Mundarija kirish
Download 1.38 Mb.
|
document- pdf.io - 1
2-o’quvchi: Mavlono Abdulmalik mashhur “al-Hidoya” muallifi Burhoniddin Marg’inoniyning avlodi bo’lib, mudarrislik qilgan. Madrasadan bo’sh vaqtlarida odamlarni shatranj va nard o’yinlariga o’qitgan, she’rlar yozgan. Hadisshunos olimlardan shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazoiriy bo’lib, Amir Temur uni Rumdan olib kelgan. U Sherozda vafot etgan. 1393 yili Amir Temur Sherozdan bir nechta olimlarni olib keltiradi: ular Sa’duddin at-Taftazoniy va Mir Sayid Sharif Jurjoniylar katta faylasuf olimlardan bo’lishgan. Ulardan arab va fors tillarida yozilgan risolalar, fiqh, astronomiya va falsafaga oid kitoblar qolgan. Tarixchi Ibn Arabshoh Temur zamonasida o’tgan tafsirchi olim, muhaddis va qori hoja Muhammad Zohid Buxoriy va mavlono Faxruddinlarning nomlarini ham hurmat bilan tilga oladi. 3-o’quvchi: Amir Temur davridagi ilm ahlini eslaganda yirik olim xoja Muhammad Porsoni eslamay bo’lmas. U Naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan namoyondalarining hayot va karomatlari haqida, umuman tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan ko’plab asarlar muallifidir. Uning “Risolai kudsiya”(“Kudsiy kalimalar haqida risola”), ”Maqomati xoja Alouddin Attor”, ”Fasl ul-xitob”(“qat’iy xitob”), ”Mahaq al-orifin”(“Ma’rifatli kishilarni farqlovchi maxaq toshi”) (Maxaq toshi – kumush va oltinga surtilib,ularning sof yoki qalbakilini aniqlovchi maxsus tosh ekan- muall. izohi), ”Taxqiqot”(“Haqiqatni izlash “), ”Risola” kabi muhim asarlari o’z zamonidayoq ilmiy jamoatchilikning diqqat-e’tiborini qozongan. 4-o’quvchi: Hamma davrlarda ham tibbiyotga, tabiblarga muhtojlik bor. Ayniqsa o’sha zamonlarda – urush-talashlar kuchaygan bir davrda tabiblar va Dor ush-shifo (shifo uylari)ga ehtiyoj juda kuchaygan. Tabiblar va shifokorlarga e’tibor kuchli bo’lgan. Tarixiy manbalarda Temur va Temuriylar davrida juda ko’p mohir tabiblar yashaganligi va tibbiyotga oid muhim asarlar yozilganligi haqida 71 ma’lumotlar bor. Bulardan tabiblar sardori mavlono Farrux, mavlono Jaloluddinlardir. Zamonasining yana bir mohir tabiblaridan mavlono Ahmadning nomini tarixchi Ibn Arabshoh alohida hurmat bilan tilga oladi: ”U misgar va yulduzlarga qarab hisob oladigan, inson taqdirini belgilaydigan olim kishi edi. Ul zot menga – “men yulduzlarga qarab ikki yuz yilga hukmi tole’ chiqardim”,- degan edilar”. 5-o’quvchi: Amir Temur va Temuriylar davrida tarix fani juda taraqqiy qilgan edi. Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma”si, G’iyosiddin Ali Yazdiyning ”Ro’znomayi g’azovoti Hindiston”, Hofizi Abruning “Zayli Zafarnoma”(“Zafarnoma”ga ilova), Tojiddin as-Salmoniyning “Tarixnoma”si, Mirzo Ulug’bekning ”Tarixi arba’ ulus”(“To’rt ulus tarixi”), Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-say’dayn va majma’ ul-baxrayn”(“Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki azim daryoning qo’shilish o’rni”), Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Poklik bog’i”), Xondamirning “Habib us siyar fi axbor va afrod ul-bashar”(Inson xabarlari va fardlarida do’stning tarjimai holi”), Zahiriddin Muhammad Boburning ”Boburnoma” asarlari o’sha davrning eng sara ilmiy mahsulidir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling