Mundarija Kirish Umumiy qism Texnologik qism Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish


Arrali jinlarda paxtani jinlash texnologiyasi


Download 142.21 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi142.21 Kb.
#1508036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Biotexnologiya, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnol

2. Arrali jinlarda paxtani jinlash texnologiyasi
Chigitli paxta quritilib va tozalangandan so'ng paxta tozalash korxonasining
bosh binosiga kelib tushadi, u yerda esa tola chigitdan ajratib olinadi.
Jinlash jarayoni - bu chigitning yuzasidan tolani yulib olishdir, shuning
uchun bu jarayon asosiy jarayon deb hisoblanadi.
Bu jarayonning mohiyati
Tolaning chigitdan ajralish kuchi yakka tolaning uzilish kuchidan
(pishiqligidan) 2-3 barobar (1,8-2,4 cH), (3,8-4,2 cH) kam bo'lgani uchun, u chigit
o'sgan (rivojlangan) joyidan uzunligini yo'qotmagan holda ajraladi.

Shuning uchun g'o'zaning uzun tolali va o'rta tolali paxta navlariga qarab bu
ko'rsatkich har xil bo'ladi, shunga qarab tolani chigitdan ajratish jarayoni ikki turga
bo'linadi, ya'ni arrali va valikli.
Jinlash jarayonining turlari
Valikli jinlash korxonasida paxta navining uzun tolalilari, ularning I, II, va III
navlariga ishlov beriladi, arrali jinlar ishlatiladigan korxonalarda esa, o'rta tolali
paxta navlarining hammasi va uzun tolali paxtaning IV, V naviga ishlov beriladi.

Bunday jarayonning quyidagicha tushuntirish mumkin: valikli jinlarda asosiy
ishchi qism bo'lib charmli valik hisoblanadi, uning esa yuzasi tukdor bo'lib uzun
tolali paxtaning tolasini chigitidan ajratib olishda salbiy ta'sir qilmaydi, aksincha
uzun bo'lgan bu tolalarni tabiiy holida saqlab qoladi, shuning uchun ish
unumdorligi ancha past bo'lsa ham bu jarayon muvaffaqiyatli qo'llaniladi.
Jinlash asosiy vazifasi
Arrali jinlarning asosiy ishchi qismi metalldan yasalgan arra (o'tkir tishlari
bilan) hamda qobirg'ali panjaradan iboratdir. Bu ikki ishchi qismining organning
bir-biri bilan bo'lgan muloqoti natijasida tola chigitdan ajratiladi, ya'ni arra o'z
tishlari bilan tolani ilb olib, so'ng uni chigitdan mjburan uzib ajratadi, shu uslda tola
chigitdan ajraydi, juda ham qo'pol va salbiy ta'sirlar albatta bo'ladi. Shuning uchun
ham I-III nav uzun tolali chigitli paxta tolasini ajratishda arrali jinlardan
foydalanilmaydi.
Jinlash jarayonida paxta va tola ayrim miqdorda mayda iflosliklardan
tozalanadi, paxta uchun ta'minlagich ishlatiladi, tola uchun esa tola arradan ajratib
olinayiotganda undagi havo yordamida, chiqindilarning o'z og'irligi evaziga toladan
ajrab chiqadi. Paxta tozalash korxonalarida jinlash bo'limi alohida bo'ladi. PD
ta'minlagichi (24-rasm) bir- biriga qarama-qarshi aylanadigan valiklari (1) paxtani
shaxtadan bir tekisda olib qoziqchali baraban (2) ga uzatadi, bu baraban paxtani
titkilab to'rli sirt (3) ustidan sudrab o'tib uni mayda xas-cho'plardan tozalaydi.
Tozalangan chigitli paxta qoziqchali baraban yordamida nov (4) ga uzatiladi va
jinning ishchi kamerasiga tushadi. Qabul qiluvchi valiklarning aylanishini ta'minlash valigining o'qiga o'rnatilgan IBA rusumli impulsni variator orqali rostlanadi.



Download 142.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling