Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet12/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1

AbuAli ibnSinotalim-tarbiyatogrisida.Qomusiy bilimlar sohibi ibn Sino (980-1037) ning asl ismi Husayn ibn Abdulloh ibn Sino bolib, u Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogila tugilib 17 yoshidayoq istedodli tabib sifatida nom qozongan. Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolab, uning bu kutubxonasidan foydalanish huquqini qolga kiritgan. Ibn Sino bu kutubxonada Qadim Yunon tabiblaridan Gippokrat, kichik Osiyoda I asrda yashagan Pediniy Dioyekord, II asrda yashagan tabib Klavdiy Galen, II asrda yashagan Rimlik tabiblardan Arxigen, Troyan Rufus, Iskandariyalik Bavlus (VII asr) asarlarini, arabzabon olimlardan Abu Bakir Muhammad bin Zakariy Roziy (865-925), abbosiylar sulolasining saroy tabibi Ibs Musovayh (875 y. vafot etgan), Damashqlik Abul Hasan Iso bin Hakim ad-Damashqiy Masih (IX asr), Bag’dodlik Iso ibn Ali, Iso ibn Yahye (IX), Vizantiyalik tabib Stefan (VII), hind tabibi Charak Hindiy (I asr) Yahudiy tabiblaridan Basralik ibn Iosarjovayh (IX) asarlarini mutolaa qildi. Bu nomlarni toliq keltirishdan muddao shuki, qomusiy bilimlar to jugrofiy zaminda hech qachon tugilmagan, ular Osiyo va boshqa qitalarda yashovchi millat va xalqlarning istedodli, farzandlari ortasidagi o’zaro tasir, bir-biriga ustoz va shogirdlik ananasi mahsulidir. Buning esa yoshlarga millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati hoyatda kattadir, chunki oz ulugvatandoshlarining faqat nomi bilan faxrlanish milliy mahdudlikni, uning hayoti va ijodini sinchiklab o’rganish esa uni chindan sevishga, uni tarbiyalashga ustozlari va ishini davom ettirgan shogirdlarini hurmat qilishga olib keladi.

Yuqorida nomi tilga olingan, Ibn Sinoning buyuk olim bolib yetishishiga malum rol oynagan jahon olimlaridan tashqari u Aristotel, Abu Nasr Forobiy asarlarini oqidi.

U 10 yoshligida muqaddas Quronni yod olgan, adabiyot, til, husnixat, notiqlik sanati, sheriyat ilimlarini puxta egallagan.

31

Maxmud Massoh rahbarligada hind hisobini, Ismoil az-Zahidiy qol



ostida fikh ilmini, Abu Abdulloh Notimiyda matiq, geometriya, astronomiya, falsafa ilmlarini o’rgandi. Uning tibbiyot sohasidagi ustozi ham ana shu olim edi.

Bizni davrimizgacha Ibn Sinoning arab va fors tillarida yozilgan asarlarining royxati yetib kelgan. Undagi malumotga kora u 450 dan ziyod asar yozgan bolib, shulardan 240 tasininggina qolyozmasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Uning eng yirik asarlari quyidagalardir: "Tib qonunlari", "Ashshifo (2 kitob), "Alhidoya" (Bagishlov), "Hay ibn Yaqzon" (Uygoqning ogli Tirik), Kitobul qulanj", "Yurak doriyalari",- "Donishnoma", "Rozgor yuritish ilmi". Mazkur asarlarning barchasida talim-tarbiyaga doir fikrlar bayon qilingan.

Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asri (1012-1023) 5 kitobdan iborat (Bu kitob 1954-1961 yillarda Toshkent shahrida rus va ozek tillarida nashr etilgan). Uning birinchi kitobi tibbiyotning umumiy masalalariga bagishlangan va unda olimning talim-tarbiyaga oid fikrlari mavjud.



Ibn Sino bolani juda kichikligidan boshlab tarbiyalash lozimligini uqtiradi. Bolaga birinchidan yaxshilik, sof vijdonlik, dostlik kabi insoniy fazilatlarni singdirmoq kerak. Ikkinchidan u ikki yoshga tolganida uni jismoniy va aqliy jixatdan rivojlantirish, tarbiyalash lozim. Buning uchun bolaga bajariladigan mashqlar unchalik oigir va turlicha bolmasligi kerak. Bolani musiqa, ertak vositasida tarbiyalash yaxshi natija beradi. Ibn Sino Sharq pedagogidir. Uning fikricha, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadigan odamlar hech qachon dori-darmonga muhtoj bolmaydilar. Bu o’rinda u aroqxo’rlikning jigar va ruhiyatini ishdan chiqarishini ham alohida takidlab otadi. "Bolaga may berish olovga quruq otin qo’shish bilan baravar", - deydi u.

Tib qonuni" kitobida 810 ta dorivor togrisida malumot berilgan bolib, bulardan 150 tasi hozirgi medisinada qollaniladi. Uchinchi kitobida kishi boshidan oyogigacha uchraydigan barcha azolarning kasalliklari muolajasi bayon etilgan. To’rtinchisida isitmalar, burhoi, suyak sinishi, chiqishi, zaharlar, ziynat

32

xaqida malumot beradi, davolash yollari korsatiladi. Oxirgi beshinchi kitobida

murakkab taryoqdan tashqari suyuq va quyuq sharbatlar, boda, koz, quloq, tish, tomoq, kasalliklari, gavdaning quyi qismida yuz beruvchi turli xil kasalliklar muolajasida ishlatiladigan dalillar haqida malumot berilgan. Umuman, Ibn Sinoning mazkur asari talim-tarbiya, tibbiyot uning dorishunoslik, davolash sohalari boyicha tengi yoq manba xisoblanadi.

Ibn Sinoning Ashshifo” asari xam 1012-1023 yillar mobaynida yozilgan bolib, unda olim yashagan davrda mavjud bolgan barcha bilim sohalari qamrab olingan.



Asarning birinchi bolimida fizika, ikkinchi bolimida matematika, uchunchi bolimida ilohiyot, tortinchisida esa axloq va odob haqida soz yuritilgan.

Uning "Rozg’or yuritish ilmi" asari talim va tarbiyaga bagishlangan maxsus asardir. Jumladan, uning oila haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: oila boshligi, uningcha oz farzandlari qaramoglariga gamxur bolmogi, ularning yaxshi xulqli, ust boshlari but, qorinlari toq bolishi uchun harakat qilmogi, ularga tarbiya berishda xotini bilan ittifoq bolib ish kormogi lozim. Insonning yuksak xislatlaridan biri gamxorlik va etiborlilik. Oziga yaxshi insoniy xislatlarni shakllantiruvchi kishi uchun hech narsa qorqinchli emas, u olga qarab qadam qoyishi, ozini-ozi tarbiyalagach, boshqalarning tarbiyasi bilan ham shugullanishi mumkin. Axloq aql tomonidan boshqarilishi kerak. Kishi ozida yaxshi xislatlarni tarbiyalamoqchi bolsa, avvalo ozidagi salbiy jihatlarning nimadan iborat ekanligini bilishi, yani oziga tanqidiy koz bilan qaray bilishi lozim. Agar ayrimlari nazardan chetda qolsa, deydi Ibn Sino bu xuddi butunlay davolanmagan kasallikka oxshaydi. Buyuk mutafakkir mazkur fikrlari bilan insonni qayta tarbiya1anishi, unga tarbiya berish kabi nihoyatda muhim ekanligi haqidagi nuqtai nazarni asoslab bergan.

Ibn Sinoning otaning bola tarbiyasidagi roli haqidagi mulohazalari ayniqsa diqqatga sazovordir. Ota oz farzandiga eng birinchi yaxshi nom qoyishi lozim,

33


keyin yaxshi enaga yollamigi kerak, toki bu soglom ayol uni oz suti bilan boqsin

U sutdan chiqqach, unga axloqiy tarbiya berishni boshlash lozim. Tarbiya maqsadin amalga oshirish jarayonida tarbiyachi bazan jazolashi, joy-joyi bilan taqdirlab turishi, vaqt-vaqti bilan maktabga qoyishi, tanbeh berishi yana mukofatlab turishi kerak. Pedagogning bu fikrlari tarbiyadagi yagona talab prinsipiga asoslanadi



Balaga maktabda talim-tarbiya berish uning eti qotib, tili chiqqach va quloqlari tovushlarni yaxshi eshitadigan bolgach olib borilishi lozim. Buning uchun avvalo, pedagogning uqtirishicha, oqituvchi va tarbiyachini tanlash lozim U sof kongil, halol, donishmand, axloqan va aqlan barkamol hamda talim tarbiya uslublaridan yaxshi xabardor, iroda malakalarini egallagan oqil kish bolmogi lozim. Shu bilan birgalikda jismoniy soglom, ozoda, muomilada shirin soz bolishi lozim. Uning mazkur fikrlari oqituvchi-tarbiyachining kasbiy xislatlari tasnifnomasi sifatida juda muhimdir.

Ibn Sinoning fikricha bolalarni jamoa-jamoa qilib oqitilsa va tarbiyalansa ular bir-birlaridan yaxshi xulq fazilatlarni o’rganish uchun yaxshi sharoit yaratilgan boladi. Bunday talim bolalarga quyidagacha foyda keltiradi.

1. Ularga fanlarga nisbatan qiziqish uygonadi. Oz bilimlaridan faxrlanish boshqalarnikiga havas uygonadi Gurur va xudravlik boshqalardan orqaga qolmaslikka, balki ularda uzib ketishga undaydi.



2. Bir-birlari bilan muomila qilishlari jarayonida nutqlari osadi, xotiralari mustahkamlanadi. Demak mustaqil ravishda bilimolishga ham yol ochiladi.

3. Jamoaviy talimning yana bir ijtimoiy foydasi shundan iboratk oquvchilar ozaro dostlashadilar burch va vazifalari xaqida bahslashadilar musobaqalashadilar. Bularning hammasi bahs-muhokama obyekti sifatida namunal xulq-atvor normalarini tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Ibn Sino maktab bolalarga nimani orgatishi kerak? degan savolga javob berib, bolani avval Quronga orgatish lozim, keyin grammatika qoidalariga, kasb yoki sanatga orgatish kerak, chunki u hayotda keyinchalik ozini oz oilasini mustaqil ravishda boqa olsin deb javob beradi. U kasbga yonaltirish sohasida ham oz fikrin bildirgan. Uningcha, oqituvchi oquvchini oqitish, tarbiyalashga kirishishidan

.

i

.



. -i

i

,

i



i

34

oldin uning qiziqishi bilim darajasini organish, keyin unga mos kasb va sanat

turini belgilashi lozim. U oz kasbini mukammal ozlashtirgach esa, uning diqqatini ozini-ozi taminlay olishi uchun oz kasbidan qanday foydalanishga qaratmoq kerak. Buning 2 xil foydasi mavjud: .

1. U o’z kasbidan manfaatdor bolgach, bundan nihoyatda lazzatlanadi va oz kasbini takomillashtirishga harakat qiladi.

2. U moddiy manfaatga konika boshlaydi. Oz otasining davlatiga befarq qaraydigan bolalargina bilim va kasblarni yaxshi ozlashtiradilar.




Buyuk mutafaakirlarning mazkur fikirlari hozirgi kunimizda ham,

respublikamiz bozor iqtisodiyotiga qadam qoyayotgan, yoshlarning mustaqil kasb tanlashi, oz mehnatlaridan manfaatdorlik xis-tuygularini tarbiyalash vositasida jamiyatimizning turli sohalari uchun ishbilarmon kadrlarni yetishtirish vazifasini amalga eshirishda nazariy asos bolib xizmat qiluvchi fikrdir.

Shunday qilib, Ibn Sino oz buyuk zamondoshi Abu Rayxon Beruni bilan hamnafas bolgan, fanning barcha sohalarida qalam tebratgan, talim v tarbiya sohasida ham takrorlanmas, original fikrlar bayon etgan pedagog hamdir Uning bizgacha etib kelgan asarlarini sinchiklab o’rganish va xalq, orasida targi qilish xalqimizning oz milliy-madaniy qadriyatlarini anglab olishiga, madaniyat va bilim darajasi osishiga yordam beradi. Bu vazifaini amalga oshirish es bolajak o’qituvchilar sizlarning burchingizdir.




y

a . b i a


35


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling