Mundarija Kirish I. Nazariy qism
Xavfsizlik qoidalariga qo`yilgan talablar
Download 0.93 Mb.
|
kurs курс лойиха намуна
3.3. Xavfsizlik qoidalariga qo`yilgan talablar
GOST 949-73 ga asosan sanoat korxonalari uchun kerakli gazlarni suyultirilgan va yuqori bosimdagi holatida saqlash imkoniyatini beradigan ballonlarni kam hajmli 0,4-12 l, o‘rtacha 20-50 l va katta hajmli 80-500 l qilib belgilangan. Ballonlarning kam va o‘rtacha hajmlari, agar ularning ishchi bosimlari 10, 15 va 20 MPa atrofida bo‘lsa, uglerodli po‘latdan, yuqori bosimdagilari esa sifatli nikel, xrom va boshqa metallar qo‘shilgan po‘latdan tayyorlanadi.[17] Ballonlarga to‘ldirilgan gazlarni bir – biridan farqlash uchun ular ma’lum ranglar bilan bo‘yaladi. Shuningdek kerakli belgilar qo‘yilib, gazning nomi yozib qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari ballon bo‘g‘zining tekis qismiga tayyorlagan zavodning tovar belgisi, tayyorlangan oyi va yili, sinalgan vaqti va sanoatda havfsizlikni ta’minlash nazorati qoidalariga asosan keyingi sinash davri yozib qo‘yiladi. Ballonlar to‘ldirish joylarida ularning ichki bosimi 0,05 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Chunki qoldiq gaz ballonda qanday gaz borligini aniqlash imkonini beradi. Agar ballon atsetilen uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda qoldiq gaz 0,65 MPa dan kam va 0,10 MPa dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ma’lum miqdordagi gazning bo‘lishi unda qanday gaz borligini aniqlashdan tashqari idishning zich yopilganligini kafolatlaydi va shuningdek idishga tashqi havoning kirib, xavfli vaziyat vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suyultirilgan va yuqori bosim ostida siqilgan gazlarni saqlaydigan idishlar xilma – xil tuzilishga va hajmga ega bo‘ladi. Ularning asosan bir erga o‘rnatilgan va harakatlantirib yurgizish uchun mo‘ljallangan turlari mavjud. Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. Ma’muriyat birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa, ya’ni jarohatlanishishlab chiqarish bilan bog‘langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlari uchun to‘liq haq to‘lanadi.[17] Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan havfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo‘l qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan Yong‘inlar sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va turar joylarda yuz berishi mumkin bo‘lgan, etkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Yong‘inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga, og‘ir baxtsiz hodisalar, zaharlanish, kuyish natijasida kishilar hayotini olib ketgan hollar ko‘plab uchraydi.Shuning uchun ham yong‘inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi. Umuman yong‘in chiqmasligini ta’minlash, yong‘in chiqqan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketishining oldini olish, moddiy boyliklarni, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora – tadbirlar bo‘lib, bu masalalar mehnatni muhofaza qilishning tarkibiy qismi hisoblanadi.[17] Xulosa Xulosa qilib aytganda bug’latish qurilmalarini loyihalashdan ko’zlangan maqsad ham shu jarayon uchun optimal sharoitlarda ya’ni maksimal unumda ishlaydigan apparatlarni yaratishdir. Bu kurs loyihamizda 100 gradusli metil spirt suv yordamida sovutishdan iborat edi. Sovitilgan gazning miqdoridan kelib chiqib sovutishga sarflanadigan issiqlik Q ni topdik. Hisob kitoblar natijasida Q= Vt ga teng bo’ldi. Issiqlik miqdori bo’yicha tanlagan materialimiz uchun issiqlik o’tkazish koeffitsienti K ni ma’lumotnomalardan oldik. Hisob so’ngida esa issiqlik almashinish yuzasi F ni sarflangan issiqlik miqdori Qni issiqlik o’tkazish koeffitsienti K va foydali temperaturalar farqi t ga nisbatidan hisoblaganimizda 91m2 chiqdi. Bu yuza bo’yicha erkin sirkulatsion ko’chma kamerali sovutgich qurilmasining kerakli parametrlarini tanladik. Xulosa qilib aytganda qo‘llanmaning vazifasi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan jarayonlar va qurilmalarni hisoblash va loyihalash usullarini o‘rgatishdan iborat. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling