Mundarija: kirish mavzuning maqsad va vazifasi


Download 286.5 Kb.
bet6/16
Sana05.01.2022
Hajmi286.5 Kb.
#226770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kazakova

Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.

Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat.

Umumiy mehnat bozori milliy mehnat bozorlarining oddiy yig’indisi bo’lmaydi. Ushbu bozor shakllanadigan yagona iqtisodiy makondagi boshqa tizimlar (bojxona, valyuta-moliya, innovasiya tizimlari, institusional tizim va boshqa tizimlar) bog’lanadigan ko’p funksiyali murakkab tizim bo’ladi. Umumiy mehnat bozorida ish kuchiga bo’lgan samarali talab va umumiy talabni farqlash kerak bo’ladi. Umumiy talab miqdor jihatdan ish bilan bandlar soni va unga qo’shiladigan vakansiyalar soniga teng bo’ladi. Samarali talab esa hisob miqdori bo’lib, umumiy talab bilan ortiqcha miqdor hajmining farqi sifatida belgilanadi.


Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling