Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet23/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1


QARASHLARINI SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI MASHGULOTLAR JARAYONIDA ORGANISH.
AMIR TEMURNING ILM-FAN VA MADANIYAT ISHLARI BOYIChA QILGAN HARAKATLARINI ORGANISh
(Kollej kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan darsdan tashqari mashgulot ssenariysi)

Mashgulot oliygoh kutubxonasida olib boriladi. Oquvchilar Amir Temur

ijodi, Sohibqiron haqidagi asarlar va bevosita Amir Temur davrida va uning homiyligida yaratilgan kitoblar va sanat asarlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boladilar. Kutubxona xodimlari maxsus shu masala boyicha oldindan tayyorlanib,oquvchilarga malumot beradilar.

Maqsad:

- oquvchilarni talim muassasi kutubxonasidagi Amir Temur hayoti va faoliyati togrisidagi asarlar bilan yaqinroq tanishtirish;

- Amir Temurning ilm-fan va madaniyat boyicha qilgan harakatlarini

organish orqali oliy talim muassasalari oquvchilarida milliy iftixor tuygusini shakllantirish.



1-boshlovchi: Sohibqiron Amir Temur barpo etgan qudratli markazlashgan davlat turk millatining birlashishi va jipslashishiga tayanch bolib xizmat qildi, millatning ravnaq topishiga, milliy tuyguning uygonishiga yordam berdi, madaniyatining, ilm-fanining rivojlanishida mislsiz ahamiyat kasb etdi. Bu davrda turk xalqlari tarixiga doir Nizomiddin Shomiyning Zafarnoma”, Abdurazzoq Samarqandiyning Matlai sadayn va majmai bahrayn”, Davlatshoh Samarqandiyning Tazkiratush shuaro”, Sharofiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma”, Ibn Arabshohning Amir Temur tarixi” nomli mashhur asarlari yozildi, Mirzo Ulugbekning astronomiya maktabi ish olib bordi va Ziji jadidi Koragoniy dunyoga keldi.

69

2-boshlovchi: Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun manaviy ozuqadir. Buni



Amir Temur yaxshi bilgan, shuning uchun ham u olim va fozil kishilarni oziga dost tutgan, ularni hurmat-izzat qilgan, davlatni boshqarishda ularning maslahatlariga tayangan.

Temur tuzuklari”da shunday vasiyat qiladi ...baxtli farzandlarim va qudratli nabiralarimga malum bolsinkim, men sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu-donolar, muhaddislar, tarixshunoslarni sara va etiborli odamlar hisoblab, izzatu-hurmatlarini orniga qoydim”.

Bugun sizlar bilgan, millatimizning faxri, iftixori bolgan bobomiz Amir

Temurning qilgan savob ishlaridan bir qirrasi, u kishining ilm-fan va madaniyatga qilgan homiyliklarini tahlil qilamiz va xulosalar chiqaramiz.

1-oquvchi:Tarixchilar Sharafuddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh va

boshqalarning guvohlik berishlaricha, Amir Temur oz saroyiga yetuk olimlarni, xususan ilohiyot olimlarini, faqihlarni, falakiyot(astronomiya), tibbiyot, riyoziyot(matematika), falsafa, tarix, musiqashunoslik, ilmi aruz fanlarining yetuk namoyondalarini toplagan. Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Temur(Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”) kitobida bu olimlar haqlarida qisqa, lekin juda qimmatli malumotlar topish mumkin. Ular ilohiyot olimlari Jaloluddin Ahmad al-Xorazmiy, fiqh olimlari Abdulmalik, Isomiddin va shayx Shamsuddin Muhammad Jazoiriy, ilohiyot olimi mavlono Ahmad, musiqashunoslar ota-bola Abdulqodir va Safiuddin Marogiy, musiqashunos Ardashir Changiy, shuningdek faylasuflar Saduddin Taftazoniy va Mir Said Sharif Jurjoniy, yirik tarixchilar Nizomiddin Shomiy va Ibn Arabshoh Hofizi Abru va boshqalar. Manbalarda, shuningdek, mohir rassomlar Pir Ahmad Bogishamoliy bilan Abdulhay Bogdodiylarning nomlari ham zikr etilgan. Bu olimlar bizgacha nomlari yetib kelganlari. Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, kitoblarga kiritilmagan, lekin saroyning oldi olimlarining son-sanogi yoq, Amir Temur ilm-fan va madaniyatning rivojiga foydasi tegishi mumkin bolgan har bir tirik jonni Samarqandga keltirtirgan, ularga

70

sharoit yaratib bergan, homiylik qilgan va shu orqali jahon fani va madiniyati

taraqqiyotiga oz ulushini qo’shgan.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling