarini asosiy mazmun-mohiyati, ularni o‘rganishning bugungi kundagi zarurati va tasnifi, ularda ko‘tarilgan dolzarb masalalar mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, bu sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mohiyati, shuningdek, yoshlar ma’naviyatini shakllantirish masalalari haqida muayyan bilim, tushunchalar berish va ularning bu boradagi bilim, ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirishdan iborat. Bu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz asarlari va ma’ruzalarida yoshlar ma’naviyatini shakllantirish masalalariga juda katta e’tibor qaratilganligi, ma’naviyat masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini asosiy talab va mezonlar bilan bog‘lab o‘rganish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarining mazmun-mohiyati, shuningdek, ularda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish asoslari, yoshlar ma’naviyatini shakllantirish ishlarini tashkil etishni zamonaviylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimovning ma’naviyat sohasidagi farmonlari, hukumat qarorlari va uning amaliy ijrosi aynan o‘zbek milliy ma’naviy qadriyatlarini tiklash, zamonaviylashtirish va sog‘lom turmushni qaror toptirishdan iborat bo‘lgan vazifalarni qamrab oladi. Shu nuqtai nazardan, Birinchi Prezidentimiz milliy ma’naviyatimizning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari, uning jamiyatimiz taraqqiyotidagi roli va ahamiyati singari dolzarb masalalarni “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” nomli asarlarida yoritib berganligi, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bugungi kunda o‘z natijasini ko‘rsata boshlaganligini yoshlar ongi va shuuriga singdirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlari o‘z xalqi taqdiriga chin yurakdan qayg‘uruvchi, o‘zbek xalqini dunyoning eng ilg‘or xalqlari qatorida ko‘rishni istab, shunga qat’iy ishongan, ozod va obod Vatan qurish uchun butun vujudi, g‘ayrati va shijoati bilan mehnat qilgan davlat rahbarining nazariy qarashlari, mulohaza va mushohadalari, teran fikrlari o‘z ifodasini topgan. Bu asarlarda O‘zbekistonda qurilayotgan huquqiy demokratik davlat xususiyatlari, demokratiya va xalq ruhiyati, demokratik tamoyillar rivoji, madaniyatlar va sivilizatsiyalar sintezi, fuqarolik jamiyati tizimini shakllantirish yo‘llari, milliy mafkura zarurati va uning negizlari, milliy qadriyatlarni tiklash, necha ming yillik tariximizni o‘rganishning konseptual g‘oyalari aks etgan.
Islom Karimov asarlaridan tashqari Alisher Navoiyning “Mukammal asarlar to’plami”, Temur Tuzuklari, Pedagogika tarixidan xrestomatiya, Safo Matchonning “Kitob o’qishni bilasizmi?” kabi asarlari ham mavzuni yoritishga yordam beradi.
Yuqoridagi asarlar kabi katta asarlar muallifi bo’lgan Ibn Sino isteʼdodli, xotirasi kuchli, zehni oʻtkir boʻlganligidan oʻz davrida maʼlum boʻlgan ilmlarni tezda egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qurʼoni Karimni boshdan-oyoq yod oʻqir edi. 13 yoshlaridan boshlangʻich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shugʻullana boshlaydi.
U oʻzidan avval oʻtgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur oʻrganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Galen, Gippokrat, Pifagor asarlarini ham qunt bilan oʻrgandi. Ibn Sino o’zining tabobatga qo’shgan katta xissasi bilan butun dunyoga ma’lum va mashhurdir.
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos.
Uning mashhur boʻlgan katta asarlari “Kitob al-qonun fit-tibb” “Kitob ush-shifo”, “Kitob ul-insof” (“Insof kitobi”), “Kitob un-najot” (“Najot kitobi”), “Kitob lison ul-arab” (“Arab tili kitobi”), “Donishnoma”, “Tayr qissasi”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabilardir.
Asarlarining mazmuniga kelsak, “Kitob ush-shifo” 22 jilddan iborat boʻlib, 4 ta katta boʻlimini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Bu asar orqali biz falsafiy dunyoqarashga esa bo’lamiz.
Uning tibbiyotga oid qomusiy asari “Kitob al-qonun fit-tibb” 5 mustaqil katta asardan tarkib topgan: ularning har biri maʼlum sohani izchil, har tomonlama yoritib beradi. Jumladan “Tib qonunlari” kitobining oddiy dorilarga bagʻishlangan ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va isteʼmol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino fikricha, tib ilmida nazariy bilimlar va amaliyot oʻzaro bogʻliq boʻlishi, bir-biriga asoslanmogʻi zarur, aks holda u rivoj topmaydi, oʻz maqsadiga erisha olmaydi.
“Donishnoma” asarida esa “Mantiq, – deb yozadi ibn Sino, – insonga shunday bir qoida beradiki, bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi”. Bu asar orqali biz o’z hayot yo’limizda xato qilmaslikni o’rganamiz.
Buyuk astronom, matematik va geograf al-Fargʻoniy 797- yil, ba’zi ma’lumotlarda 798- yil deb berilgan Farg’onaning Quva shahrida tug’ilgan. Xorun ar- Rashid, somoniylar hukmronligi davrida o’z faoliyatini yuritgan. Bir qancha mamlakatlarga sayohat qilgan. Al-Fargʻoniyning hayoti haqidagi maʼlumotlar juda kam boʻlganligiga qaramay, oʻrta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur boʻlgan. Hozirgi kunda Yevropada uni hamma Alfraganus nomi bilan taniydi.
Uning asarlariga kelsak, Al-Fargʻoniyning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”, “Usturlob yasash haqida kitob”, “Quyosh soatini yasash haqida kitob”, “Nil sathining bir darajasini o’lchash kitobi”, “Farg‘oniy jadvallari13” kabi asarlari mavjud.
Al- Farg’oniy asarlarining mazmuniga kelsak, “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” osmondagi yulduzlar va sayyoralarning joylashuvi, oy va quyosh tutilish payti, bayramlarni aniqlash uchun yulduzlar ilmidan foydalanish haqidadir.
“Nil sathining bir darajasini o’lchash kitobi” gidromerik ma’lumotlarga boy asar bo’lib, bu asar keyinchalik Miqyos an Nil inshootini yaratilishiga asos bo’ldi.
“Quyosh soatini yasash haqida kitob” asari esa qadimda insonlarga quyosh soati qanday yasalishi va undan foydalanishni o’rgatuvchi yo’riqnoma bo’lgan. Bu kitoblarni o’qir ekanmiz, necha asrlab oldin bizning ajdodlarimiz qanday buyuk bo’lganini bilib olamiz.
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yil sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi. Rayhon tahallusini turli xil o’t- o’lanlarga qiziqqani uchun olgan bo’lsa, Beruniy tahallusi uning shahardan tashqarida tug’ilganini anglatadi. Yoshligidan yetim bo’lgan Beruniyni somoniylardan bo’lgan Ibn Iroq o’z qaramog’iga oladi. O’smirlik davrida ko’p asarlarni o’rganadi. 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi.
Beruniy dunyo kezadi va ko’rganlari, o’rganganlarini jamlab bir qancha asarlar yaratadi. Bular jumlasiga “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xorazmning mashhur kishilari”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “Masʼud qonuni”, “Mineralogiya”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Sheʼrlar toʻplami”, “Ibn Sino bilan yozishmalar14” kabilar kiradi.
Asarlarining mazmun- mohiyatiga kelsak, uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida o‘ziga ma’lum bo‘lgan xalqlarning yil taqvimlari, rasm-rusumlari, hayitlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Jumladan, rimliklarda achchiq va sho‘r narsalarni faqatgina belgilangan ma’lum kunlarda tanovvul qilinishi, qon olishishlari sovuq kunlarda amalga oshirilmasligini, Navro’z bayrami nishonlash tartibi kabi ma’lumotlarni berib o’tadi. Bu asar bizga turli xalqlarning etnomadaniy hayotini o’rganishda qo’l keladi.
“Mas’ud qonuni” asari esa o’sha davr hukmdori Mas’udga bag’ishlangan bo’lib, ushbu asar astranomiyaga oiddir.
“Hindiston” asari esa hind xalqi, hayoti turmush tarsi, geografik joylashuvi haqida bo’lib, aynan ushbu asarda Beruniy Amerikaning mavjud ekani, Muhit okeani narigi tarafida ekanini aytib o’tadi.
“She’rlar to’plami” asari esa adabiyotda ham Beruniyning qalami o’tkir bo’lganini ko’rsatadi.
Beruniyning e’tirofiga kelsak, O’zbekistonda Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi mavjud, Beruniy nomida metro bekati va ko’cha joylashgan. Uning asarlarini jamlab fanlar akademiyasi chop ettirdi. Mirkarim Osim uning faoliyatini badiiy jihatdan o’rgangan bo’lib, jayhun ustida bulutlar asarini yaratdi. Beruniy o’zbek xalqining faxriga aylangan mutaffakkirlardan biridir.
Buyuk olim, shoir Ogahiy 1809- yil 17- dekabrda Xiva atrofidagi Qiyot qishlogʻida tavallud topgan. Otasi Erniyozbek vafot etgach, yosh qolgan Ogahiyni togʻasi, shoir, avlat arbobi Munis oʻz tarbiyasiga oldi. Munis vafot qilgandan keyin xon uning oʻrniga Ogahiyni bosh miroblik vazifasiga tayinlaydi.
Ogahiydan boy ijodiy meros qoldi. U madrasada oʻqib yurgan paytlaridayoq “Bayozi mutafarriqai forsiy” nomli bayoz tuzdi. “Riyoz ud-davla”, “Jome ul-voqeoti Sultoniy”, “Zubdat ut-tavorix”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” nomli tarixiy asarlar yozdi. “Taʼviz ul-oshiqin15” nomli 22 janrni o’zida jamlagan devon tuzdi.
Ogahiy asarlarining mazmun- mohiyatiga kelsak, uning «Ogohnoma» qasidasi ijodida salmoqli o’rin tutadi. Bu asar Muhammad Rahimxon Soniy, ya’ni Feruz Xiva taxtiga chiqishi munosabati bilan bitilgan. Qasida shohga tabrik va otasining o’limi uchun unga hamdardlik bilan boshlanadi. Ogahiy boshqa qasidago’ylar singari yosh hukmdorni maqtab, xushomad tulporini maydonga surmaydi, balki yurt boshqarish yuzasidan aniq va foydali o’gitlar beradi, hukmdorni xalq holidan ogohlantiradi. Asar hukmdorlarga maslahat va o’gitlar beruvchi foydali manbaadir.
“Bo’lmasa bo’lmasun, netay” radifli g’azali esa Ogahiy lirikasidagi eng e'tiborli g'azallardan biri sanaladi. Uning lirik qahramoni taqdiri ham o'zgacha. Oshiq tun-u kun ishq o'tidan nola-fig'on chekadi, jon-u jismi azoblanadi. Hatto u shu qadar ko'p ko'zyosh to'kadiki, bu yoshlar qirg'oqsiz ummonga aylanadi. Ammo ma'shuqadan hech qanday javob yo'q. U oshiq holiga beparvo yuraveradi. Ammo bir kun unga oshig'ing ishqingda daryo-daryo ko'zyosh to'kib o'ldi deyishadi. Shunda qiz javob beradi: "Mening ham ko'zyoshlarim daryo-daryo"... Asar Alloh ishqini, ya’ni majoziy ishqni ifodalaydi.
“Ustina” radifli g’azalida esa Ogahiy arab tilidagi harflardan foydalanib, sevikli yorini tasvirlaydi. Biroq bu yerda siyosiy fikr ham bor, g’azalda ey shoh sen boyu kambag’alni teng tut deydi. Bu bilan esa hukmdorga shohlik adolatni talab qiladi deb aytmoqchi bo’ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi globallashuv sharoitida kitobning ahamiyatini yanada oshirish hamda insonlar xonadonlaridagi javonlaridan o‘rin olishligi bugungi kunning davr talabidir. Chunki, internet, uyali telefon, mobil texnika kabi aloqa vositalari ko‘payganiga qaramasdan kitob o‘ziga xos jozibasi, kuchini saqlab qolmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘laveradi.

Download 128.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling