Mundarija: kirish mavzuning maqsad va vazifasi


Qishloq xo’jaligida mehnatni tashkil etish shakllari, tamoyillari va vazifalari


Download 286.5 Kb.
bet5/16
Sana05.01.2022
Hajmi286.5 Kb.
#226770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kazakova

4.Qishloq xo’jaligida mehnatni tashkil etish shakllari, tamoyillari va vazifalari.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlardan biri – mehnatga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirish, har bir qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnatning sifati va samaradorligiga yarasha haq to’lashni ta’minlash hamda mehnatni moddiy rag’batlantirish tizimini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilganligidir.

So’nggi yillarda qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri fermerlik harakatini rivojlantirish bo’lib, bu jarayon qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanishdagi tarkibiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Xususan, sobiq shirkat xo’jaliklari o’rnida fermer xo’jaliklarining tashkil etilishi hisobiga qishloq xo’jaligida band bo’lganlar sonining keskin kamayishiga erishildi, mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, respublikada mehnat resurslarining soni 2017 yilda o’rtacha 18672,5 ming kishini yoki jami aholi sonidagi ulushi 57,7 % ni tashkil qildi4.

Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14357,3 ming kishini (jami mehnat resurslarining 76,9 %i), shuningdek, iqtisodiy nofaol aholi soni - 4315,2 ming kishini tashkil qildi (23,1 %i). Iqtisodiy faol aholi sonining jami aholi sonidagi ulushi 44,3 % ni tashkil qildi.

Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: «... endi bizga bir paykalga 100 kishini qo’yib, unumsiz mehnat qilishning keragi yo’q. Qishloq xo’jaligida 10 foiz odam band bo’lsa kifoya. Shundagina biz ko’zlagan maqsadlarimizni amalga oshirish uchun zaminga ega bo’lamiz»5. Bu jarayon qishloq xo’jaligida band bo’lganlar soning keskin kamayishi hisobiga qishloqda ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi va uni oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi. Shu o’rinda yangi tashkil etilayotgan fermer xo’jaliklarida noqishloq xo’jalik ishlab chiqarishni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash hamda unda mehnat munosabatlarini to’g’ri tashkil qilish muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning turli shakllari, jumladan, fermer xo’jaliklarining ustuvor rivojlanishi tarmoqda raqobat muhitining shakllanishi va rivojlanishiga, balki mehnat munosabatlari va moddiy rag’batlantirish tizimini o’zgartirishga olib keldi. Fermer xo’jaliklari bilan ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlarni adolatli tarzda qonuniy va me’yoriy xujjatlar asosida tashkil etishga keng e’tibor qaratildi. Fermer xo’jaligida bir yoki bir necha oilaning o’zaro hamkorligidagi mehnatlari pirovard natija uchun oila a’zolarida yuqori ma’suliyat, aniq hisob-kitob, qat’iy tartib-intizom yuqori moddiy manfaatdorlikka erishish hamda o’z oilasining faravonligini ta’minlash xo’jalikning umum faoliyat bilan o’zaro mutanosiblikda amalga oshiriladi.

Biroq, fermer xo’jaliklarining shakllanish va rivojlanish bosqichida, xo’jalik ichki munosabatlarini bozor tamoyillariga mos tashkil etish to’liq yo’lga qo’yilmagan bo’lib, bunday jarayon avvalambor, ichki munosabatlarni tashkil etish va tartibga solishning huquqiy-tashkiliy hamda iqtisodiy asoslarining takomillashmaganligi, amaliy tajribani yetishmasligi, fermer xo’jaliklari moliyaviy holatlarining barqaror emasligi, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ichki shartnoma tizimini to’g’ri va to’liq yo’lga qo’yilmaganligi hamda fermer xo’jaliklarida moddiy rag’batlantirishning samarali mexanizmi yaratilmaganligi kabi omillar bilan izohlanadi. Shuningdek, fermer xo’jaliklarida yollanma ishchilarni mavsumiy yollashdagi mehnat munosabatlarini bugungi holati ham ushbu jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Shu nuqtai nazardan, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fermer xo’jaliklarida mavjud salbiy holatlarni bartaraf etish, avvalambor, mehnat munosabatlarini tashkil etish va moddiy rag’batlantirish tizimini huquqiy-tashkiliy hamda iqtisodiy asoslari, shart-sharoitlarining nazariy jihatlarini o’rganish, amaliy faoliyatini tahlil etish hamda mehnat munosabatlari va moddiy manfaatdorlik tizimini takomillashtirish orqali fermer xo’jaliklarini barqaror rivojlantirishga erishish bo’yicha nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu esa, iqtisodiyotni erkinlashtirish va qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi bosqichida fermer xo’jaliklarida mehnat munosabatlari va moddiy rag’batlantirish tizimini tashkil etish va takomillashtirishga yangicha yondashuvni taqazo etadi hamda ushbu mavzuni tanlashga asos bo’lib xizmat qiladi.

5. Fermer xo’jaliklarida mexnat resurslaridan samarali foydalanishning moxiyati va zaruriyati



Mexnat unumdorligini oshirishning asosiy omillaridan biri mexnat resurslaridan samarali foydalanishdir. Mexnat bozoridan maksimal foydalanish va ularni jamiyat manfaatlariga xizmat qildirish qishloq xo’jaligini rivojlantirishda muxim rol’ o’ynaydi.


Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling