Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili


III BOB MAVZUGA DOIR TAJRIBA- SINOV ISHLARI


Download 128.83 Kb.
bet8/17
Sana20.06.2023
Hajmi128.83 Kb.
#1627990
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
2. Dissertatsiya Apparat qismi

III BOB MAVZUGA DOIR TAJRIBA- SINOV ISHLARI


Ushbu bobda “Yoshlarda daxldorlik tuyg’usini shakllantirishda kitob mutolaasining o’rni va ahamiyati” mavzusida dars tashkil etish va unda innovatsion metodlardan foydalanish, mavzu yuzasidan dars ishlanmasi va amalga oshirilgan tajriba- sinov natijalari masalalari yoritilgan.


3.1. Xalq og‘zaki ijodi durdonalari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda sitajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o`tkazish metodikasi

Inson kitob o’qishga kirishar ekan, unda o’sha adabiyotga qiziqishni uyg’ota bilish kerak. Fan o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi: metod qanday tanlanadi , qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak , o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin?


O’quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan o’z o’rnida foydalanish o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, bilish faoliyatini faollashtiradi, o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligi yuqori darajada bo’lishiga imkon yaratadi.
Oliy ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog-xodim zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o’qitiladigan fanlar bo’yicha sifatli bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishni ta’minlovchi pedagogik usullarni qo’llay bilishi lozim. SHuningdek, bundan mutaxassis har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektga ega bo’lgan, fan asoslarini chuqur o’rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma’rifatli va ma’naviyatli inson bo’lishi ham kerak.
Shunday ekan, bizningcha, yuqoridagi vazifalarni to’la-to’kis amalga oshirishni ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog-xodimlarga o’z mutaxassisligidan tashqari, xorijiy tillardan birini egallagan bo’lishi hamda kompьyuter texnikasidan foydalana olishi shartligi to’g’risidagi talab qo’yilishi maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg’ulotlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, dars mashg’ulotlari sifati va mazmunini tubdan yaxshilash maqsadida pedagog-xodimlarga metodik ko’rsatmalar berish maqsadida “Innovatsion markaz” faoliyatini takomillashtirish, mazkur markaz kuch va imkoniyatlaridan pedagog-xodimlarning malakasini oshirish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish maqsadga muvofiq. Ta’limga innovatsiyalar kirib kelishi dialektik tavsifga ega bo’lgani uchun ham yangiliklarni yaratish, joriy etish, o’zlashtirish va amaliyotga tatbiq etishga doir vazifalarni muvafaqqiyatli hal etishga xizmat qiluvchi innovatsion markaz faoliyatini yo’lga qo’yish har jihatdan samarali bo’ladi.
Yoshlarni kitob mutolasiga o’rgatishda ilg’or xorijiy tajribalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Aksariyat xorijiy davlatlarda, jumladan, Yevropa va aksariyat MDH mamlakatlarida huquqiy ta’lim sohasida o’quvchilar bilimini baholash xolisligi va sifatini oshirish maqsadida ta’lim muassasalarida Votum interaktiv tizimini joriy etiladi.
Mazkur Votum interaktiv tizimi ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan yangi yoki ilgari o’tilgan mavzuga oid bilimlarni tekshirish maqsadida auditoriyaga o’rnatilgan monitor va maxsus pulьt, shuningdek tizimli blok vositasida amalga oshiriladi.
Bunda guruhdagi o’quvchilarga oid ma’lumotlar hamda mavzuga oid test savollari dasturga kiritiladi. Mashg’ulot boshlanishidan oldin barcha o’quvchilarga individual pulьt tarqatiladi. Nazorat boshlanganda monitorda o’quvchilarning ro’yxat raqamiga mos ravishda tartib raqamlar indikatori paydo bo’ladi. Har bir savolga javob berish uchun vaqt pedagog-xodim tomonidan belgilanadi. SHu vaqt ichida o’quvchi savolga javob berish uchun o’zidagi individual pulьtdagi tugmalarni bosish orqali javob beradi. Mashg’ulot yakunida monitorda o’quvchilarning javoblari aks etgan ko’rsatkich namoyish etiladi hamda shunga asosan ularning bilimi baholanadi.
Shu o’rinda o’quvchilar bilimini baholash xolisligi va sifatini oshirish maqsadida ta’lim muassasalarida Votum interaktiv tizimini joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish , ilg’or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat ,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozim. Umumiy holda metodning tanlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib, o’zaro almashinib turadi. Tabiiyki , bu faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro chog’shtiriladi. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o’quvchi aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi.To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi . Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga , mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi. Interaktiv (ingl. Interaction-o`zaro ta`sir) metodlar - bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo`lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. 28
O`qitishning interfaol(aktiv)ligi - o`quvchining bilish faoliyatini faollashtirish va o`zaro ta`sir asosida tayyorgarlik samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biridir. Interaktiv mashg`ulot - o`qituvchi va o`quvchilar o`zaro faol ishtirok etadigan mashg`ulot; jarayon hamkorlikda kechadi. Interaktiv metodlar o`zining qo`yridagi o`ziga xos jihatlari bilan izohlanadi: 1. Interfaol metodlar o`qituvchi bilan o`quvchining faol munosabati, bir-birini to`liq tushuntirishga asoslanadi. 2. Interfaol metodlarni o`quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda bo`lmasin, qaerda o`tkazilmasin darsda o`qituvchi bilan o`quvchining hamkorlikda ishlashini va natijada o`zlashtirishlarini ta`minlashi lozim.3. Bunda o`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi, kuzatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi.4. Ushbu metodlar orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.Interfaol metodlarda o`qitishning mohiyati quyidagicha: - o`rgatuvchi ham o`rganuvchi ham ma`lumotlar bilan faol ishlashi; - o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o`rgatishi; - o`qituvchiga «o`quvchilarni fikrlashga o`rgatish uchun» xizmat qilsa, o`quvchilarga esa, «fikrlashni o`rganishlari uchun» xizmat qilishi;
Zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning muhim jihatlari ta`lim samaradorligiga erishishga etarlicha hissa qo`shish bilan ahamiyalidir. Bugungi kunga kelib interaktiv metodlarning ko`plab turlari aniqlangan. Masalan: 1. Aqliy hujum. Breynshtormin 2. O`yinli o`qitish texnologiyasi 3. Jamoaviy o`qitish usuli 4. Kichik guruhlarda ishlash metodi 5. Tarmoqlar metodi 6. «3x4» metodi 7. Blits o`yini 8. Interv`yu metodi. 9. Iearxiya metodi. 10. Bumerang 11. «O`quvchi» metodi 12. Muloqot metodi. 13. Boshqaruv metodi va boshqalar. 29
Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir . Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir . Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi . Shu boisdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz . Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa , boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi . Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning o’quvchilar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi , ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir . Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. Darvoqe, o’qitishning yalpi,guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi.Misol uchun debat metodi ikki o'quvchi o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha o’quvchining ishtiroki zarur bo’ladi. Interfaol mtedlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki,pedagogik texnolgik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,o’quvchining u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi. Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni bosqichidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay ,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchiga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish,shuningdek,o’quvchi faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan bilim,ko’nikma,malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga ega,ya’ni,har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim30.
Qanday shakl,metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
-o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;
-o’quvchi tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
-o’quvchida mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;
-o’quvchining o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Download 128.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling