Mundarija: kirish mavzuning maqsad va vazifasi


0,0 20,0 40,0 60,0 80,0 100,0


Download 286.5 Kb.
bet4/16
Sana05.01.2022
Hajmi286.5 Kb.
#226770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kazakova

2017



2016


0,0 20,0 40,0 60,0 80,0 100,0

% da
Iqtisodiy faol aholi Iqtisodiy nofaol aholi
1.1-rasm Mehnat resurslari sonining taqsimlanishi ( %da)
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini modernizasiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanish natijasida sohada band bo’lgan ortiqcha ish kuchini boshqa tarmoqlarga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish, bunda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sohasiga xizmat qiluvchi tarmoqlarni rivojlantirish, kichik qayta ishlash korxonalari, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish mumkin.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligida samarali ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish muammosi oshib boradi. Bunday sharoitda mehnat munosabatlari hamda uni to’g’ri tashkil qilish masalasi yuzaga keladiki, bu esa, avvalambor, ularga oid turli nazariy qarashlar va amaliy jarayonlarni o’rganishni taqazo etadi. Jumladan, mehnat va mehnat munosabatlari qishloq ho’jaligida muhim vosita sifatida talqin qiluvchi bir qator nazariy qarashlar mavjud.

Pyer Buagilber, tovar narxining shakllanishida mehnat omilining bevosita ishtirok etishini ta’kidlagan holda “mamlakat boyligi pul miqdori bilan emas, balki mamlakatga tegishli bo’lgan buyumlar va moddiy ne’matlarning jami miqdori bilan, tovar narxi esa shu tovarga sarflangan mehnatning miqdori bilan belgilanadi” degan xulosaga keladi.

Fiziokratlar maktabi asoschisi Fransua Kene qishloq xo’jaligini rivojlantirish mamlakat boyligini oshirish manbai g’oyasida sof mahsulot to’g’risidagi ta’limotni yaratdi. Uning talqin etishicha “sof mahsulot – ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshadigan qishloq xo’jaligidagi mehnat bilan yaratilgan”.

Ingliz iqtisodchisi Adam Smit mehnat nazariyasini yanada takomillashtirib, mahsulotlarning hajmi ishlab chiqarishda qatnashadigan aholining ulushiga va undagi mehnat unumdorligiga bog’liq, jumladan mehnat taqsimlanishi va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining chuqurlashtirilishini mehnat unumdorligi oshishining sharti degan xulosaga kelgan.

Shuningdek, Adam Smit yuqorida fikrlari keltirilgan iqtisodchilarning g’oyalarini umumlashtirib qiymat va mehnat nazariyasiga quyidagicha ta’rif bergan: “... mehnat, qiymatning birdan-bir umumiy hamda birdan-bir aniq o’lchovlaridir yoki u birdan-bir shunday o’lchagichki, uning vositasida biz turli tovarlarning qiymatini barcha zamonlarda va barcha joylarda o’zaro taqqoslay olamiz” Shuningdek, mehnatni rag’batlantirish bo’yicha “mehnat uchun haq to’lash mehnatni tabiiy taqdirlashni yoki ish haqini tashkil etadi” fikrni ilgari suradi. Shu o’rinda, u “... renta yerni ishlashga sarflangan mehnat mahsulotdan birinchi chegirishni tashkil etadi .... foyda yerni ishlashga sarflangan mehnat mahsulidan ikkinchi chegirishdir. Deyarli har qanday boshqa mehnatning mahsulidan huddi shu tariqa foydaga chegirish amalga oshiriladi” deb ta’kidlaydi.

Iqtisodiyotda qiymatga oid mehnat nazariyasi yanada rivojlantirilib, insoniyat tarixiy rivojlanishining borishiga muhim ta’sir ko’rsatdi. Jumladan, David Rikardo o’zining «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» asarida «Tovarning qiymati yoki u ayirboshlanayotgan birorta boshqa tovarning miqdori uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga to’lanadigan ko’proq yoki kamroq haqqa emas, balki shu mehnatning nisbiy miqdoriga bog’liq bo’ladi» deb ta’kidlagan holda uch asosiy ijtimoiy sinfni: yer egalari, kapital egalari va ishchilarni bir- biridan farqlagan edi. Ularning har biri esa, o’z daromadini, tegishli shaklda: renta, foyda va ish haqi shaklida oladi. Ammo, Rikardo fikricha, renta ham, foyda ham ishchilar haqi to’lanmagan mehnatning qismidir. Ish haqi miqdorini David Rikardo xodim va uning oilasi tirikchilik mablag’lari qiymati bilan belgilab, A.Smitdan farqli ravishda bu qiymatni yashash minimumi bilan qat’iy cheklagan. David Rikardo fikricha, xodimning mehnati qiymatning yoki narxning yagona manbai ekan, mehnat unumdorligi oshmagan holda ish haqining oshishi narxning o’zgarishiga ta’sir etmay, korxona egasi oladigan foydaning kamayishiga va, aksincha, mulk egalari daromadining oshishi ish haqining pasayishiga olib keladi.

Shunday qilib, mehnat to’g’risidagi nazariya birinchidan, abstrakt inson mehnati tovarlar qiymatining yagona manbai va ikkinchidan, ishchi kuchi - insonning o’z qiymatidan ko’proq qiymat yaratadigan mehnat qobiliyati bo’lib, bu qobiliyat yuqorida ta’kidlanganidek, A. Smit, D. Rikardolarning qiymatni mehnat nazariyasiga tayangan va tovarlar qiymatining negizida mehnat yotadi degan qoidani to’liq qabul qilganligidan dalolat beradi.

Mehnat to’g’risidagi nazariya asosida ishchi kuchi yoki mehnat qobiliyati - inson organizmi, insonning tirik shaxsiga ega bo’lgan va u har safar biron-bir iste’mol qiymatini ishlab chiqarayotganida ishga soladigan jismoniy va ruhiy qobiliyatlarining yig’indisi sifatida o’ziga xos talqinda ifoda etiladi.

Xususan, bu ta’riflarda ishchi kuchiga mehnatga qodirlik emas, balki aholi toifalari, ya’ni mehnat uchun inson resurslari tushunchalari birlashtiriladi. Lekin, ana shu ta’riflarning barchasida aholining turli toifalari ko’rsatilgan. Birinchidan, muayyan yoshdagi ish bilan bandlar va ishsizlar bo’lsa, ikkinchidan ish bilan bandlarning barchasi va ishsizlarning barchasi, uchinchidan esa, faqat barcha xodimlardir.

Shundan kelib chiqqan holda, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan oqilona va samarali foydalanishda mehnat munosabatlari omili katta ahamiyat kasb etadi. Mehnat munosabatlari atamasi ilmiy ahamiyatga ega bo’lib, bugungi kunda faol ravishda ishlatilmoqda va unga xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashga tarkibiy element sifatida qaralmoqda.

Iqtisodiy nazariyada mehnat munosabatlari – insonlarni mehnat faoliyati sohasida ishchi kuchlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tushuniladi.

Mehnat munosabatlari shakllanishining asosiy funksiyalari quyidagicha:


  • insonlarni mehnatga bo’lgan layoqatini rivojlantirish, oshirish va tayyorlash uchun qulay muhit yaratish va qo’llab-quvvatlash;

  • ishchilarni to’liq va oqilona bandligi uchun qulay muhit yaratish;

  • ishchi kuchidan samarali foydalanish muhitini ta’minlash;

  • mehnat bandligini optimal tashkil qilish va samarali boshqarish muhitini shakllantirish;

  • mehnatga haq to’lashni baholash uchun muhit yaratish.

Mehnat munosabatlari turli xil tarmoqlarning amaliy faoliyatida muayyan o’rin egallaydi. Chunki, mehnat faoliyati amalga oshadigan barcha obyektlarda shaxslar va ijtimoiy guruhlarning o’zaro aloqalari iqtisodiy, ruhiy va huquqiy jihatdan tavsiflanadi. Mehnat munosabatlarida – shaxs- yollanma xodim; ish beruvchi-korxona (firma, xo’jalik), tadbirkor; davlat- subyekt sifatidan namoyon bo’ladi. Bu jarayonlarni quyidagicha guruhlash mumikin: ish bilan bandlik va mehnat munosabatlari; mehnatni tashkil qilish va uning samaradorligi bilan bog’liq mehnat munosabatlari; mehnatni taqdirlash va shu munosabat bilan yuzaga keladigan mehnat munosabatlari.

Mehnat munosabatlarining bunday tarkibi qishloq xo’jaligida ham o’z aksini topsada, bu tarmoqning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib mehnat munosabatlari shakllanadi.

Qishloq xo’jaligida mehnat munosabatlarining muhim xususiyatlari avvalombor, mavsumiylik bilan bog’liq bo’lgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yil davomida ishlovchilarning noteks band bo’lishida aks etadi. Ishchi kuchidan mavsumiy foydalanishni yaqqol namoyon bo’lishi ishlab chiqarish vaqti va ish davrining o’zaro mos kelmasligi bilan izohlanadi.

Shu o’rinda, qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanishni baholash uchun ko’rsatkichlar tizimini asoslash muhim ahamiyat kasb etadi. “Mehnat resurslari” va “ishchi kuchi” atamasining turli xilligi sababli ulardan foydalanishining samaradorlik ko’rsatkichlarini uch guruhga bo’lish maqsadga muvofiq, ya’ni:



  1. qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga mehnat resurslarini jalb qilish darajasi;

  2. ishchi kuchidan ish vaqtida to’liq foydalanish;

  3. ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi;

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga mehnat resurslarini jalb qilish darajasini tavsiflovchi ko’rsatkich mehnat resurslaridan foydalanish koeffisiyenti hisoblanadi.

Ishchi kuchidan ish vaqtida to’liq foydalanishni ifodalovchi ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:



  • bir xodim tomonidan amalda bajarilgan ish kuni soni;

  • ishchi kuchidan foydalanish koeffisiyenti;

Yillik ish vaqti fondi mehnat qonunchiligiga mos maksimal darajada ishlash imkoniyati bo’lgan kalendar fond (365 yoki 366 kun)dan (kalendar fonddan navbatdagi mehnat ta’tillari, bayramlar va dam olish kunlari olib tashlanganda) va amalda ishlangan vaqtdan iborat. Maksimal darajada imkoniyati bo’lgan va ish vaqtini ishlangan yillik fondini taqqoslash, undan foydalanish darajasini tasniflaydi va yo’qotishlarni ko’rsatadi.

Ish vaqti fondidan foydalanishni yaxshilashga esa quyidagilar natijasida erishish mumkin:



  1. mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish hamda mehnat intizomini mustahkamlash yo’li bilan kundizgi va ichki almashuv vaqtdagi yo’qotishni bartaraf etish;

  2. yangi texnologiyalar joriy qilish va yordamchi ishlarni to’g’ri tashkil qilish, operasiyalarni birlashtirish, xodimlar malakasini oshirish va mehnat sharoitini yaxshilash asosida ish vaqti xarajatlarini qisqartirish.

Mehnat resurslaridan ekstensiv foydalanishni ko’paytirishda yil davomida xodimlarning teng tarzda yuklanishiga erishish katta ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligining mavsumiy xarakterga ega ekanligini inobatga olsak, bu sohada yil davomida ishchilarning teng tarzda yuklanishiga erishish dolzarb muammoligicha qolmoqda.

Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida mavsumiy mehnatni kamaytirish uchun uni sanoatdagi mehnat bilan mutanosibligini ta’minlash yo’li bilan erishish mumkin.

Shuningdek, qishloq xo’jaligida mehnat munosabatlarining bozor tamoyillariga mos kelishi aksariyat jihatdan, ishchi kuchi takror ishlab chiqarishni kengaytirish xodimlarning mehnat qilish qobiliyatlarini tiklash, muntazam ravishda moddiy turmush sharoitini oshirib borish va mehnat resurslarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha mutanosibligini ta’minlashda o’z aksini topadi.

Qishloq xo’jaligida ishchi kuchilari takror ishlab chiqarishni kengaytirishni tashkil etuvchi asosiy elementlari – mutaxassislar, suvchi, mexanizator hamda boshqa xodimlarning ta’lim va bilim olish darajasini oshirish hisoblanadi. Bu esa, bevosita qishloq xo’jaligida zamonaviy agrotexnologiyalar va ishlab chiqarish qo’llash, murakkab va unumdor texnikalardan foydalanish chegaralari hamda imkoniyatlarini kengaytirib, pirovardida qishloq xo’jaligida resurslardan samarali foydalanish va mehnat unumdorligining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Qishloq xo’jaligida qo’l mehnatini texnikadan foydalanish bilan almashtirish nafaqat mehnat jarayonini samaradorligini oshiradi, balki mexnatni sharoiti va xarakterini o’zgartiradi, shuningdek qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi.

Shuning uchun ham mehnatni ijtimoiy sharoitlarini tahlil etishning muhim jihatlari bo’lib ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan birlashish usuli ishlab chiqarishni texnikaviy qurollantirish, uni yangi texnologiyalar bilan jihozlash hisoblanadi. Bular esa, bevosita ishchi- xodim shaxsini ijtimoiy sharoitlarini rivojlantirishga olib keladi.

Mehnat munosabatlarini tashkil etishga bunday yondashish ishlab chiqarish samaradorligini oshishi, mehnat unumdorligini o’sishi va shaxsning rivojlanish birligini ta’minlaydi.

Qishloq xo’jaligida mehnat munosabatlarini rivojlantirish quyidagi ichki omillar, ya’ni bir tomondan iqtisodiy o’sishning ehtiyojlari, ishchi ishchi kuchini tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha joylashtirishni mutanosibligi, boshqa jihatdan esa, ijtimoiy rivojlanish talablar, aholini moddiy va ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqilmog’i lozim.

Bu esa, bevosita qishloq xo’jaligida ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilashning quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishini talab etadi:


  • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va qishloqda kengayayotgan mehnat faoliyatini muntazam ravishda intensiv rivojlantirish;

  • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga mehnatga layoqatli aholini keng jalb qilish;

  • mehnatga haq to’lashni tashkil qilish, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish shakllarini rivojlantirish;

- ishlovchilarning mehnat qilish faolligini oshirish, mehnat intizomiga rioya qilish va uni mustahkamlash hamda bajarilgan ish natijalari bo’yicha javobgarligini oshirish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonlarini tashkil etish orqali yordamchi, sanoat korxonalari va kasanachilikni rivojlantirish;

  • qishloqda mehnat taqsimotini rivojlantirish, yangi – zamonaviy talab yuqori bo’lgan kasblarni egallashda va ulardan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratish;

  • qishloq xo’jaligida mehnat sharoitini yaxshilash, uning mavqyeini oshirish, qishloqda obodonchilik, madaniy va maishiy hamda transport xizmatlari ko’rsatish muammolarini yechish kabilardir.

Pirovardida esa, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlanishiga erishishda mehnat munosabatlarini takomillashtirish orqali nafaqat ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, ijtimoiy muammo hisoblangan bandlikni ta’minlashda muhim tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslar yaratilishiga olib keladi.


Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling