Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili


Tadqiqotda qо‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi


Download 128.83 Kb.
bet4/17
Sana20.06.2023
Hajmi128.83 Kb.
#1627990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2. Dissertatsiya Apparat qismi

Tadqiqotda qо‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Tadqiqotda tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez, kompleks va tizimli yondashuv, qiyosiy-tipologik va komponent tahlil, obyektivlik, tahliliy xulosa kabi metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy metodologik asosini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning asarlari, ma’ruzalari, nutqlari, intervyulari, respublikamiz olimlari va xorijiy olimlarning tadqiqot mavzusiga oid asarlari tashkil etadi.
Dissertatsiya natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, unda bayon etilgan umumiy fikrlar, xulosalar mavzuga doir keyingi tadqiqotlar uchun muayyan manba bо‘lishi mumkin. Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa, tadqiqot materiallaridan о‘quvchi va talaba yoshlarning bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamlash jarayonida, ijtimoiy barqarorlikning iqtisodiv va ma’naviy asoslarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va tadbirlarni о‘tkazishda, hamda turli toifa va darajadagi ta’lim muassasalarida yordamchi о‘quv-uslubiy qо‘llanma sifatida foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Shuningdek, tadqiqot ishida bayon etilgan g‘oyalar, xulosa, taklif va tavsiyalar asosida aholi о‘rtasida ayniqsa turli millatli, elatli jamoalarda ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirishda, ijtimoiy barqarorlikni shakllantirishda yordam beradi.
Tadqiqotning tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, oltita paragraf, har bir bob yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALOVCHI XALQ OG‘ZAKI IJODI DURDONALARINING TAHLILI


Ushbu bobda dahldorlik tuyg’usi tushunchasini yoritib beruvchi badiiy asarlar va ularning mualliflari hamda dahldorlik tuyg’usi tushunchasini yoritib beruvchi ilmiy asarlar va ularning metodologik ahamiyati masalalari yoritilgan.


1.1 Dostonlar vatanparvarlik namunasi sifatida


Dunyoda turfa ilmlar, bilimlar ko‘p. Ularni ifoda etuvchi kitoblarning son-sanog‘i yo‘q. Allomalardan biri “Agar inson kitob o‘qishdan to‘xtasa, u fikrlashdan ham to‘xtaydi, degan edi. Ha inson fikrlashi mumkin, ammo u irfoniy fikrlamaydi. Shuning uchun ham biz kitob varaqlarida ifodalangan ma‘naviy quvvat manbaidan, doimiy sug‘orilib turilishimiz lozim. Dunyoga teran ko‘z, uyg‘oq nigoh bilan boqish, avvalo kitoblar orqali kechadi. Davlatimiz tomonidan chiqarilgan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida7” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 2017 yil 13 yanvarda e‘lon qilingani aholi ayniqsa yoshlar orasida kitob o‘qishni targ‘ib etishga qaratilganligi ayni muddao bo‘ldi.


Hukumatimizning bu da‘vati biz kabi yoshlarni ham befarq qoldirmadi. Menimcha bu farmon, yoshlarimiz kitoblar dunyosiga yanada teran kirib borishlariga turtki bo‘lib xizmat qildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda kitob do‘konlarini bezagan asarlarning rang-barangligi, insonning ma‘naviy olamini boyitishga ulkan xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘zbek adiblarining asarlari yangi dizayn, rang-barang shakl va uslublarda taqdim qilinishi kishini quvontiradi. Shunday ekan dunyoda kitobdan yaxshi do‘st va sodiq hamroh yo‘q. Uning sehri-yu betakror olamiga, mo‘jizalariga oshno bo‘lmagan, undagi qahramonlar bilan sarguzashtlarni birga kechirib, do‘st tutinmagan kitobxon bo‘lmasa kerak. Bu borada bolalar adabiyotining o‘rni beqiyos. O‘quvchi-yoshlarda kitobga bo‘lgan muhabbatni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab uzluksiz ta’lim tizimida turli xil ko‘rik-tanlovlarni hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda doyimiy ravishda tashkil qilib borish lozim. Chunki, bu kabi tadbirlar va kitobxon kechalarini o‘tkazish orqali yoshlarimizning kitobga bo‘lgan mehrini hamda qiziqishini yanada ortishi uchun imkon yaratgan bo‘lamiz.
Ma‘lumki, ilgari poyezd, avtobus va metroga chiqqaningizda kattayu-kichikning qo‘lidan kitob, gazeta hamda jurnallar tushmas edi. Bugun texnika va texnologiyalar yuksalib borayotgan bir davrda yashayotgan ekanmiz, kompyuterlar olami bizni batamom qurshab oldi. Hatto kompyuterga qarab nafas oladigan bo‘lib qoldik. Xaqli bir savol tug‘iladi! Hayotimizga tezkorlik bilan kirib kelayotgan so‘ngi aloqa, turli xil ko‘ngil ochar vositalari bizni haqiqiy insoniylik xazinamizdan uzoqlashtirmayaptimi?. To‘g‘ri, biz bugungi kunda kitobni kamroq mutolaa qiladigan bo‘ldik, ko‘proq mobil telefonda gaplashishni yoki bizga kerakli ma‘lumotni internetdan qisqa muddat ichida topishni kitob o‘qishdan ko‘ra anchayin afzal ko‘ramiz. Hozirda texnika kundan-kunga rivojlanib, zamonamiz ilgarilab boryapti. Bu qaysidir jihatdan yaxshi albatta. Binobarin, kompyuter texnologiyalarini puxta egallash zamon talabi va taraqqiyotning oldingi saflarida borish degani. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, na internet, na telefon, na kino va na teleserial kitob o‘qishning zavq-shavqini berolmaydi. Chunki kitob o‘qish jarayonida odamning qalbiga, vujudi va ongiga ta‘sir etish bilan ularni boyitadi, dunyoqarashni o‘stiradi. Dunyoda kitob o‘qishdan boshqa ma‘naviy huzurbaxsh mashg‘ulot yo‘qligini baralla aytish lozim. Bir so‘z bilan aytganda kitob insonni xar tomonlama ma‘naviy komillik sari yetaklaydi.
Mana shunday badiiy adabiyotlar doimo hayotimizni bezaydi. Misol tariqasida, Abdulla Avloniyning “Biz va Siz8asarini olamizmi, yo bo’lmasa xalq og’zaki ijodidan “Alpomish” dostonini olamizni, ularning barchasida vatanparvarlik, daxldorlik tushunchasi yoritib berilgan.
Jumladan, Alpomish dostoni Fozil Yo’ldosh o’g’li tomonidan aytilgan bo’lib, Hodi Zaripov uni yozib olgan. Voqealar ikki qismdan iborat bo’lib, dostonda o’zbek xalqining azal- azaldan imon- e’tiqod, or- nomus va yurt birligi yo’lida o’zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan.
Doston qahramonlari:
- 7 yoshda alp bo’lgan, Shohimardon pirning tamg’asini olgan asli ismi Hakimbek bo’lgan Alpomish
- Mard va jasur qo’ng’irot qizi Barchinoy
- Aka- uka bo’lgan Qalmoq hukmdori Boybo’ri va Qalmoq boylaridan Boysari
- Alpomishning do’sti, islom dinini qabul qilgan sodiq so’st Qorajon
- Yomonligi bilan dong taratgan Surxayl maston
- Qalmoq alpi Ko’kaldosh
- Qultoyqul
- Yodgor
- Jonivor bo’lsada o’zining sujetga ta’sirini ko’rsatgan Boychibor ot va boshqalar
Doston syujeti nasl sanashdan boshlanadi, Qo’ng’irot elida Dobonbiy o’tib, undan Alpinbiy farzand bo’libdi, Alpinbiydan 2 o’g’il Boybo’ri va Boysari qolipdi. El yurtda ular befarzandlikdan sharmanda bo’lganidan so’ng Shohimardon pirdan farzand tilab olishibdi. Biroq aka- ukalar farzandlar katta bo’lishgandan so’ng tortishib qolishadi va Boysari qalmoq yurtiga jo’nab ketadi. U yerda Barchinoy qalmoq alplariga talash bo’lib turgan paytda, yoshligidan unashtirilgan yori Alpomish keladi va unga do’st tutingan Qorajon bilan birgalikda Barchinoy qo’ygan 4 shartni yutib, yurtlariga qaytishadi. Surxayl maston Alpomishning qilgan ishlari uchun qasd olish maqsadida Boysari yordamida Alpomishni chaqirib oladi, uni 7 yil zindonband etadi. Alpomish zindondan chiqib, Toychixon va Surxayl kampirni, yurtidagi o’gay ukasi Ultontozni yengib, o’g’li Yodgor, Barchinoy bilan murod- maqsadlariga yetadi. Ushbu dostonda Alpomish haqiqiy alp, u 7 yil zindonda yotganida hattoki qo’rqmasdan:
Zindonchilar mendan xabar olasan
Xolimni shohinga eltib borasan
Men Alpomish nazarkarda botirman
Botirlikdan shul zindonda yotirman
Omon- eson chiqib olsam zindondan
Toychixon elini zirillaturman9 deydi. Bu bilan u o’zining haqiqiy mard ekanini ko’rsatib qo’yadi.
Doston kitobxonga vatanparvarlikni o’rgatadi. Alpomish obrazi orqali o’z vatani va yorini sevish kerakligini, og’ir kunda ham faqat o’zining aqliga tayanish kerakligini ko’ramiz. Boysari va Boybo’ri obrazi orqali esa biz aka- ukalar o’rtasida mehr- muhabbat qanchalik kerak ekanini tushunamiz. Barchinoyning alplardan birini dast ko’tarib yerga urganida esa kitobxon, asl o’zbek qizi o’z nomusi uchun qanday kurashishi kerakligini anglaymiz. Bejizga bu doston vatanparvarlik dostoni emas. Sarguzashtlardan tashqari esa biz qadimiy etnomadaniy urf- odatlarimizni ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan choch siypatar, qo’l ushlatar, it irillar marosimlari ham, o’zligimizni unutmaslikka, o’zbeklar qanday xalq ekanini yodga solishga xizmat qiladi. Doston kattaga ham kichikka ham birday yoqadi.
Yoki o’zbek nasrchiligida o’zining o’rniga ega bo’lgan Oybekning qalamiga mansub bo’lgan bolalik xotiralarim qissasi 1963- yaratilgan bo’lib, qissaning bosh qahramoni Yosh Muso, ya’ni Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning o’zidir. Оybеk hаyotining so‘nggi yillаrigаchа bоlаlik kunlаrini o‘zgаchа sоg‘inch bilаn хоtirlаrdi. Uning bu esdаliklаri «Bоlаlik» nоmli hаjmаn kаttа qissаsining dunyogа kеlishigа zаmin bo‘ldi.
Qissada Yosh Musodan tashqari yana bir qancha qahramonlar bor, jumladan:
- Musoning akasi Isa
- Musoning bobosi qaysar Dadaqo’zi amaki
- Maqtanchoq do’st A’zam
- Urish yillaridan so’ng yolg’izlanib qolgan Mirahmad ota
- Do’kon baqqollari
- Musaning opasi va boshqalar
Yosh Muso juda o’yinqaroq, urish davridan so’ng odamlar endi o’zlarini qayta tiklab, tirikchilikni yo’lga qo’ygan paytlar. Muso latifa aytish, chollarni ko’nglini xushlashga usta. U bobosini yonidan ketmaydi, goh handalak so’raydi, goh xandonpista. Dadaqo’zi amaki nabirasini juda yaxshi ko’radi, boshqa nabiralaridan ko’proq erkalaydi. Oybek ayni shu narsalarni xotirlaydi. Qissada yozuvchi “o’sha davr voqealarini ham yozib o’tadi. Jumladan rus tuzumining olib brogan ishlari, Xonlik davrida Qo’qon xonini qipchoqlarga yem qilgan Musulmonqullar haqida”10 aytib o’tadi. Bolaning ko’ngli poshsho qismida esa endi bahor kirayotgan bir paytda do’sti A’zam ox xandalak deb Musoning ishtahasini qitiqlaydi, natijada bobosiga xarxasha qila boshlagan Musoning ko’ngliga qarab bobosi xandalak olib beradi va “Bolaninng ko’ngli poshshoda” deydi. Bundan ko’rinib turindiki biz bola istayotgan narsani qilmasak, u baribir podshodek aytagini qildirmay qo’ymaydi. Qissa orqali biz o’sha davrda Oybek nima ishlar qilgani haqida ma’lumot olish bilan bir qatorda, uning harakatlari orqali o’zimizga xulosa chiqaramiz. O’z bolaligimizni beixtiyor o’ylab ketamiz.
Shuhrat medali sohibi Nabijon Boqiy
1. Qur’oni karim, Hadisi shariflar to‘plami (Hazrat Ismoil Buxoriy), Injili sharif.
2. Lev Tolstoy. “Urush va tinchlik”, tetralogiya (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
3. Chingiz Aytmatov. “Jamila”, “Oq kema”, qissalar (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
4. Gabriel Garsia Markes. “Mustabidning zavoli”, roman (ruschasi).
5. O‘rxon Pomuq. “Qor”, roman (turkchasi yoki ruschasi).
6. Stefan Sveyg. “Mariya Styuart” (ruschasi).
7. Mixail Sholoxov. “Tinch Don”, tetralogiya (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
8. Fyodor Dostoevskiy. “Aka-uka Karamazovlar”, tetralogiya (ruschasi).
9. Migel Servantes. “Don Kixot”, roman (ruschasi).
10. O‘ljas Sulaymonov, “Аз и я” (ruschasi)11 ushbu asarlarni dunyoning eng tarbiyaviy asarlari deb hisoblaydi.
Yuqoridagi barcha asarlar yoshlar, ma’naviyatini, ularda vatanga, oilaga, o’ziga va atrofidagilarga daxldorlik tuyg’usini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Paragraf so’ngida O’tkir Hoshimovning asarini keltirib o’tmoqchiman. Bunda vatan ichidagi kichik vatanning, oilaning onaning siymosi ta’riflanadi.
O’tkir Hoshimov qalamiga mansub bo’lgan “Dunyoning ishlari” qissasi eng ezgu, eng samimiy hislar haqida hikoya qiladi. Qissada asosiy yoritib berilgan shaxs bu ONA. Ona bizni kichik etligimizdan boshlab, to katta inson bo’lib ketishimizgacha yuvib- taraydi, 100 ga kirsak ham onamizng bolasi bo’lib qolaveramiz. Bu asar hikoyalardan tashkil topgan bo’lib, har bir hikoya mustaqil sujetdan tashkil topgan. Uning markazida esa Ona, Hakima aya turadi.
Asardagi
- “Gilam paypoq”
- “Oq oydin kechalar”
- “Tush”
- “Alla”
- “Oltin baldoq”
- “O’ris bolaning oyisi”
- “Iltijo”
- “Haqqu” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi.
Asar ortiqcha jimjimadorlikdan xoli, asar dostondek o’qiladi, uni o’qib o’z onalarmizni eslaymiz. “Gilam paypoq” hikoyasida “ona farzandini kasallikdan asrash uchun oyoqlarini sovuqqa oldirib qo’yadi12”. Keyinchalik o’g’il esa onasiga doim Kavkazdan gilam paypoq olib keladigan bo’ladi. “Alla” hikoyasida esa o’ris bolaning onasi alla aytayotganini eshitgan yozuvchi beixtiyor o’z yoshligini eslab, dunyoning u chetida turgan bola, dunyoning bu chetida turgan odamning gapini tushunmasada, ona allasini tushunishi haqida beg’ubor fikrlarini aytadi. “Haqqu” hikoyasi esa, ikki aka- ukaning vaqti kelganda bir- birini ko’rgani ko’zi bo’lmay, doimo urushgani, ularni ajralib ketganda esa doimo baqirib bir- birlarini qidirgani haqidadir. Bu esa kitobxonlarga o’z aka- singillarmizni asrashimiz, ularga hurmatda bo’lishimizni ko’rsatib o’tadi. “Qarz” hikoyasida esa asarning bosh qahramoni Hakima ayaning qo’shnilarining haqqini ado qilish uchun o’z pensiyasidan velosiped, qand kabi narsalarni olib beradi. Hakima ayaning bu ishi qo’shnilar hisobini ham ado qilishimiz kerakligini o’rgatadi. “Iltijo” hikoyasi esa asarning eng so’nggi hikoyasi bo’lib, onaning meni ham kitob qilib yozmaysanmi o’g’lim degan so’zlarini hazilga yo’ygan o’g’ilning, ona vafotidan so’ng ana shu kitobni olib kelgani haqidadir. Biz asardan onaning qadri, onaning mehri haqida ma’lumot olib, o’z onamizning qanchalik mehribon ekanliklarini o’ylay ketamiz.



Download 128.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling