Mundarija: kirish


O`zbekiston Respublikasi bo`yicha yalpi ichki mahsulotning tarmoqlari tarkibi


Download 0.75 Mb.
bet11/15
Sana09.11.2021
Hajmi0.75 Mb.
#172566
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURSAVOYREJASTRUCTURE 27.11.2019(1)

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha yalpi ichki mahsulotning tarmoqlari tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. So`m)13

Ko’rsatkichlar

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.*

2018 y.

2020

2025

2030

mlrd. So’m

%

mlrd. So’m

%

mlrd. So’m

%

YaIM, jami

302,8

100,0

3 255,6

15 923,4

62 388,3

199 325,1

407 514

100,0

653 546

1 325 578

2 319 275

100,0

Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi

85,1

28,1

978,5

4 192,8

11 201,0

32 048,1

117 316

28,8

166 316

278 009

426 472

18,4

Sanoat
(qurilishni qo`shgan holda)

73,1

24,1

658,6

4 142,0

18 875,3

59 820,9

115 818

28,4

219 341

441 362

805 021

34,7

Xizmatlar

104,8

34,6

1 210,9

5 898,5

26 595,1

90 202,9

128 817

31,6

210 145

445 408

797 652

34,4

 

Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi va 2018 yilda 31,6 foizni tashkil etdi. 2030 yilga borib 34,4 foizga yetkazish ko’zda tutuilgan.



Mustaqillik yillarida YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo`yicha tub o`zgarishlar ro`y berdi. Nodavlat sektori YaIM ni ishlab chiqarishda asosiy o`rinni egalladi va uning ulushi 1995 yildagi 58,4 foizdan 2016 yilda 81,3 foizgacha oshdi (4-rasm).



4-rasm. YaIM ni ishlab chiqarishning mulkchilik shakllari bo`yicha tarkibi14

Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob`ektlarni hususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko`p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan.

Kichik tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy rivojlanish ko`rsatkichlari quyidagicha:

Ishbilarmonlik muhitini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab quvvatlash va yanada rag`batlantirish natijasida uning YaIM dagi ulushi 2000 yildagi 31,0 foizdan 2016 yilda 56,9 foizgacha oshdi.

Yakuniy iste`mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to`g`risidagi ma`lumot yakuniy iste`mol talabini qondirish va mamlakat milliy boyligining o`sishi uchun iste`mol qilingan ntel va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash, YaIM ning yakuniy iste`ntell`nalishlari bo`yicha asosiy proportsiyalarini tahlil qilish imkonini beradi.

Yalpi jamg`arilish asosiy ntelle va moddiy aylanma vositalari o`sishini ifodalaydi. 1991-2016 yillarda yalpi jamg`arilishning ulushi barqaror rivojlanish tendentsiyasiga ega bo`lib, YaIM ning o`rtacha 25 foizini tashkil qildi. Yalpi jamg`arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. Mazkur ko`rsatkichning ulushi 1991 yildagi 25,1 foizdan 2016 yilda 27,8 foizgacha o`sdi.

Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof eksportining YaIM dagi ulushi o`rtacha 2 foizni tashkil qildi (eksport 30,5%, import 28,5% ).

So`nggi yillarda YaIM ning asosiy elementlarida barqaror o`sish tendentsiyasi kuzatilmoqda.





5-rasm.2001-2016 yillarda asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi va yakuniy iste`mol xarajatlarining o`zgarish dinamikasi (2000-100%)15

2001-2016 yillar mobaynida yakuniy iste`mol xarajatlarining o`rtacha yillik o`sishi 9,6% ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr mobaynida 4,3 baravardan ko`proqqa oshdi. Bu esa, asosan uy xo`jaliklari xarajatlarining 5,3 marta oshishi hisobiga ta`minlandi. Shuningdek, davlat boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real xarajatlari sezilarli darajada, 2,3 martaga oshdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida jamoat tashkilotlari (diniy, xayriya va x. k.) faoliyatining faollashishi va kengayishi UXXKNT real xarajatlarining 2,3 martaga o`sishiga imkon berdi (5-rasm).

Mamlakatda investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari asosiy ntelle jamg`arilishning mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish hisobiga barqaror o`sib borayotganligidan dalolat beradi. So`nggi yillarda (2001-2016 yillar) asosiy kapitalning jamg`arilish me`yori YaIM ning 25 foizini tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlari ko`rsatkichlariga mos keladi.

2001-2016 yillar davomida asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi 5,4 barobardan ko`proqqa ortdi, o`rtacha yillik o`sish sur`ati esa 11,5 % tashkil etdi, bu esa kuzatilayotgan davrdagi YaIM ning o`rtacha yillik o`sish sur`ati (7,3 %) ntell`proqni tashkil etadi.

Keyingi yillarda mamlakatning tarkibiy o`zgarishida hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga yo`naltirilgan bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi.

2001-2016 yillarda YaHM ning nisbatan kichik o`rtacha yillik o`sish sur`ati o`rtacha respublika darajasi (107,3 %) bilan taqqoslaganda Navoiy (104,5 %), Farg`ona (105,8 %) va Toshkent (106,5 %) viloyatlarida kuzatildi.





6—rasm.2016 yilda YaIM ni shakllantirishda hududlarning ishtiroki (YaIM ga nisbatan foizda).16

O`zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy o`sish sur`atlaridagi notengliklar bir qator ob`ektiv sabablar – bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy-geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko`pgina omillar bilan izohlanadi.

Respublika YaIM ni shakllantirishda YaHM ning ulushi bo`yicha Toshkent shahri 15,8 % bilan yetakchilik qildi. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari mos ravishda 10,3 va 7,5 % ko`rsatkich bilan ntell o`rinlarni egallaydi.

YaHM ning eng kam ulushi Sirdaryo (2,1 %), Jizzax (2,5 %) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (3,3 %) qayd etiladi (6-rasm).

Aholi jon boshiga YAHM ning hududiy differentsiatsiyasi bo`yicha tahlili shuni ko`rsatadiki, Toshkent shahrida bu ko`rsatkich o`rtacha respublika darajasidan 2,1 barobarga yuqori. Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich 1,8 barobar, Toshkent viloyatida 1,2 barobarni tashkil etadi. Aholi jon boshiga YAHM ning hajmi bo`yicha hududlararo tafovut 3,9 barobarni tashkil qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo`nalishlari diversifikatsiyalash, resurslarga qaramlikni kamaytirish, yuqori ulushli qo`shilgan qiymatga ega tarmoqlarni rivojlantirish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni o`zlashtirish hisoblanadi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi iqtisodiy o`sish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishga yo`naltirilgan.

Hududlar iqtisodiyotini tashkil qilishning takomillashtirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar xom-ashyo ishlab chiqarishga yo`nalganligini bartaraf etishga, ishlab chiqarish-texnologik bazasini shakllantirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini berdi.

Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo`layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko`rsatib beradi.

O`zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo`nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashda mazkur soha muhim o`rinni egallamoqda.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo`nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2016 yillarda bozor xizmatlari hajmi 2,7 martaga oshib, 92,5 trln.so`mgacha ko`paydi. Aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 2,3 martaga o`sdi va 2,9 mln. So`mni tashkil etdi.17

2010-2016 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendentsiyalarini ko`rsatib turibdi. 2016 yilda Namangan, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahri peshqadamlar qatoridan joy egallashgan. Toshkent shahrida yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlanishi, avvalo aholi real daromadlarining o`sishi, yakuniy iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, bu har xil turdagi xizmatlarning rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatmoqda.

Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish sanoatini hisobga olmagan holda) – Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri bo`yicha xizmatlar sohasining o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Jizzax va Surxondaryo viloyatlariga nisbatan yuqoriligi kuzatildi.



Shu bilan birga, respublikaning iqtisodiy rivojlangan hududlarida yuqori salmoqqa ega bo`lgan xizmat turlarining oshishi tendentsiyasi kuzatilmoqda
(7-rasm).



7-rasm. Jami transport xizmatlari hajmida hududlar bo’yicha transport xizmatlarining ulushi (foizda)18

Yangi ish o`rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror o`sishini ta`minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o`zgarishlar qilish imkonini beradi.



Bu esa, O`zbekistonda xizmatlar ishlab chiqarish va iste`mol qilishning oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta`minlash imkonini beradi. Iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha yalpi ichki mahsulotning tarkibi O’zbekiston Respublikasini 2030-ylgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konseptsiyasiga ko’ra makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligi, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozoridagi keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlarini oshirish va kam ta’minlanganlikni kamaytirish nazarda tutilmoqda. Tarmoq tarkibida 2018 yilda YIM dagi ulushida sanoat- 32,4%,, qishloq xo’jaligi - 32,0 %, xizmat ko’rsatish-35,6 %ni tashkil etsa bu ko’rsatkichlar 2030 yilga borib mos ravishda 21,0 %, 39,7%, 39,3 % bo’lishi prognoz qilingan (3-jadval).

3-jadval.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling