Mundarija: kirish


MILLIY IQTISODIYOTDA TARKIBIY O’ZGARISHLAR DINAMIKASI VA ISTIQBOLLARI


Download 0.75 Mb.
bet10/15
Sana09.11.2021
Hajmi0.75 Mb.
#172566
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURSAVOYREJASTRUCTURE 27.11.2019(1)

3. MILLIY IQTISODIYOTDA TARKIBIY O’ZGARISHLAR DINAMIKASI VA ISTIQBOLLARI

O`zbekiston o`zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan eng qisqa muddatlarda, ya`ni 1996 yildayoq iqtisodiy tanazzulning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minladi va iqtisodiyot tarkibini o`zgartirish bilan bog`liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga oshirishga kirishdi.

O`zbekiston iqtisodiyoti 1996-2003 yillar davomida o`rtacha yillik 4% o`sish darajasi bilan rivojlandi. Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan boshlab yillik 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.

Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o`sish sur`atlari qishloq xo`jaligida 1,9 marta (2007-2016 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish – 6,5%), sanoatda – 1,7 barobar (5,6%), qurilishda – 3,9 barobar (15,0%), xizmatlar sohasida – 2,5 barobar (9,7%) o`sganligi hisobiga ta`minlangan.11

Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o`sish sur`atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o`zgarishlarining yuz berishi ta`minlandi.

Tarkibiy o`zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.

Mustaqillik yillarida sanoat tarmog`I va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining (1995 yilda 32,4 foizdan 2016 yilda 17,6 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi.

Sanoat tarmog`ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o`sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo`shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha oshishi va 2018 yilda 28,8 foizni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich 2030 yilga borib 34,4 foizga yetkazish ko’zda tutuilgan (2-jadval). 12


2-jadval


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling