Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet25/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1


6-oquvchi: Millatimizning fari, milliy iftixori bolgan Amir Temurning bunyodkorlik ishlari haqida hammamiz yaxshi bilamiz. Aynan shu davrda memorchilik ham maxsus ilm darajasiga kotarildi. Muhtasham binolar, korkam imoratlar memor-muhandislar tomonidan avvaldan tuzilgan loyihalar asosida, Amir Temurning bevosita rahbarligida qurilgan. Ular nafaqat betakror husni-chiroyi, balki mustahkamligi jihatidan ham juda ahamiyatga molik bolgan. Bu binolarning bazilari hatto bizning zamonamizgacha yetib kelgan va shaharlarimizni bezab turibdi. Mustaqillik sharofati bilan ularni qayta tamirlash va kelgusi avlodlarga ham qoldirish imkoniyati topilganidan faxrlanamiz.

7-oquvchi: Temur va Temuriylar davrida husnixat bilan kochirilgan

kitoblar, binolarga yozilgan naqshin xatlar saqlangan. Ayniqsa, sangtaroshlar,



yogochmetall va toshga oyib xat yozuvchi mohir hattotlar kop bolgan. Mashhur
72

tarixchi Ibn Arabshoh ulardan ibn Bandgir, Abdulqodir, yuqorida ismi-sharifi tilga



olingan Tarixnoma” kitobining muallifi Tojuddin as-Salmoniy va usta Oltunlarni tilga olib otgan.

8-oquvchi: Temur va Temuriylar zamonida xalq amaliy va miniatyura

sanati ham keng rivojlangan edi. Shohi zindadagi Shirinbeka-oga va Tuman-oga maqbaralari devorlariga ishlangan naqshlar, Gori Amirga qoyilgan chiroqdan, Abulqosim Firdavsiyning bebaho Shohnoma”si, Eron shoirlari antologiyasiga ishlangan miniatyuralar turkistonlik rassom va naqqoshlarning baland did va istedodining mahsulidir. Samarqandlik rassom va hattotlar orasida usta Abdulhay, Pir Ahmad Bogishamoliy va hoji Bandgir Tabriziylarning nomi sanatimiz tarixida alohida o’rin tutadi. Bu katta ishlarga bevosita bosh bolgan Sohibqiron bobomizning ulushlari bizga ular bilan faxrlanish tuygularini singdiradi, ularga munosib vorislar bolishga undaydi.

9-oquvchi: Turkistondagi hoja Ahmad Yassaviy va Shohi zindadagi

maqbaralarga tegishli buyumlar, ularning oymakor eshiklaridan koramizki, Amir Temur davrida ustalar yogoch va toshga oyib naqsh soluvchilar; oltin, kumush va qimmatbaho toshlardan ishlangan zeb-ziynat va uy-rozgor buyumlarini ishlab chiqarishda ham zor shuhrat qozonganlar.

10-oquvchi: Aynan shu X1U asrning ikkinchi yarmi va XU asrlarda

Movarounnahr bilan Xurosonda adabiyot va adabiyotshunoslik ham keng rivoj

topdi. Bu haqda mashhur adabiyotshunos olim Davlatshoh Samarqandiy va Alisher Navoiyning Tazkirat ush-shuaro” va Majolis un-nafois” asarlarida qimmatli malumotlar keltiriladi. Mazkur tazkiralarda juda kop adabiyot namoyondalari va adabiyotshunoslarning, masalan, Hoja Abdulmalik Samarqandiy, Bisotiy Samarqandiy, Hoja Ismatulla Buxoriy, Hiyoliy Buxoriy, Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Sakkokiy va boshqalarning nomlari keltirilgan. Lekin, afsuski, bularning ayrimlari, masalan, Abdulmalik Samarqandiy, Bisotiy Samarqandiy, Hoja Ismatulla Buxoriy haqida juda kam malumotga egamiz. Qisqacha malumotlarda oqiymizki, hoja Abdulmalik Samarqandiy Temur zamonida shayx ul-islomlik

73

lavozimida turgan, lekin yetuk gazalnavis shoir ham bolgan; Bisotiy



Samarqandiy bilan Xiyoliy Buxoriyning boyra toquvchilik bilan tirikchilik qilganlarini bilamiz, xolos.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling