Mundarija: kirish mavzuning maqsad va vazifasi


Qishloq xo’jaligida mehnat munosabatlari va mehnatni tashkil qilishning nazariy


Download 286.5 Kb.
bet3/16
Sana05.01.2022
Hajmi286.5 Kb.
#226770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kazakova

3. Qishloq xo’jaligida mehnat munosabatlari va mehnatni tashkil qilishning nazariy asoslari

Fermer xo’jaliklarida mehnat munosabatlarini tashkil etish iqtisodiyot tarmoqlari orasida eng murakkab jarayon hisoblanib, bu yerda ishlab chiqarishga biologik, genetik, fiziologik, ijtimoiy va tabiiy omillar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu tarmoqda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hamda mehnat munosabatlarini tashkil etish o’ziga xos xususiyatlar kashf etadi.

O’zbekistonda qishloq xo’jaligi iqtisodiyotda o’ziga xos o’ringa ega bo’lib, uning YaIMning o’sishidagi hissasi 15,3 foizni, o’sish sur’atlari esa, barqarorlashib, keyingi yillarda o’rtacha 6,6 foizni tashkil etadi1.

Mamlakatimiz agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari asosida Fermerlik harakati rivojlantirilib mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. 

Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko’payib, bugungi kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o’rinlari barpo etildi. 

Olib borilgan iqtisodiy islohotlar, fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida joriy yilda mamlakatimiz bo’yicha 8 million 377 ming tonna g’alla yetishtirildi. 

Fermer xo’jaliklari faoliyatini samarali boshqarish natijasida 2 million 930 tonnadan ziyod paxta hosili, 12 ming 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna go’sht va sut mahsulotlari olishga erishildi2.

Ma’lumotlarga ko’ra, respublikada mehnat resurslarining soni 2017 yilda o’rtacha 18672,5 ming kishini yoki jami aholi sonidagi ulushi 57,7 % ni tashkil qildi3.



Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14357,3 ming kishini (jami mehnat resurslarining 76,9 %i), shuningdek, iqtisodiy nofaol aholi soni - 4315,2 ming kishini tashkil qildi (23,1 %i). Iqtisodiy faol aholi sonining jami aholi sonidagi ulushi 44,3 % ni tashkil qildi (1.1-rasm).



Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling