Mundarija kirish
Download 1.38 Mb.
|
document- pdf.io - 1
11-o’quvchi: Amir Temurning shaxsan homiyligida olimlaru-shoirlar, madaniyat va san’at namoyondalari gurkirab ijod qildilar. Mavlono Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Sakkokiy va boshqalar haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lganligimiz bois, ularni eslasak, ruhlarini shod qilsak, o’zbeklarimizning faxri, milliy iftixori sifatida chuqurroq o’rganishni maqsad qilsak. Mavlono Lutfiy X1U-XU asrlardagi o’zbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyondasi bo’lib, o’zbek, fors va tojik tillarida asarlar yozgan. Shoir Alisher Navoiy bilan juda yaqin tanish bo’lgan, ularni ustoz-shogird munosabatlari bog’lab turadi. Bizgacha uning katta lirik asarlari yetib kelgan. Lutfiyning adabiy merosida dostonlar alohida o’rin egallaydi. Shulardan biri 1411 yilda yaratilgan ”Gul va Navro’z”dir. Axloq-odob mavzuida ”Mashqun ul-haqoyiq”nomli asari eslanadi. Lutfiy musiqa tarixi bilan ham shug’ullangan, kuylar bastalagan. Mamlakatimizda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, Qo’lyozmalar instituti fondlarida Lutfiy devonining o’nlab nodir nusxalari saqlanadi. Ushbu manbalar devonning London va Parijdagi nusxalari bilan solishtirilib, uning qator “Saylanma” nashrlari yaratildi. Lutfiyning ”Sensan sevarim” to’plami so’nggi o’n yillikda nashr etilgan devonidir. Alloh o’zi yaratgan jonzotlar va mavjudotlar orasida insonni bir yuqori pog’onaga ko’tardi. Unga o’z nurini berdi. Inson shu sababli ham azizdir. U husn bobida ham “mazhari sun’i ilohdir”. Inson shu qadar mo’tabarki,Alloh uning yuzida o’z aksini ko’radi: Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg’ali, Ko’zgudek qildi seni o’zini paydo qilg’ali. Lutfiy she’riyati,uning ijodi,salkam 100 yillik umri,shaxsiy ibrati – bular alohida bir darslik, alohida munozara va o’rganishlarni talab qiladigan masala. Biz yoshlar bu bobolarimiz bilan faxrlanamiz, shunday talantlarning yuzaga chiqishiga homiylik qilgan Amir Temur hazratlarini doimo yodda saqlaymiz. 74
bo’lishiga sababchi bo’lgan Sohibqiron Amir Temur bizning milliy iftixorimizdir. 12-o’quvchi: O’zbek mumtoz adabiyotida yorqin iz qoldirgan, betakror g’azallar va qasidalar yaratgan yetuk iste’dod egasi, lirik shoir Sakkokiy haqida ham fikrlarimizni o’rtoqlashsak. Shoir ijodining gullagan davri Ulug’bek hukmronlik qilgan davrlarga to’g’ri keladi. Bir necha bor ta’kidlab o’tganimizdek, Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat xodimlariga barcha sharoitlar yaratilgan. Sakkokiy ham Ulug’bekdan panoh topgan allomalar sirasiga kirgan, o’z homiysiga atab qasidalar bitgan, shunday ma’rifatparvar podshoh bilan zamondosh bo’lganidan faxr hissini tuygan: Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga, Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi. Sakkokiy lirikasining asosiy tematikasi sevgi-muhabbatni sharaflashdan iborat bo’lgan. Shoirning go’zal she’rlarini yod olmoq, ustalik bilan foydalanilgan so’z o’yinlaridan bahra olmoq, uning o’zbek she’riyatidagi o’rnini va ahamiyatini anglab yetmoq yoshlarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishning vositalaridan biri bo’ladi, degan fikrimiz bor. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling